Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar natijasida bugungi kunda barcha sohalar kabi aholini mehnat bilan ta`minlash, ularga kasb-hunar o`rgatish ishlari, jumladan, hunarmandchilik ham asta-sekinlik bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Respublikamizda aholining mehnat resurslardan oqilona foydalanish maqsadida kasb-hunarning ayrim turlari, ayniqsa, milliy qadriyat sifatida bugungi kunda tiklangan va tiklanayotgan xalq hunarmandchiligiga oid ko`plab qonun va farmonlar ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ustalarining, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqolpog`iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bo`linmalarga ega bo`lgan “Hunarmand” uyushmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martidagi PF-1741-sonli “Xalq amaliy san`ati hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga asosan tashkil topgan. Ushbu farmonga ko`ra “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilangan.
xalq hunarmandchiligining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlarni himoya qilish;
ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik mehanizatsiya vositalari bilan ta`minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularda uyda ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko`mak berish;
bozor munosabatlari talablarini o`rganish hamda yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchun mahalliy xom ashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bo`yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng targ`ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, ko`rgazmalar va kimochdi savdolari o`tkazilishini tashkil etish;
xalq san`atining noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an`analarini saqlab qolish hamda bu ish ko`nikmalarini yoshlarga sig`dirish, mohir ustalarni tayorlash bo`yicha maxsus maktablar tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |