Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


YOg‘och  konstruksiyalarini  chirish  va  yonishdan  himoya  qilish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

YOg‘och  konstruksiyalarini  chirish  va  yonishdan  himoya  qilish.  CHirish  - 
yog‘ochni  oddiy  o‘suvchi  organizmlar  ta’sirida  buzilishidir.  YOg‘och  bu 
organizmlar uchun oziq-ovqat muhiti vazifasini bajaradi. YOg‘ochni va yog‘och 
materiallarini  biologik  zararkunandalari  juda  katta  iqtisodiy  zarar  keltiradi. 
Biologik  zararkunandalarga  bakteriyalarning  ba’zi  turlari,  yog‘ochni  buzuvchi 
zamburug‘lar,    yog‘och  teshuvchi    qurtlar,  chumolilar  va  dengiz-yog‘och 
teshuvchilari-molyuskalarni  ba’zi  turlari  kiradi.  Hozirgacha  bakteriyalarning 
yog‘ochga  ta’siri kam o‘rganilgan. Ma’lum bir bakteriyalar yog‘och tarkibidagi 
ayrim  moddalarni  achishiga  sabab  bo‘lib,  uning  buzilishiga  olib  keladi. 
Bularning ta’sirida  yog‘och  mustahkamligini  asta-syokin  yo‘qotib boradi.    Eng 
ko‘p  tarqalgan  yog‘och  zararkunandalari  bu  zamburug‘lardir.    Ular  o‘rmon, 
ombor  va  uy  zamburug‘lari  turiga    bo‘linadi.  O‘rmon  zamburug‘i  asosan 
o‘sayotgan yog‘och daraxtini zararlaydi. Ombor zamburug‘lari asosan  yog‘och 
materialini  saqlash  jarayonida  erga  tegib  turgan  qismini  zararlaydi.  Uy 
zamburug‘lari esa yog‘och materialini konstruksiya sifatida ishlatish jarayonida 
zararlaydi  va  uning  chirishiga  sabab  bo‘ladi.  Zamburug‘lar  Q3 

Sdan    45 


gacha  bo‘lgan  haroratlarda  va  18

20  %  namlikdan  kam  bo‘lmagan  holatlarda 


 161 
 
 
rivojlanadi  va  yog‘ochni  chiritadi.  Qumursqalar  -  yog‘ochni  buzuvchilari 
hisoblanadi.  Ular  ham  quruq,  ham  ho‘l  yog‘ochni  buzilishiga,  chirishiga  olib 
kelishi mumkin.  
CHirishdan  yog‘och  konstruksiyalarini  himoya  qilishning  ikki  xil  usuli 
mavjud: konstruktiv himoya usuli; kimyoviy himoya usuli. CHirishdan himoya 
qilishning  konstruktiv  usulida  konstruksiyaning  ekspluatatsiya  qilinishi  uchun 
muhit  yaratiladi  va  u  holatda  konstruksiyaning  namligi  chirish    sharoitiga 
namlikdan  oshib  ketmaydi.  YOpiq  binolarda,  atmosferadan  tushadigan 
yog‘ingarchiliklarni  tom  yopmadan  o‘tib  ketmasligi,  tomda  nishablik  bo‘lishi, 
ichki 
suv 
chiqib 
ketish 
yo‘llari  bo‘lishi  ta’minlanadi.  YOg‘och 
konstruksiyalarini  kapilyar  namlikdan    himoya  qilish  uchun,  ularni  beton  va 
g‘isht devorlardan bitum qatlamli gidroizolyasiya bilan ajratiladi. Xona ichidagi 
yog‘och  konstruksiyalari  va  boshqa  yog‘och  lak-buyoqlari  bilan  himoya 
qilinadi. YOg‘och konstruksiyalarida hosil bo‘ladigan kondensatsiya namligidan 
himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu holatda konstruksiyaga suv bug‘lari 
kirmasligi  uchun,  xona  tomondan  bug‘saqlagich  qo‘yiladi.  Asosiy  yuk 
ko‘taruvchi  konstruksiyalarni  loyihalashda  chok  bo‘lmasligi  va  yoriq  joylar 
bo‘lmasligiga erishish lozim, chunki bu joylarda sovuq havoning turib qolishi va 
u erda suv hosil bo‘lishi - chirish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. 
Agar  konstruksiyani  ekspluatatsiya  qilish  jarayonida  uning  namlanishi 
aniq  bo‘lsa,  u  holatlarda  kimyoviy  himoya  usulidan  foydalaniladi.  Masalan 
ko‘prik,  minora  va  qoziq  konstruksiyalarida    yog‘och  konstruksiya  namlanishi 
mumkin.  CHirishdan  himoya  qilishning  kimyoviy  usulida  konstruksiyaga 
antiseptika  moddasi  surtiladi  yoki  shimdiriladi  yoki  u  bilan  qoplanadi. 
Antiseptikalar  ikki  turga  bo‘linadi:  suvda  eriydigan  va  suvda  erimaydigan-
moyli.  Suvda  eriydigan  antiseptika  -  ftorli  va  kremniy  ftorli  natriydir.  Uning 
rangi va hidi yo‘q. Uni yopiq turdagi binolarda ishlatiladi va u  odamlar uchun 
zaharli  emasdir.  Ba’zi  turdagi  suvda  eriydigan  zaharli  antiseptikalar  ham 
mavjud.  Ularning  ayrimlari  odamlar  uchun  ham  zaharlidir.  Moyli  antiseptika  - 
suvda  erimaydi,  har  xil  zamburug‘  va  bakteriyalar  uchun  zaharlidir,  kuchli 


 162 
 
 
yoqimsiz  xidga  ega  bo‘lib,  odamlar  sog‘ligi  uchun  ham  zararlidir.  Bu  turdagi 
antiseptika moddalari ochiq turdagi inshootlar konstruksiyalarini himoyalashda, 
odam  kam  bo‘ladigan  joylarda,  er  va  suv  ostidagi  konstruksiyalarni  chirishdan 
himoya qilishda ishlatiladi. 
YOg‘och  konstruksiyalarini  yonishdan  himoya  qilishning  ikki  usuli 
mavjud  bo‘lib,  ular  konstruktiv  va  kimyoviy.  YOg‘och  yonuvchan  qurilish 
materiali  hisoblanadi.  Uning  olovbardoshlik  chegarasi  nisbatan  kichikdir. 
Olovbardoshlik  chegarasi  -  vaqt  birliklarida  o‘lchanadi.  Yirik  ko‘ndalang 
kesimli  yog‘och  konstruksiyalari  katta  olovbardoshlilik  chegarasiga  egadir. 
Masalan,  17    17  sm  ko‘ndalang  kesimli  qirrali  yog‘och  to‘sin-  brus  10  MPa 
kuchlanish bilan yuklangan holatda 40 minut olovbardoshlikka egadir.  
 
YOg‘och konstruksiyasini yonishdan konstruktiv himoya qilish usulida - 
konstruksiya  yuqori  haroratli  jihozlardan  uzoqroqqa  qo‘yiladi.  YOg‘ochning 
yonishiga  qulay  harorat  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Hatto  oddiy  suvoq  ham 
olovbardoshlilik chegarasini ortishiga sabab bo‘ladi.  
Himoya  qilishning  kimyoviy  usulida  -  antipiren  moddasi  qo‘llaniladi. 
YOg‘ochni  yonishi  uchun  ikki  narsa  bo‘lishi  kerak:  harorat  va  yana    qislorod. 
Antipiren harorat ko‘tarilganda shimdirilgan yog‘och tarkibidan chiqib yog‘och 
element  sirtida  plyonka  hosil  qiladi  va  bu  bilan  konstruksiyani  qisloroddan 
izolyasiyalaydi,  natijada  yonish  jarayoni  to‘xtaydi.  Zarur  bo‘lgan  holatlarda 
antipirenni  antiseptika  bilan    birgalikda  va  bir  vaqtda  yog‘och  konstruksiya 
elementlariga shimdiriladi 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish