Xulosa Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi o’zaro bog’langan va bir-birini taqozo qiladi, chunki har bir xodimga aniq bir vazifani bajarishni biriktirish yo’li bilan uning mehnat qilish doirasi chegaralanadi, lekin bunda xodimlarning o’zaro munosabatlari oldindan belgilab beriladi. Belgilangan vaqtda kam mehnat, energiya va moddiy boylik sarflab, yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish - mehnat taqsimotining maqsadi bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida turli ishlarni bir vaqtda bajarish hisobiga ishlab chiqarish davri qisqaradi va mehnat ixtisoslashuvi hamda xodimlar tomonidan ishlab chiqarishko’nikmalarini tezroq egallanishi natijasida mehnat unumdorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |