16. 3. TADBIRKORLIKDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH
VA SOTISHNI TAHLIL QILISH
Tadbirkorlikda mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlil qi-
lish uchun ularni aks ettiruvchi ko'rsatkichlarni aniqlab olish zarur.
Bunday ko‘rsatkichlar m a’lum davr ichida ishlab chiqarilgan mahsu
lot hajmi, assortm ent strukturasi, tannarxi, sifati va raqobatbardosh-
lik ko‘rsatkichlari, mahsulotni sotish hajmi, strukturasi va boshqalar
333
hisoblanadi. Ulardan eng muhim yakuniy kcfrsatkich mahsulot sotish
hajmidir. Chunki ishlab chiqarilgan mahsulotni sotmasdan foyda olib
bilmaydi. Ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari natural (kg, tonna,
litr, metr) va qiymatiy (so‘m, ming so‘m, million so‘m) birliklarda ifo-
da etiladi.
Ularni qiymat ko‘rinishida hisoblash va baholash uchun solishtirma
narxlardan foydalanish zarur va shundagina narx-navo o ‘zgarishi hi-
sobga olingan bo‘ladi. Masalan, tadbirkor mahsulot ishlab chiqarishni
bu yilga 100 mln so'm miqdorda rejalashtirgan bo‘lsin. Bu reja o‘tgan
yil oxirida tuzilgani uchun mazkur summa o‘tgan yilgi narxda hisob-
langan bo‘ladi. Bu yil davomida shu mahsulot'narxi o‘rtacha 10 foizga
oshgan bo‘lsa, narx indeksi 1,1 ni tashkil etadi. Demak, tadbirkorning
bu yil ishlab chiqargan mahsuloti haqiqiy narxda 110 mln so'm bo‘lsa,
solishtirma narxda 100 mln so‘m (110/1,1=100) bo‘ladi. Bu hisob-
kitoblarga asosan shunday xulosa qilish mumkin: tadbirkor bu yil re-
jalashtirilgan 100 mln so‘m miqdorda mahsulot ishlab chiqargan bo‘lib,
undan yuqori 10 mln so‘m esa tadbirkor mehnati evaziga emas, balki
narx oshishi evaziga yuzaga kelgan. Ana shunday chuqur tahlil nati-
jasida haqiqiy ahvol ravshan bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilishda gorizontal,
vertikal, omiliy tahlil usullari qo‘llaniladi. Gorizontal tahlilda ish
lab chiqarilgan (sotilgan) mahsulot hajmi rejalashtirilgan hajmi bilan
taqqoslanib, ular o‘rtasidagi mutlaq (kg, litr, metr, so‘m) va nisbiy
(foiz, indeks, koeffitsiyent) ko ‘rinishlarda ifoda etiladi. Haqiqatan, ish
lab chiqarilgan mahsulot hajmining rejalashtirilgan hajmidan ko‘pligi
ishlab chiqarish (sotish)ning o ‘sishini, ozligi - pasayishini, tengligi esa
barqarorligini bildiradi. Masalan, tadbirkor bu yil qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarishni, 10 t miqdorda rejalashtirgan holda haqiqatan 10 t
ishlab chiqarsa uning ishlab chiqarishida o ‘zgarish bo‘lmagan hisob-
ianadi. Haqiqatan ishlab chiqargan mahsuloti 10,5 t ni tashkil qilganda
uning ishlab chiqarishi 5 foizga o ‘sgan, 9,5 t ni tashkil etganda 5 foizga
pasaygan bo‘ladi. Ana shunday tahlil asosida tadbirkor kelgusida ishlab
chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rishi mumkin.
Vertikal tahlilda ishlab chiqarilgan mahsulotning assortm ent va si-
fat strukturalarini aniqlash mumkin. Masalan, ishlab chiqarilgan (so
tilgan) qandolat mahsulotlarining assortm ent strukturasi quyidagicha:
jami qandolat mahsulotlarining 40 foizini parvarda, 35 foizini karamel,
334
25 foizini navot tashkil qiladi. Navotning 75 foizi oliy nav va 25 foizi
birinchi nav darajasida bo‘lishi, uning sifati bo‘yicha strukturasini
bildiradi.
Trend tahlili yordamida mahsulot ishlab chiqarish (sotish) hajmi bir
necha yil davomida qanday o‘zgargani aniqlanadi. Masalan, tadbirkor
o ‘z faoliyatini boshlaganiga 4 yil bo‘lgan va birinchi yilda 5 t, ikkinchi
yilda 6,5 t, uchinchi yilda 8 t, to‘rtinchi yilda 9,5 t qandolat mahsulot-
lari ishlab chiqargan. Demak, shu 4 yilda mahsulot ishlab chiqarish 90
foizga oshgan [(9,5 x 100):5-100] va o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 30
foiz bo‘lgan.
Omiliy tahlil baholanayotgan ko'rsatkichga turli omillar ta’sirini
aniqlashdan iboratdir. Masalan, tadbirkor qandolat mahsulotlari ishlab
chiqarishni 1 yilda 30 foizga oshirgan. Bunday o‘sishga nima evaziga
erishgan? Bu savolga omiliy tahlil javob beradi. Unga ko‘ra bunday
o ‘sish uchta asosiy sabab, omil evaziga yuz bergan. Ular ishlab chiqa
rishni kengaytirilishi, assortm ent strukturasining o ‘zgarishi, talabning
o ‘sishidir. Bu omillarning har biri o ‘sishga qanchalik ta’sir qilganini,
ya’ni hissa qo‘shganini aniqlash lozim. Tadbirkor bu yil qandolat mah-
sulotlariga talabning o'sishi va strukturasi o ‘zgarishini oldindan biiib,
mahsulot ishlab chiqarishni 10 t dan 15 t ga yetkazgan. Lekin mah-
sulotning assortm ent strukturasi o‘zgartirilmaganda, uning hammasini
sota olmagan bo‘lar edi. Tadbirkor bu yil karamelga talabning keskin
o‘sishini sezib, uning hissasini oldingi 35 foizdan 60 foizgacha oshirgan
va natijada mahsulotning hammasini sotishga erishgan. Demak, tahliliy
hisob-kitoblarga ko‘ra 30 foiz o‘sishning 13 foizi ishlab chiqarishni
kengaytirish, 8 foizi assortm ent strukturasini o ‘zgartirish, 9 foizi ta
labning o‘sishi evaziga yuz bergan. Bunday tahlil tadbirkorga kelgusida
ishlarni yanada aniqroq rejalashtirish va yaxshiroq tashkil etishga yor-
dam berishi shubhasizdir.
Tadbirkor mahsulotining tannarxini tahlil qilish ham katta ahamiyat
kasb etadi. Bunday tahlilda mahsulot tannarxini tashkil qiluvchi xara-
jatlarning har bir turi amaldagi m e’yorlar va asosiy raqiblarning shunday
xarajatlari bilan taqqoslanib, farqlari mutlaq va nisbiy ko‘rinishlarda
aniqlanadi. Buning natijasida nisbatan ortiqcha sarf-xarajatlami aniq
lash va qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoni tug‘iladi.
Mahsulot tannarxi esa uning raqobatbardoshligini belgilaydigan muhim
asoslardan biridir. Mahsulot tannarxini shakllantiradigan asosiy sarf-
xarajatlar quyidagilardan iborat:
335
- sarf qilingan xomashyo va materiallar qiymati;
- xarid qilingan buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar, boshqa kor-
xonalaming ishlab chiqarish tusidagi xizmatlari qiymati;
- texnologik maqsadlar uchun foydalaniladigan yoqilg‘i va energiya
qiymati;
- ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar ish haqi;
- shu xodimlar bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy vositalar va nomoddiy ak
tivlar amortizatsiya ajratmalari;
- umum ishlab chiqarish xarajatlari;
- boshqa ishlab chiqarish xarajatlari.
Tahlil “xarajatlar - ishlab chiqarish - n atija’ modeli bo‘yicha ishlab
chiqarish, tannarx, foyda o'rtasidagi funksional bog‘liqlikni aniqlashga
vo‘nalgan bo‘lishi lozim. Bunday tahlil mahsulot ishlab chiqarish haj
mi, assortimenti, xarajatlari va narxini o ‘zaro bogTashning turli vari-
antlarida shakllanadigan foydaning turli darajalarini hisoblab chiqishga
imkon beradi. Mahsulot narxi va tannarxi tarkibi umumiy ko‘rinishda
16.3-chizmada aks ettirilgan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |