– 49 –
30-YILLARDA DAVLATNING XALQNI ALDASH QAMROVI
Davlat rahbarlari birinchi va ikkinchi 5 yillk natijalarini buzib talqin qilishadi. Shunday qilib, agar birinchi
5 yillik haqiqiy natijalari olsak, deyarli barcha sohalar bo‘yicha rejalar bajarilmay qolingan. 1932-yilga
10 mln.tonna cho‘yan olish rajalashtirilgan bo‘lsa, Stalin 17 mln.tonnaga yetkazishni talab qiladi, amalda
esa faqat 6,2 mln.tonna cho‘yangina ishlab chiqiladi.
Ma’lum bo‘lishicha sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining o‘zaro nisbati soxtalashtirilgan. Hisob-
kitoblar shuni ko‘rsatadiki, SSSR na birinchi, na ikkinchi va na uchinchi 5 yillikda ham industrial davlatga
aylanmagan, faqat 60-yillard bunga erishdi. Chunonchi faqat 60-yillardagina sanotdan kelgan daromad
davlatning milliy daromadidan ( qiymati narxiga yaqin) qishloq xo‘jaligidan tushgan ulushdan oshdi.