Mehnat qonunlari ustidan nazorat olib borish. Mehnat qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik. Reja


Mehnat sohasida xalqaro huquqiy hamkorlik va unda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishi



Download 45,06 Kb.
bet11/12
Sana14.02.2022
Hajmi45,06 Kb.
#447942
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
mehnat qonunlari ustidan nazorat oli

Mehnat sohasida xalqaro huquqiy hamkorlik va unda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishi. Ilmiy texnika revolyutsiyasi yuz berayotgan paytda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlarning globallashuv jarayoni kuzatilmoqda. Bunday sharoitda jahonning bir burchagida sodir bo`layotgan voqea-hodisalar boshqa burchagida yashovchi xalqlar va davlatlar uchun ham aks sado berayotir. Ushbu omillar yuz berayotgan jarayonlarni muvofiqlashtirilishini, davlatlar va xalqlar o`rtasida hamkorlik yo`lga qo`yilishini taqozo etmoqda.
Yer kurrasida aholi soni tez sur`atlar bilan ko`payib, uning resurslari va iqtisodiy imkoniyatlari deyarli o`zgarmasdan qolayotgan bir paytda barchani ish bilan ta`minlash, ochlik va kasalliklarga, qashshoqlikka qarshi kurashish dolzarb vazifalardan ekanligi shak-shubhasizdir.
Insonning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri bo`lgan mehnat qilish huquqini ro`yobga chiqarish, ishsizlikka qarshi kurashish, aholi bandligini ta`minlash borasidagi xalqaro hamkorlik va bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni xalqaro huquqiy tartibga solish Birlashgan Millatlar Tashkilotining bevosita ishtiroki hamda rahbarligi ostida, uning ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy tashkilotlari keng jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat, bandlik va minimal mehnat sharoitlarini ta`minlashga doir global masalalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ahamiyatli xalqaro huquqiy hujjatlari: «Inson huquqlari Umumjahon Deklarasiyasi» (1948-yil 10-dekabr), «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro Pakt (1966-yil 19- dekabr) va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo`yilgan.
«Inson huquqlari Umumjahon Deklarasiyasi»ning 23-moddasiga ko`ra, «Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay sharoitga ega bo`lish va ishsizlikdan himoya qilinishi huquqiga ega».
«Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Paktning 6-moddasiga ko`ra: «Ushbu paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablag` topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir odam erkin holda tanlaydi yoki unga erkin holda rozi bo`ladi. Shu Paktga a`zo bo`lgan davlatlar esa fuqarolarni mazkur huquq bilan ta`minlash uchun zarur choralar ko`radi».
Mehnatni xalqaro huquqiy tartibga solishda, ayniqsa Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni kattadir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega holda ish olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi o`z davlat mustaqilligini qo`lga ki-ritganidan keyingi o`tgan o`n yil davomida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotning barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqda va ularning mohiyati – demokratik, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat barpo etish maqsadida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni joriy eta borish, fuqarolarning huquqlarini ta`min-lashga qaratilgan xalqaro andozalarga moslashishdan iborat.
O`tgan yillar davomida BMTning inson huquqlariga oid eng muhim hujjatlari, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bir qator konvensiyalari O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida O`zbekiston xalqi umumiy e`tirof etgan xalqaro huquqiy normalar ustuvorligini tan olish qayd etilgan. Shunga muvofiq ravishda barcha qonunlarda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ham (10-moddasi) O`zbekiston ishtirok etayotgan xalqaro huquqiy shartnomalarning qoidalari milliy qonunchilikka nisbatan ustuvor ekanligi ta`kidlanadi.
Hozirgi kunda mehnatni huquqiy tartibga solish borasidagi xalqaro andozalar, agar ular O`zbekiston tomonidan tan olingan bo`lsa, bevosita qo`llanilishi, ularning qoidalari O`zbekiston qonunlari tarkibiga kiritilishi, ular asosida qonun hujjatlari ishlab chiqilish orqali O`zbekistonda mehnat huquqining rivojlanishiga ta`sirini o`tkazmoqda.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasida: «Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O`zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to`g`risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarning yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O`zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo`llaniladi», deyiladi.

Download 45,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish