4.
E k sp leren tla r
- ishlab chiqarish sohasida yangiliklar va ularni
amaliyotga joriy etish yoki boshqalarga sotishga m oijallangan ixtiro-
chi, kashshof korxonalardir. Ular ishlab chiqarishning yangi sohalari,
turlari, texnologiyalari bilan bog‘liq muammolami hal qilish uchun bu
tun kuch-g‘ayratlarini mujassamlashtiradilar va ularni hal etish bilan
shug‘ullanadilar.
Bozor iqtisodiyoti mexanizmlari muvozanatlashgan va amal qilayot-
gan, raqobat muhiti rivojlangan, tadbirkorlik uchun barcha imkoniyat-
lar mavjud bo‘lgan sharoitda korxonalarning har bir turi (tipi) o ‘ziga
xos vazifalarni bajarib, o 'z o ‘rnini topadi, raqobat esa shaxsiy, jamoa,
ijtimoiy ehtiyojlami samarali qondirishga xizmat qiladi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda raqobatga ustuvorlik berili-
shi bilan bir qatorda, monopoliyalaming saqlanib qolishi kuzatiladi.
Nafaqat tabiiy monopoliyalar, balki ijtimoiy muhim, lekin ziyon ko‘rib
ishlaydigan tarmoqlar, korxonalar davlat monopoliyasi hisoblanadi va
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuning uchun bozor iqtisodi
yoti sharoitida ham monopoliyani inkor etish emas, balki iste’molchilar
manfaatlari nuqtayi nazaridan tadbirkorlik va davlat boshqamvini bo
zor qonunlariga muvofiq ravishda birgalikda tashkil etish, raqobatni
rivojlantirish, monopoliyaga qarshi kurashning noan’anaviy usullari-
dan foydalanish
o 'z
dolzarbligini saqlab qoladi. Buning uchun davlat
tomonidan monopoliyaga qarshi siyosat, qonunlar, dasturlar ishlab
chiqiladi va amalga oshiriladi.
M a’lumki, katta moddiy-moliyaviy resurslarga ega b o ig an kor
xonalar o 'z raqiblariga, o ‘zlari bilan shartnoma tuzadigan hamkorlarga
o‘z iqtisodiy qudrati hisobiga osongina ta ’sir etish imkoniyatiga ega.
Shu boisdan ham bunday korxonalar faoliyati davlat nazorati ostida
b o iad i. Lekin monopolist b o iis h uchun katta b o iis h shart emas. Jahon
tajribasidan m a’lumki monopolistik faoliyatini tartibga solishda asosiy
227
mezon korxonaning katta-kichikligi emas, balki uning bozordagi hissasi
bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, har bir mamlakatda o‘zining tabi
iy monopolyalari mavjud. Bozor mexanizmini qo'llash qiyin bo‘lgan
tabiiy monopoliyalarda davlat yo‘li bilan tartibga solish davlat boshqa
ruv organlari tomonidan narxlar va tariflar darajasini, taklif etiladigan
mahsulot hajmi va turlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash va
ularni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bir qator mamlakatlarda
monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan monopoliyalami bir necha kor
xona shaklida bo‘lib tashlash amaliyoti ham qo‘llaniladi.
Korxonalarning monopollashish darajasi turli mamlakatlarda turli-
cha baholanadi. Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligida korxona
muayyan bozoming uchdan bir (1/3) qismini egallasa, u monopoliya
hisoblanadi. AQShda korxonaning bozor ulushi 15 foizdan oshganda
ayrim cheklovlar qo‘llaniladi: ikki korxonadan birortasining bozor
ulushi 10 foiz va undan yuqori bo‘lsa, ularning qo‘shilishi taqiqlanadi.
0 ‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq kor
xonalar monopol korxona sifatida maxsus davlat reyestriga kiritiladi,
qachonki korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot respublika yoki ma
halliy bozorda aniq bir tovar guruhida o‘rindosh yoki bir texnologik
maqsadga m o‘ljallangan mahsulotning:
- oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 20 foizi va undan ko‘pini;
- boshqa tovarlar bo‘yicha 35 foizi va undan ko‘pini tashkil etsa.
Raqobatni rivojlantirish uchun monopoliyaga qarshi qonunlar qu-
yidagilarni taqiqlaydi:
- bozordagi ustunlik mavqeyini suiiste’mol qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida qonunga xilof bitimlar tu
zish (kelishilgan harakatlar qilish);
- raqobatni cheklaydigan tashkiliy qayta qurishlar;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning man-
sabdor shaxslarining raqobatni cheklashga olib keladigan qarorlari va
xatti-harakatlari;
- g ‘irrom raqobat.
O ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan quyidagi harakat
lar g ‘irrom raqobat hisoblanadi va ular taqiqlanadi:
- xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning mol-mulki va tadbir
korlik nufuziga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, noaniq yoki
buzib ko‘rsatilgan m a’lumotlar tarqatish;
228
- xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar belgisi, tovarining firma
nomi yoki markasidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish;
- boshqa ishlab chiqaruvchilar tovarlarining shakli, idishi, tashqi
bezagini aynan ko‘chirib olish;
- ilmiy-texnikaviy, ishlab chiarish, iqtisodiy, savdo va boshqa soha-
ga oid maxfiy axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish
va uni oshkor qilish;
- tovarlaming xususiyatlari, iste'mol xossalari, sifati va ularning
tayyorlash usuli xususida iste’molchilarni chalg‘itish;
- x o‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishiga xa-
laqit beradigan harakatlar qilish va boshqalar.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining raqobatni cheklash-
ga qaratilgan quyidagi harakatlari ham taqiqlanadi:
- x o ‘jalik yurituvchi subyektlarning muayyan faoliyat turlarini amal
ga oshirish, ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishni taqiqlab qo‘yish;
- xo'jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki
ularni bozordan chetlashtirish;
- xo‘jalik yurituvchi ayrim subyektlarga ularga raqiblarga nisbatan
ustunlik beradigan soliqlar bo‘yicha yoki boshqa imtiyozlar berish;
- shartnomalar tuzishda tomonlardan biriga ustunlik berish yoki
muayyan xaridorlar (buyurtmachilar)ga tovarlarni birinchi navbatda
yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to ‘g ‘risida
ko‘rsatma berish;
- tadbirkorlik faoliyatining muayyan sohasida xo‘jalik yurituvchi
yangi subyektlar tashkil etishga asossiz to‘sqinlik qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqilligini cheklovchi qonunga
xilof boshqa harakatlar qilish.
Shuningdek, qonunchilikda quyidagi raqobatni cheklashga qaratil
gan bitimlar yoki kelishib olingan harakatlar ham taqiqlanadi va ular
haqiqiy emas deb hisoblanadi:
- kimoshdi savdosi, birjalar, yarmarkalar va boshqa savdolarda
narxlami oshirish, ushlab turish yoki pasaytirish;
- bozorlami tovar turlari, sotish hajmi, sotuvchilar, xaridorlar,
buyurtmachilar, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha o ‘zaro kelishib,
taqsimlab olish;
- muayyan sotuvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar bilan shartnoma
lar tuzishdan bosh tortish maqsadida til biriktirish;
229
- o ‘zaro raqobat qilmaydigan korxonalar ishlab chiqaruvchi, mahsu
lotni yetkazib beruvchi, iste’molchi, buyurtmachilar o‘rtasida tuzilgan,
lekin pirovard natijada raqobatni cheklaydigan yoki cheklashi mumkin
bo‘lgan bitimlar;
- raqobatni jiddiy ravishda cheklaydigan yoki cheklashi mumkin
bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Shunday qilib, raqobat tadbirkorlikni bozor iqtisodiyoti obyektiv
qonunlariga muvofiq tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirishda
muhim o‘rin egallaydi va, aksincha, tadbirkorlik raqobatning rivojlani-
shi hamda yuksak madaniy darajada amal qilishi da katta rol o‘ynaydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |