O`zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va ularning ish usullari. Qadim zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho`qqilarini egallab, o`z hunarlarini avloddan-avlodga o`tkazib kelmoqdalar. Masalan, yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, me`morchilik, kandakorlik, kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamchilik, do`ppido`zlik, quroqchilik, savatchilik va boshqalar. Bu borada, har bir usta o`zi yashab, ijod etgan yerdagi badiiy an`analarning o`ziga xos tomonlarini o`zida aks ettiradi. Masalan, Xivalik xalq ustalari yog`ochni o`yib naqsh ishlashda yog`ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o`yib ishlagan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo`yaganlar. Qo`qonlik xalq ustalari yog`ochni o`yib naqsh solishda uni o`rta chuqurlikda o`yganlar, Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va hoshiya naqshlarini ko`p ishlaganlar. Marg`ilon ustalari o`ymakorlik ishlarining zaminini o`ta chuqur o`yganlar. Hozirgi paytda yog`och o`ymakorligi me`morchilik bilan bir qatorda ro`zg`or buyumlariga bezak berishda ham keng qo`llanilmoqda. O`zbekistonda ishlatiladigan o`yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi.
Toshkent, Buxoro, Qo`qon, Samarqand o`ymakor ustalari buyumlarining o`yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chekichlab chiqadilar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. Ular o`yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog`i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan cjhigit yog`i naqsh yuzini qoramtir qilib ko`rsatadi. Toshkent, Qo`qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar.
Yog`och o`ymakor ustalari qadimdan uch uslub asosida yog`ochlarga bezak berganlar. Bular bag`dodi, islimiy va pargoridir. Bu uslublardan yana biri girih islimiydir. Agar islimiy naqshlar sirkul yordamida bajarilsa, pargor islimiy, aylana islimiy deb ataladi (1-2 rasm). Bu o`ymakorlik turini ustalar “o`ymali pargori” va “o`yma pargor bilan” deb nomlaydilar. Ozbekistonda pargori uslubi ustalaridan T.Ayibxo`jayev, A,Tursunboyev, Xaydar Najmiddinov, Qodirjon Haydarov, Sulaymon Xo`jayev, Ortiq Fayzullayev, Abduvosiq Saydaliyev, Botir Ganiyev va boshqalarning pargori uslubidagi ishlari elga manzur bo`lib kelmoqda.
1-rasm 2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |