16.2. TADBIRKORLIKDA IQ TISO D IY T A H L IL ,
UNING TURLARI VA USULLARI
Iqtisodiy tahlilning asosiy maqsadi qo‘yilgan vazifalarning bajari-
lishini, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish darajasini, ulardan chet-
lanishlar razmeri va sabablarini aniqlash hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil
tadbirkorlikda tegishli qarorlar qabul qilish, faoliyatni boshqarish va sa-
maradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy tahlil bir necha turlarda
va bir qator usullar bilan amalga oshiriladi (16.2- chizmaga qarang).
16. 2- chizma.
Iqtisodiy tahlil turlari va usullari.
330
Joriy tahlil - bu har bir ish soati, smenasi, kuni, haftasiga rejalashtiril-
gan ishlaming bajarilishini muntazam tahlil qilib borishdir.
Operativ tahlil tovar ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha rejalashtirilgan ishlaming har bir ish joyi, uchastka, brigadada
har soatda, smenada, kunda, haftada bajarish darajasi va kamchilikla-
rini tezkorlik bilan aniqlash va ishlaming belgilangan tartibda borishini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Davriy iqtisodiy tahlil belgilangan m a’lum vaqtlarda o ‘tkaziladi.
Uning maqsadi tadbirkorlik faoliyatining o‘tgan hisobot davridagi ah-
voli va undagi o ‘zgarishlami aniqlash va baholash hisoblanadi. Shuning
uchun bunday tahlil oy, chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugagandan so‘ng
tuzilgan tegishli hisobotlar asosida o'tkaziladi. Tadbirkorlikda iqtisodiy
tahlilning yuqorida ko‘rib o ‘tilgan ikki turi ham muhim rol o ‘ynaydi va
bir-birini to ‘ldirib boradi.
Strategik tahlil bir yilga, bir necha yilga m o‘ljallangan strategik re-
jalaming bajarilishini tahlil qilishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy tahlil usullari quyidagilar hisoblanadi:
- moliyaviy-xo‘jalik hisobotlarini o'rganish;
- gorizontal tahlil;
- vertikal tahlil;
- trend tahlili;
- omiliy tahlil;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Moliyaviy - xo‘jalik hisobotlaridagi ma’lumotlami o ‘rganish tahlil
ning muhim usullaridan biridir. Hisobotlami o‘rganish tadbirkor (kor-
xona) tomonidan mablag‘larni jalb qilish manbalari, mablag‘larni
joylashtirish yo‘nalishlari, hisobot davrida olingan foyda va uning
asosiy manbalari, pul mablag‘lari olishning manbalari to‘g‘risida xulo-
salar chiqarishga imkon beradi. Lekin bu usul tadbirkor faoliyati asosiy
ko‘rsatkichlarining o ‘zgarishlarini va boshqa o ‘ziga o ‘xshash tadbir
korlar o ‘rtasidagi mavqeni baholashga yaramaydi. Buning uchun esa
boshqa usullami qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Gorizontal tahlil tadbirkorlik faoliyatining yo ‘nalishlari bo‘yicha
asosiy ko‘rsatkichlarining belgilangan rejadan mutlaq va nisbiy chet-
lanishlarini baholash hamda boshqa o‘xshash tadbirkorlar faoliyatining
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashga imkon beradi. Bu usulda taqqoslash
(qiyoslash) va uning turli variantlari asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, tad-
331
birkor bir oyda 15 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, sotishni
rejalashtirgan bo‘lib, haqiqatan, 16 million so‘mlik mahsulot ishlab
chiqarib sotgan. Demak, u rejadan 1 million so‘mga ko‘proq sotgan va
belgilangan rejasini 106,7 foizga bajargan hisoblanadi.
Vertikal tahlil umumiy yoki yakuniy ko‘rsatkichlar (hodisalar)
tarkibiy qismlarining salmog‘ini aniqlash va baholashga xizmat qiladi.
Uni tarkibiy (strukturaviy) tahlil ham deb ataydilar. Bu usul tadbirkor
ning faoliyat turlari va tovar turlari bo‘yicha foyda tarkibi, tadbirkor
ning sarmoyasi tarkibi, ulardagi tarkibiy (strukturaviy) o ‘zgarishlami
baholashga qo‘l keladi. Masalan, tadbirkor ham tovar ishlab chiqar
ish, ham xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib, o‘tgan yilda 8 million
so‘m foyda olgan. Foydaning 5 million so‘mi, ya’ni 60 foizi tovar ish
lab chiqarib sotishdan, 3 million so‘mi, ya’ni 40 foizi esa xizmatlar
ko‘rsatib olingan. Bu yil olingan 9 million so‘m foydaning 6 million
so'mi, ya’ni 66,7 foizi tovar ishlab chiqarib sotishdan, 3 million so‘mi,
ya’ni 33,3 foizi esa xizmatlar ko‘rsatib olingan. Demak, bu yil o‘tgan
yilga nisbatan tovar ishlab chiqarib sotishdan olingan foydaning hajmi
ham, hissasi ham oshgan, xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydaning
hajmi o ‘zgarmagan ho Ida hissasi pasaygan. Tadbirkor bu raqamlarni
hisoblab chiqargandan so‘ng, bunday o ‘sish va o ‘zgarishlarning sa-
bablarini aniqlashi hamda m azkur k o ‘rsatkichlar yanada yaxshiroq
bo‘lishi uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin.
Trend (tendensiya) tahlili bir necha oylar yoki yillar mobaynida
tadbirkorlik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari bazis ko‘rsatkichlarga nis
batan qanday va qancha o ‘zgarganini aniqlashga yordam beradi. Bu
usul gorizontal tahlilning bir varianti bo‘lib, qiyoslash uchun reja yoki
o‘tgan yil ko‘rsatkichlari emas, balki nisbatan uzoqroq o‘tgan davr
ko‘rsatkichlarini asos (bazis) qilib olishni taqozo etadi. Bunday tahlilda
asosiy ko‘rsatkichlaming nisbatan uzoq vaqt davomida (3,5,10 va ho-
kazo oy, yilda) o‘zgarish tendensiyasi (barqaror qolishi, o‘sishi, pasayishi)
ni aniqlash mumkin. Masalan, tadbirkor oxirgi 3 yilning birinchi yili
1,5 million so‘m, ikkinchi yili 1,7 million so‘m, uchinchi yili esa 2,0
million so‘m foyda olgan. Birinchi yildagi foyda hajmi 1,5 million so‘m
bazis ko‘rsatkich bo‘lib, keyingi yillardagi foyda ko‘rsatkichlari u bilan
taqqoslanadi. Demak, tadbirkorning 3 - yilda olgan foydasi 1 - yilda
olgan foydasiga qaraganda 33,3 foizga o‘sgan. Foydaning bazis deb
qabul qilingan yildan keyingi ikki yildagi o‘rtacha yillik o ‘sish sur’ati
332
16,65 foizni tashkil etadi. Bunday o ‘sish sur’ati yaxshi ko‘rsatkich hi
soblanadi va tadbirkor keyingi yillarda ham unga erishishga harakat
qilishi kerak bo‘ladi.
Amaliyotda ko‘pchilik tadbirkorlar va korxonalar o ‘z faoliyatining
o‘tgan 3 - 5 - yillardagi taraqqiyot xarakteri (tendensiyasi va sur’atlari)
ni aniqlashga harakat qiladi. Bu, xususan, strategik rejalashtirish va qa-
rorlar qabul qilishda katta rol o'ynaydi.
Omiliy tahlil tadbirkor faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga muhim
omillar ta’sirini hisoblab, bu ta’sirni kuchaytirish yoki pasaytirish cho-
ra-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi. Masalan, tadbirkorning foydasi
bir yilda 1 million so‘mga o ‘sgan va bu o ‘sish 3 ta muhim omil ta’siri
ostida yuz bergan bo‘lsin. Demak, mazkur omillar (mahsulot ishlab
chiqarishning ko‘payishi, tannarxning pasayishi, bozorda narxning
tushishi)dan har birining foydaga ta’sirini aniqlash kerak bo‘ladi. Bu
omillardan ikkitasi foydaga ijobiy, oxirgisi esa salbiy ta ’sir qilgani aniq.
Faraz qilaylik, mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi foydani 0,7
million so‘mga, mahsulot tannarxining pasayishi 0,5 million so'mga
o‘sishini ta’minlagan bo‘lsa, bozorda narxning tushishi uni 0,2 mil
lion so‘mga kamayishiga olib kelgan. Tadbirkor omiliy tahlil natijasida
ravshan bo‘lgan bunday holatni ko ‘rib, foydani yanada oshirish uchun
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va xarajatlarini pasaytirish,
mahsulot sifatini yaxshilab, narxni saqlab qolish choralarini ko'rishi
zarur bo‘ladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili ayrim hodisalar, ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganishga qaratilgan. Moliyaviy koeffitsiyent
lar tadbirkor faoliyatini tezroq va osonroq baholashga imkon beradi va
shuning uchun keng qo‘llaniladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |