Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


bet104/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

XI BOB. TABDIRKORLIKDA MARKETING
VA RAQOBAT
11.1. MARKETING - TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
AMALGA OSHIRISH ASOSI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tadbirkor o 'z ishini bozor- 
dan, uni o ‘rganishdan boshlaydi. Chunki, tabdirkorlik faoliyati- 
ning yo‘nalishi, miqyosi, faolligi ko‘p jihatdan bozorga, iste’molchilar 
talabiga bog‘liq. Bozomi, iste’molchilar talab-istaklarini bilmay turib, 
nima ish bilan shug‘ullanish, qanday mahsulot va qancha miqdorda ish­
lab chiqarish, kimga, qachon va qaysi narxda yetkazib berish va sotish, 
qanaqa xizmatlar ko‘rsatish kerakligini aniqlash mumkin emas. Bularni 
aniqlash, mahsulotni tezroq sotib, yaxshi foyda olish uchun esa bozor­
da ishlash usullari, tartib-qoidalari, strategiyasi va taktikasi, raqobatla- 
shish yo‘1 lari va vositalarini, ya’ni marketing asoslarini bilish va ularni 
amalda qo‘llay olish lozim. Marketing inglizcha bozor so‘zidan olingan 
bo‘lib, bozomi o'rganish va uning istiqbolini aniqlash, bozorda faoli­
yat ko‘rsatish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish orqali muayyan 
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish va qo‘yilgan maqsadga erishishga 
yo‘naltirilgan faoliyatdir. Marketing faoliyatining asosiy bosqichlari 
quyidagilardan ib o ra t(ll. 1- chizma).
11. 1- chizma.
Marketing faoliyati asosiy bosqichlari.
202


1) talabni o ‘rganish va aniqlash - qanday mahsulot va qancha miqdorda 
ishlab chiqarishni bilish uchun iste’molchilar talab-istaklari, mavjud 
talabning hajmi, o‘zgarishi va istiqbolini, raqobat darajasini aniqlash 
zarur;
2) talabni shakllantirish - mahsulotning sifati, ko‘rinishi, assortimenti, 
narxi va reklamasi hamda xaridorlami rag‘batlantirish, ularga turli xiz­
matlar va qulayliklar taklif etish yo'l bilan iste’molchilarga ta’sir etib, 
talabni vujudga keltirish, ro‘yobga chiqarish, o‘zgartirish;
3) talabni qondirish - ishlab chiqarilgan mahsulotni reklama qilish, 
iste’mol qilinadigan joy larga yetkazib berish, unga narx belgilash, xari- 
dorlarga qulayliklar yaratish va ularni jalb qilish, mahsulotni sotish.
Shuni ta’kidlash lozimki, marketingni qo'llash boshlangandan 
beri bozor munosabatlarida uning roli ortib bormoqda. Marketingni 
qo‘llashning boshlang‘ich bosqichida u qandaydir bir yordamchi ele­
ment vazifasini bajargan bo‘lsa, keyingi, yuqori bosqichlarda barcha 
elementlar va faoliyatni o'zaro muvofiqlashtirib, yagona maqsadga 
yo‘naltiruvchi asosiy va markaziy funksiyaga aylandi. Buni bozor 
iqtisodiyoti taqozo etadi. M azkur holatni tadbirkorlar qancha tezroq 
va yaxshiroq anglab olsalar, ular bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan 
shunchalik samarali foydalana olishlari mumkin.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor, korxona kim- 
ning ehtiyojini qondirishi va kimga xizmat qilishini yaxshi bilishi ker­
ak. Aks holda6 u bozorda o ‘z о ‘mini topa olmaydi va uzoq yashab qola 
olmaydi. Shu boisdan tadbirkor mahsulotining iste’molchilari uning 
asosiy obyekti, mo‘ljali, maqsadi hisoblanadi. Aniq iste’molchilarga 
ega bo‘lgan tadbirkorning ko‘zda tutilgan natijalarga erishishi aniqroq 
bo‘ladi. Bunday natijalarga erishish uchun esa marketing konsepsiyasi, 
usullari, vositalari katta rol o ‘ynaydi.
Marketing konsepsiyasi - tadbirkor tomonidan m o‘ljallangan 
iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash va raqiblarga nisbatan yaxshi­
roq qondirish g ‘oyasi va uni ro‘yobga chiqarishga yondashuvdir. Bu 
konsepsiya bo‘yicha tadbirkorning asosiy maqsadi iste’molchilar 
ehtiyojlarini to ‘laroq qondirish va shu yo‘l bilan foyda olish hisobla­
nadi. Marketing kontseptsiyasi to‘rtta narsaga - m o‘ljallangan bozor, 
iste’molchilar ehtiyoji, integratsiyalashgan marketing, rentabellikka 
tayanadi. M o‘ljallangan bozor - m a’lum ehtiyojlarini aynan shu tad-
203


birkor yaxshiroq qondira oladi gan iste’molchilar guruhidir. Har qan­
day tadbirkor yoki korxona barcha iste’molchilarni qamrab olib, 
ularning hamma ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shuning uchun har bir 
tadbirkor iste’molchilaming aniq bir guruhini ajratib olib, butun kuch- 
g‘ayratini ularning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. 
Iste’molchilar ehtiyoji -y ash ash , ishlash, ish yuritishni ta'minlaydigan 
moddiy vam a’naviy ne’matlargaboMgan zaruratdir. Integratsiyalashgan 
marketing nafaqat tadbirkor, balki u bilan birga ishlayotgan har bir mu- 
taxassis, xodim, guruh o‘z ishini iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish 
yo‘ li bilan foyda olishga qaratishi va harakatlarini o‘ zaro muvofiqlashti- 
rishga asoslangan yondashuvdir. M a’lumki, foyda ko‘rmaydigan tad­
birkor uzoq faoliyat ko‘rsata olmaydi. Marketing konsepsiyasi foyda 
olish, uni oshirishni faqat iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish 
orqali amalga oshirishni nazardatutadi.
Marketing tadbirkorlik, biznesning yangi falsafasiga asos qilib olin­
gan. Buning mohiyati shundan iboratki, tadbirkorlar, korxonalar o ‘z 
faoliyatlarida bozor talabi, iste’molchilar ehtiyojlariga asoslanishlari 
va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni bozorga moslashtirib tashkil 
etishlari lozim. Yangi sharoitda “ishlab chiqarish iste’mol uchun xizmat 
qilishi kerak” degan tamoyil amal qiladi.
Tadbirkorning tovar ayirboshlash bilan b o g iiq bozor faoliyati uning 
butun tadbirkorlik faoliyati asosini tashkil etadi, maqsadini belgilaydi 
va harakatiga yo‘nalish beradi. Shuning uchun har bir tadbirkor bozor 
qonun-qoidalari va iste’molchilar talab-istaklarini yaxshi bilib, ularga 
mos mahsulot taklif etish va sotish orqali ko‘zlangan foydasini olishi 
mumkin. Demak, “Tovar bo‘lsa, uni sotish mumkin” degan aqidaga 
emas, balki “Tovar bozorbop bo‘Isa, uni sotish mumkin” degan aqi­
daga amal qilish zarur bo iad i. Mahsulotning bozorbopligi esa uning 
sifati, ko'rinishi. bezatilishi, turlari, foydalanishga qulayligi, narxi va 
boshqa tomonlari bo‘yicha iste’molchilar talab-istaklariga mos kelishi 
bilan aniqlanadi. Mahsulot o‘z iste’mol chi lari talab-istaklariga qancha 
mos bo‘Isa, shuncha bozorbop hisoblanadi. Mahsulot qancha bozorbop 
bo‘lsa, uning bozordagi mavqe shuncha yaxshi bo‘ladi. Mahsulotning 
bozordagi mavqe esa uni taklif etayotgan tadbirkorning mavqe, nu- 
fuzini belgilaydi. Mahsulotning bozordagi mavqe uning bozor ulushi 
bilan belgilanadi. Bozor ulushi - bir xil, o ‘xshash tovarlar sotish umu-
204


miy hajmida muayyan bir tovarning hissasidir. Tadbirkor faoliyatining 
foydalilik darajasi uning (mahsulotning) bozor ulushiga bog‘liq bo‘lib, 
bozor ulushi ortib borishi bilan, foydalilik darajasi k o‘tarilib boradi. 
Bularning hammasi tadbirkorning marketing faoliyati bilan bog‘liqdir.
Tadibkorlikda marketing maqsadlarini bir necha darajada ко'rib 
chiqish mumkin (11.2-chizmaga qarang).
11. 2- chizma.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish