Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Konstruktiv elsmentlar va aloxida tayanchlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

4.7. Konstruktiv elsmentlar va aloxida tayanchlar 
Bino  va  inshootni  loyihalanish  boshlanganda  asosiy  muammo  bo‘lg‘usi 
qurilmani konstruktiv echimini qabul qilishga taqaladi. Bu muammoni echishda 
imoratga  qo‘yilgan  arxitektura-rejaviy  talablar,  qurilish  konstrukiiyalar 
chiqazuvchi qurilish ba’zalari xaqida axborotlar, maxalliy qurilish ashyolaridan 
foydalanish  imkoniyati,  qurilish  rejalashtiralayotgan  maydonning  geologik, 
tabiiy sharoitlar, zilzila xavflik holatlari, tuproqning xususiyati va holati va talab 
etilayotgan imorat qavati soni kabi axborotlardan foydalanib, yakuniy hulosa va 
tegishli echim qabul qilish mumkin. 
Agarda  qurilish  materiali  sifatida  pishiq  g‘isht  bo‘lsa,  bunday  imoratni 
balandligi  5  qavatdan  baland  bo‘la  olmaydi,  chunki  zilzidabardoshlik  talablari 
bo‘ycha g‘isht imorat undan baland bo‘lishi katta xavf va talofatga olib kelishi 
mumkin.  G‘isht  imoratining  bo‘ylama  devorlari  3  yoki  4  dan  ortiq  bo‘lmasligi 
shart,  ayniqsa  ular  orasidagi  masofa  6  m  juda  bo‘lmaganda  9  metrdan 
oshmagani  ma’qul.  Bu  variantda  fazoviy  bikirlik  bo‘ylama  va  ko‘ndalang 
devorlar,  hamda  temirbeton  ustyopmalari,  juda  bo‘lmaganda  temir  yoki 
yog‘ochdan  bajariladigan  ustyopmalar  va  seysmikaga  qarshi  o‘tkaziladigan
 
antiseysmik belbog‘lar orqali ta’minlanadi. Agarda uy joy va sanoat korxonalari 
na’munaviy,  oldin  sinalgan
 
loyihalardan  foydalanish  imkoni  bo‘lsa,  masalan 
yirik  panellii,  karkas  konstruksiyali  imorat  qo‘llanilishi  maqsadga  muvofiq 
bo‘lardi,  chunki  bor  loyihani  tegishli  sharoitga  qayta  ishlash  yangi  loyiha 
tayyorlashdan va qurishdan ancha oson va samaraliroqdir. 


  96 
 
 
Konstruktiv  echim  tanlash  aksariyat,  iqtisodiy  va  texnik  ko‘rsatgichlardan 
kelib chiqqan xolda, qurilayotgan imoratni qavatlar soniga bog‘liq Agar imorat 
balandligi  9-12  qavatli  bo‘lish  rejalashtirilayotgan  bo‘lsa,  u  holda  imoratning 
konstruktiv  echimi  temir  beton  karkas  -  sanoat  va  jamoa  korxanalari  uchun, 
katta  panellik  turar  joy  binosi  rejalashtirilayotgan  bo‘lsa  eng  iqtisodiy  va 
zilzilabardoshlik  samarasiga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Bu  holda  karkas  qismida 
bikrligi  yuqori  bo‘lgan  bog‘lovchi  ramalar  ham  bo‘lishi  ko‘zda  tutiladi.  Agar 
imorat  16-25  qavatli  bo‘lishi  rejalashtirilayotgan  bo‘lsa.  U  holda  konstruktiv 
echim  yuqori  bikirlikga  ega  bo‘lgan  alohida  qism  (diofragmalar)  bilan  metal 
karkasdan,  temir  betonli  konstrksiyani  bog‘langan  ramalar  karkaslaridan  va 
nihoyat  kichik  qadamli  katta  panellik konstruktiv  echimdan  foydalanish  taqozo 
etiladi.  Albatta,  bu  variantlarda  qavatlar  aro  uzluksiz  temirbeton  yopmalar  va 
ustyopmalar yordamida fazoviy bikirlik ta’minlanadi. Baland qavatli imoratlarda 
fazoviy muvovzanatni saqlash uchun katta bikirlikga ega bo‘lgan vertikal yadro 
qismlari ham ko‘zda tutiladi. 
YUqori  qavatli  imoratlarda  sirg‘anadigan  opalubka  yordamida  uzluksiz  
monolit betondan tayorlanadigan konstruktiv echim qabul qilish o‘zini anchadan 
beri  respublika  sharoitida  iqtisodiy  va  texnik  ko‘rsatgichlari  bo‘yicha  oqlab 
kelyapti.  Bunday  konstruktiv  echim  asosida  ham  turar  joy,  dam  jamoa 
imoratlarini qurish mumkin. 
Umuman  konstruktiv  echim  tanlashda  boshqa  turli  variantlar  ham  bor, 
masalan  etajlarni  ketma  –ket  ko‘tarib  quriladigan  karkas,  oldin  keng  tarqalgan 
yig‘ma  va  yig‘ma  monolit  elementli  qurilishlar,  unda  temir  -  beton  karkasli 
imoratlarni yaratishda ancha industrillashgan zamon edi. 
Keng  tarqalgan  konstruktiv  echim  bu  temir-beton  yoki  metalldan  qilingan 
(sinch) karkas konstruksiyali  imoratlardir.  Bunday  konstruksiyalar  chet  ellarda, 
xususan  Respublikamizda  keng  tarqalgan.  Ayniqsa  fuqaro  binolarida  temir 
beton,  sanoat  inshootlarida  esa  metalldan  qilingan  sinchli  konstruksiyalarni 
(5.13-rasm)  qayd  qilish  mumkin.  Sinchli  konstruksiyalarni  tom  va  qavatlararo 
yopmalari asosan temir beton plitalar bo‘lib, sinch orasi g‘isht bilan to‘ldiriladi. 


  97 
 
 
Devori  mayda  elementlardan  tashkil  topgan  binolarda  qavatlararo  yopma  yoki 
tom yopmasi konstruksiyalarini ko‘taruvchi ichki, alohida tayanchlar g‘isht yoki 
toshdan, temir-betondan, metalldan va asbotsementdan bajariladi. 
Bunday  vertikal  tayanchlar  g‘ishtdan  terilgan  bo‘lsa,  ularning  ko‘ndalang 
kesim  yuzasi  unga  tushadigan  yuk  miqdoriga,  tayanchlar  oralig‘iga,  binoning 
qavatlari soniga va umumiy konstruktiv echimiga bog‘lik bo‘ladi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish