Trosli yoki antena ko‘rinishda.
To’r
To‘rli yashin qaytargich.
To‘qimachilik korxonalarida ko‘pincha sterjenli yashin qaytargichlar qo‘llanadi.
Ayrim ishlab chiqarish jarayonlari statik elektr zaryadi hosil bo‘lishi va ularning manfiy va musbat elektr zaryadlariga bo‘linishi bilan o‘tadi. Ba’zi hollarda bu zaryadlar tezda erga tarqaladi, boshqa hollarda esa ular to‘planib, yuqori elektr maydoni kuchlanganligini hosil qiladi.
Bir hil vaziyatlarda statik elektr brak maxsulot chiqishiga, dvigatel va qurilmalarning tezligining ortib ketishiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda ishchilarga jarohat keltirishi ham mumkin.
Statik elektrning paydo bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib, u juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi davrgacha statik elektrning paydo bo‘lish sababini tushuntirib bera oladigan aniq fikr yo‘q. Faqatgina har hil taxminlar bor xolos.
SHulardan eng ko‘p tarqalgan gipotezalardan biri bu modda va materiallarning bir-biriga ishqalanishi natijasida statik elektr zaryadlari hosil bo‘lishidir. Mana shu fikrga asosan statik elektr ikkita har hil tarkibli moddalarning bir-biriga tegishi va ishqalanishi shu tegishish yuzasida har hil atom va molekulalar kuchlarining tortishishi tufayli paydo bo‘ladi. Bunda moddaning elektronlari va ionlarining bo‘linishi, ikkita qarama- qarshi belgili elektr qatlami paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Elektrostatik zaryadlar ko‘proq dielektrik materiallarning ishqalanishi, quvurlardan engil yonuvchi suyuqliklarning oqishi hamda paxta tolalarini va tayyor maxsulotlarni tashish vaqtida paydo bo‘ladi.
To‘qimachilik sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezilarlidir. Paxta yoki ayniqsa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik elektr zaryadlari ko‘p hosil bo‘ladi. Bu zaryadlarning yig‘ilish intensivligi ishqalovchi materiallarning turiga, kontakt maydoniga, atrof- muhit havosining nam-
-quriqligiga, ishqalanayotgan materiallarning solishtirma qarshiligiga va boshqa sabablarga bog‘liqdir.
Ishqalanish natijasida hosil bo‘ladigan elektrostatik zaryadlar katta miqdorlardagi kuchlanishlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan to‘qilgan poyondoz, oyoq kiyimlariga ishqalanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV gacha potensiallar ayirmasi hosil qilishi mumkin. Bu katta miqdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz miqdorda bo‘lganligi uchun kishiga katta zarar etkaza olmaydi, lekin u kishiga nohush ta’sir qilishi, g‘ayriixtiyoriy harakatlarga olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror erini urib olishi, ishlab turgan mashinaga yiqilib tushish va boshqa xavflarni tug‘diradi.
Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bulardan tashqari elektrostatik zaryadlar to‘qimachilik sanoatida texnologik jarayonning barcha o‘timlarida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tarash mashinasidan chiqayotgan taram, muallifning tadqiqotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryadlanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni bo‘yicha bir xil taqsimlanmagan, ayni paytda taram o‘rtasida potensiallar ayirmasi 1800 V bo‘lsa, uning chetlarida 1000-1100 V bo‘lishi aniqlangan. Sexda nisbiy namlikning kamayishi, tarash chetlarining hurpayishiga, paxmoqlanishiga, o‘rtasining ko‘tarilishi va hatto uzinasi bo‘ylab yirtilishiga olib keladi. Bu ko‘ngilsiz hodisalar bir xil zaryadlangan tolalarning bir-biriga itarilishi natijasida ro‘y beradi.
Statik elektr xavfini yo‘qotishning asosiy usullariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
texnologik uskunalarni, jihozlar, kommunikatsiyalar, apparat va idishlarni erga ulash;
havo namligini oshirish yoki materiallarga antistatik moddalar bilan ishlov berish (bu usul to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llaniladi);
havo yoki muhitni, ba’zi hollarda apparatlar, idishlar va shunga o‘xshashlarning ionlanishini kamaytirish.
Elektrostatik zaryadlarni hosil bo‘lish, uning zarari va undanhimoyalanish.
Ma’lumki elektrostatik zaryadlar dielektrik moddalarni ishqalanishi natijasida paydo bo‘ladi. Paxta tolalari mashina qismlaridan o‘tayotganda o‘zaro hamda metall qismlariga ishqalanib zaryadlanadi. Tadqiqotlar tarash mashinadan chiqayotgan tarandining 1100-1600 V gacha zaryadlanishi va musbat belgiga ega bo‘lishini ko‘rsatadi. Zaryadlangan tolalar to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarda ko‘pgina noqulayliklar keltirib chiqarishi ma’lum. Masalan, sexda changni ko‘paytiradi, uzilish ko‘payadi, notekislik ortadi, mahsulot bir tekis to‘qilmaydi va h.k.
SHu bilan birga kishi salomatligiga, uning normal ishlashiga ham tuskinlik qiladi. Kam miqdordagi toklar kishi organizmiga uzoq vaqt ta’sir qilsa zaralidir. Bu hollarda kishining asab sistemasi shunchalik ishdan chiqadiki, u o‘z vazifasini bajaraolmay qoladi. Doimo zaryadlangan mahsulot bilan ishlagan ishchilarda bunday asab buzilishlari organizmning umumiy holatiga ham salbiy ta’sir qilishi kuzatiladi.
Cu’niy tolalardan to‘qilgan po‘stin- 20000 V gacha, poyondozlar 15000-20000 V gacha zaryadlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |