Mehnat muhofazasi va xafsizlik texnikasi fanidan


-Mavzu: Jarohatlar va kasb kasalliklari haqida asosiy tushunchalar. Shikastlanish turlari



Download 0,56 Mb.
bet5/39
Sana02.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#630465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Mehnat muhofazasi

3-Mavzu: Jarohatlar va kasb kasalliklari haqida asosiy tushunchalar. Shikastlanish turlari.
Reja:

  1. Jarohatlarhaqida tushuncha

  2. Shikastlanish turlari

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin: texnik, tashkiliy, sanitariya- gigiyenik, individual va tashkiliy-texnik.
Texnik sabablar: uskuna va moslama, to‘siq qurilma, tormoz va gidravlik tizimning ishlamasligi yoki nosozligi tufayli kelib chiqadi.
Tashkiliy sabablar: mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish ishlarining sust olib borilganligi, ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha o‘qitilmaganligi, ogohlantirish plakat va yozuvlarining yo‘qligi, ishning noto‘g‘ri tashkil etilganligi, mehnat va ishlab chiqarish intizomining pastligi tufayli kelib chiqadi. Tashkiliy-texnik sabablar: elektr qurilmalarning nazoratsiz qoldirilishi, texnik sinovlarning o‘tkazilmaganligi, ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan yetarli ta’minlanmaganligi tufayli kelib chiqadi. Sanitariya-gigiyenik sabablarga: ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi, parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining talabga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarining (yechinish, yuvinish, cho‘milish xonalari, hojatxona va boshqalar) yo‘qligi
natijasida kelib chiqadi.
Individual sabablarga: himoya vositalaridan hamda maxsus kiyim- boshlardan foydalanmaslik yoki mos kelmasligi tufayli kelib chiqadi.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tahlil qilishdan maqsad, xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari va baxtsiz hodisalarning vujudga kelishini aniqlash hamda ularning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.


Korxona xo‘jaligidagi jarohatlanishni o‘rganish va tahlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va xavfsizlikni ta’minlashga oid tor doiradagi masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishga yo‘naltirilgan. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari

Jarohatlanishni o‘rganishning statistik usuli eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, bu usul baxtsiz hodisani tekshirish paytida H-1 shaklda dalolatnomadagi baxtsiz hodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Bu usulga ko‘ra barcha baxtsiz hodisalar alohida belgilari: jarohatlanganlarning yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko‘rsatkichlar qanchalik xavfli ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko‘rsatkichlari: tez-tez takrorlanish koeffitsiyenti Em, og‘irlik koeffitsiyenti Koq, ish vaqtining yo‘qotilishi En va o‘lim sonini ko‘rsatuvchi koeffitsiyentlari K orqali jarohatlanish darajasi kabilarni aniqlash mumkin.
Tahlilga kirishishdan oldin boshlang‘ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash kerak. Dastlab ishlab chiqarish to‘liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalarni tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko‘rsatilgan tashxislar bilan tanishish korxonada jarohat-lanishlarni yashirish hollari bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug‘dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyda tekshirilib ko‘riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim bo‘limlarni noto‘gri yoki noaniq to‘ldirish, noto‘gri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez takrorlanish koeffitsiyenti,

bu yerda:
T1— hisobot davridagi tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni;
P— shu davr oralig‘ida ishlagan ishchilarning o‘rtacha soni.
Shikastlanish deb odam organizmiga to‘satdan turli tashqi omillar ta’siri natijasida to‘qimalarda, organlarda anatomik-funksional o‘zgarishlar vujudga kelib, maxalliy va umumiy reaksiyalar bilan davom etadigan patologik holatga aytiladi.
Shikastlanishlarning quyidagi turlari ma’lum:

  1. ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan,

  2. ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan,

  3. harbiy,

  4. qasddan etkazilgan.

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq shikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq shikastlanish ham kiradi.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan shikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘lmaydi. Bunga uy sharoitida, transportda, ko‘chada, sport bilan shug‘ullanganda bo‘ladigan shikastlanishlar kiradi.
Harbiy shikastlanish esa harbiy xizmat bilan bog‘liq shikastlanishlarni o‘z ichiga oladi.
Qasddan shikastlanishga esa o‘zgalar tomonidan ataylab etkaziladigan shikastlanishlar kiradi. Shikats etkazadigan omillar-mexanik, fizik, kimyoviy va b. bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinishi bo‘yicha yopiq va ochiq; kelib chiqishi bo‘yicha bevosita va bilvosita shikastlanishlar farqlanadi. Yopiq shikastlanishlarda teri butunligi saqlanadi, teri ostidagi to‘qima va a’zolar shikatslanadi. Ochiq shikastlanishda esa teri jarohatlanadi. Bevosita shikastlanishda tashqi omil ta’sir etgan joyda o‘zgarishlar kuzatiladi. Bilvosita shikastlanishda esa ta’sir joyida o‘zgarishlar bo‘lmay, boshqa joylarda o‘zgarish kuzatiladi. Shikatslovchi omil bir marta yoki uzoq vaqt atsa-sekin ta’sir etishi mumkin (o‘tkir va surunkali shikastlanishlar).
Shikastlanishlarning maxalliy belgilariga og‘riq, teri rangini va butunligini o‘zgarishi, shikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi va b. kiradi. Umumiy belgilarga xushdan ketish, shok, kollaps kiradi.
Shikastlanish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq: 1) shikatslovchi omilni fizikaviy tavsifi, 2)shikastlangan to‘qimalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, 3) shikastlanish vaqtida jabrlanuvchining ahvoli, 4) to‘qima va a’zolardagi patologik o‘zgarishlar va b.
Shikastlanishlar kechishiga qarab: engil (ish qobiliyati yo‘qotilmaydi, o‘rtacha (ish qobiliyati vaqtincha yo‘qotiladi) va og‘ir (ish qobiliyati uzoq vaqt yo‘qotiladi) bo‘lishi mumkin.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish