6.8. Mahalliy usulda qurilgan sinchli va paxsa devorli binolar
Tarix manbalarda berilishicha soztuproq asosida tayyorlangan qurilish
materiallari va buyumlari insoniyat boshpana qura boshlagan davrdan
(eramizdan 8000 yil avval) ishlatib kelingan.
Soztuproqni suv bilan ishlab, obdon pishitib, tarkibiga suv yuqtirmaydigan
turli tabiiy qo‘shimchalar qo‘shib material xossalarini yaxshilashni ota-
bobolarimiz yaxshi bilishgan. Xom loydan tayyorlangan bino va inshootlar,
hattoki harbiy istehkomlarssivilizatsiyasi qadimdan rivojlangan mamlakatlarda
hozirgi kunda ham umuminsoniy qadriyatlar sifatida saqlangan. Soztuproqdan
material va buyumlar tayyorlashda uning mineralogik tarkibi, dispersligi,
tozaligi katta rolь o‘ynagan va zarurat bo‘lganda tuproq suv bilan yaxshilab
yuvilgan. Buyum tayyorlashda xom loy bir necha kun davomida obdon tepkilab
pishitilgan va tindirilgan. Xom loyni mayinlashtirish (plastifikatsiyalash) va
keyinchalik suv yuqtirmasligini (gidrofoblash) oshirish uchun sut zardoblari,
toshko‘mir, yog‘och qatronlari eritmalari, dispers armatura vazifasini bajaruvchi
qo‘y, echki, tuya, lama va shu qatori hayvonot olami junlari, ularning
chiqindilari(shoxi, teri pardasi, tuyog‘i) qaynatmalari (elimlar), tabiiy tolasimon
chiqindilar (kanop, paxta, guruch chiqindilari), shu jumladan qamish keng
miqiyosda ishlatilgan. Aynan xom loy tarkibini to‘g‘ri tanlash, tozalash,
modifikatsiyalash, texnologik jarayonlarga rioya qilish ulardan tayyorlangan
bino va inshootlarni tashqi tabiiy omillar, zilzilalarga bardosh berib, hozirgi
kungacha etib kelishiga sababdir. Hozirgi kunda xom loy asosidagi bino va
inshootlarni tiklash, konservatsiyalash, ularni texnogen ta’sirlardan asrash
dolzarb masala hisoblanadi.
Dunyo tarixiy yodgorliklar monitoringi tabiriga, arxitektura obidalarining
yarmidan ko‘pi sopol material va buyumlardan qurilgan ekan.
211
Bino va inshootlar qurilishida sopol materiallar devorbop, polbop, tombop,
poydevorga mo‘ljallangan va bezak ishlari uchun tayyorlangan turli o‘lchamdagi
gulli, sirlangan va sirlanmagan plitalar, terrakotalar turlariga bo‘lingan.
Inshootlar uchun buyumlar va qismlar o‘lchamlari, mustahkamligi bo‘yicha
xilma-xil bo‘lgan.
Ma’lumki, qadimda shahar maqomiga ega bo‘lgan yashash xududlari
markazlashgan suv va kanalizatsiya ta’minotiga ega bo‘lgan. Bu tizimlarni
barpo qilishda asosan sirlangan sopoldan tayyorlangan quvurlar, naylar va suv
ko‘tarmalari, quduqlar qurilishida esa, yirik sopol g‘isht bloklari ishlatilgan.
O‘zbyokiston Respublikasi hududidagi arxitektura yodgorliklari qurilishida
ishlatilgan devorbop sopol g‘ishtlarning fizik-mexaniqaviy, deformatsion
xossalari taxlili shuni ko‘rsatadiki, ular obdon tozalab yuvilgan soztuproqdan
mukammal texnologiyalarga rioya qilinib juda sifatli qilib pishirilgan. Xom loy
bir necha kun davomida bir joydan ikkinchi joyga bo‘lak-bo‘lak qilib urib,
ko‘chirilib pishitilgan. Pishgan loy tindirilgan, qoliplangan, salqinda quritilgan,
1150-1250
0
S haroratda bir maromda pishirilgan va syokin sovutilgan.
G‘ishtning sifatiga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, maxsus ustolar tomonidan
har bir mahsulot ko‘zdan kechirilgan va qo‘ldan o‘tkazilgan. Bunda g‘ishtning
rangiga, geometrik shakliga, jarangdorligiga katta ahamiyat berilgan. Bundan
tashqari suv shimuvchanligi, sovuqqa chidamliligi o‘ziga xos usullar bilan sinab
ko‘rilgan. Darz ketgan, cheti uchgan, egilgan, qabarig‘i yoki botig‘i ko‘p
g‘ishtlar obidalar qurilishida ishlatilmagan.
Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilgan
tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi.
Bu materialdan asosan o‘rmonsiz, quruq iqlimli va yozi uzoq bo‘lgan rayonlar
(O‘rta Osiyo, SHimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina)da uylar quriladi. Tuproq
materiallaridan devorlar quyma (maxsus qoliplar yordamida) yoki oldindan
tayyorlangan yig‘ma tuproq bloklardan ko‘tariladi. Bunday devorlarga
to‘ldiruvchisiz toza loydan quyilgan xom g‘ishtlardan, somonli loydan
tayyorlangan xom g‘ishtlardan ko‘tarilgan devorlar misol bo‘ladi. Bunday
212
devorlarni suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki qatron
qo‘shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan
so‘ng 5% gacha, quyma devorlarda 18% gacha hajmi kichrayishini nazarda
tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |