Mehnat iqtisodiyoti


Ishlarni baholash usullari



Download 0,97 Mb.
bet108/325
Sana01.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#625670
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   325
Bog'liq
УМК МЕХ ИКТ мажмуа (1)

Ishlarni baholash usullari. Ish haqining xodimlarga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish samaradorligi haq to’lashdagi mutanosiblikning asoslanganligiga butunlay bog’liqdir. Ish haqining firma ichidagi tabaqalanishi shartli ravishda ikki ko’rinishga ega. Ulardan buni oddiy va murakkab ravishda mehnat o’rtasidagi sifat farqlarini aks ettiradi. Bu ish haqining vertikal tabaqalanishi bo’lib, uning keyingi maqsadi tarif stavkalari yoki maoshlarini mehnat sifati bilan bog’lashdan iboratdir. Bu esa, xodimlarning o’z kasbiy bilimlari darajasini oshirish va amaliy tajriba to’plashdan manfaatdorligini ta’minlaydi. Firma ichki tabaqalanishining ikkinchi ko’rinishi — gorizontal tabaqalanishi bo’lib, uning maqsadi tarif stavkalari va maoshlarini mehnat natijalari bilan, shuningdek, yanada unumliroq ishlashga ko’maklashuvchi ishchanlik va shaxsiy sifatlar bilan bog’liqdir. Agar vertikal tabaqalanish malaka razryadlari yoki bajariladigan ishning murakkabligiga qarab stavkalarni lavozimlar bo’yicha ko’paytirishni nazarda tutsa, gorizontal tabaqalanish esa ijrochilar mehnatini baholashdagi farqlarga mos ravishda stavkalarni ko’paytirish imkonini beradi. Sifat farqlarining va vertikal tabaqalanish ta’rifining namoyon bo’lishidagi amaliy vosita ishlarni baholashdir.
Qatorlar usuli — oddiy usul bo’lib, bu uning ustun tomonidir. Bu usulni qo’llashda ishlarga miqdoriy baho berilmaydi, faqat ularning boshqa ishlarga qaraganda afzalligi nimada ekanligi ko’rsatiladi. O’z vazifalariga ko’ra bir xil bo’lgan asosiy cheklangan ishlarni tanlab olish usuli uning muhim tomonidir. Bu ishlar uning hajmi birinchi navbatda qiyoslaniladigan umumiy ishlar sonining taxminan 10—15 foizini tashkil qilishi kerak va boshqa barcha ishlarga baho berish uchun namuna bo’lib xizmat qiladi deb hisoblanadi. SHundan keyin ishlar o’z mazmuniga ko’ra bir-biriga o’xshash va yaqin ishlarni o’zida mujassamlashtirgan razryadlarga bo’linadi. Har bir razryadga tarif stavkalari va maoshlarning ma’lum darajasi to’g’ri keladi. Bitta bo’linmada bajariladigan ishlar taqqoslanganda bu usul o’zini oqlaydi.
Tasniflash usuli ham xuddi qatorlar usuli kabi ishlarni miqdoriy baholashni ko’zda tutmaydi. Bu usul bo’yicha dastlab razryadlar belgilab olinadi, shundan so’ng ishlar o’z mazmuniga qarab shu razryadlar bo’yicha taqsimlanadi.
Tasniflash usuli aqliy mehnat xodimlari uchun (jumladan, yuqori malakali mutaxassislar uchun) keng tarqalgan. Tasniflash usulida razryadlarni aniqlab olish eng murakkab jarayon hisoblanadi, bu razryadlar talab qilinadigan malaka, ish staji, javobgarlik darajalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Razryadlar soni ishlar mazmunining kengligi, korxonaning katta-kichikligi, bajariladigan ishlarning farqi va kompaniyaning kadrlar siyosatiga bog’liqdir.
Ishlarni razryadlar bo’yicha aniqroq taqsimlash uchun ishlarning muhimligiga baho berish maxsus tanlangan omillar bo’yicha amalga oshiriladi.
Tasniflash usuli qo’llanishida oddiy, tejamlilik, qatorlash usuliga qaraganda ancha aniq va obyektiv ma’lumotlar olish imkonini beradi, ancha moslashuvchan usul sifatida baholanadi. chunki bu usuldan foydalanishda ishlarning yaxshi va qayta tuzilgan turlari ancha keng tarifli razryadlar bo’yicha taqsimlanadi.
Ishlarni baholashning tahliliy usullari notahliliy usullardan shu bilan farq qiladiki, bunda ish alohida-alohida omillarga bo’linadi va bu omillarning har biriga ballar bilan ifodalanadigan miqdoriy baho beriladi. Barcha omillar bo’yicha berilgan umumiy baho barcha ish turlari tuzilmasida mazkur ishning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Ko’pchilik mamlakatlarda balli baholash usuli yoki boshqacha qilib aytganda, omilli, eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Ko’p ishlar baholash farqlarini aniqlash uchun xos bo’lgan omillarni tanlab olishdan boshlanadi. AQSH elektr sanoatchilari milliy uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan balli baholash tizimi ko’proq ma’lumdir. U ishchilar uchun 4 ta asosiy va 10 ta yordamchi omilni ajratib ko’rsatadi. Bu omillarning har biri besh bosqichli farqlash bo’yicha baholanadi.
Har bir omilga uning ushbu ish turi uchun muhimligiga qarab baho beriladi. SHundan so’ng arifmetik, geometrik yoki erkin progressiya asosida darajalar bo’yicha omillarga miqdoriy baho beriladi. Balli baholash yoki omilli usuli umuman shuni baholaydigan notahliliy usullarga qaraganda muhim afzalliklarga egadir. Masalan, uning afzalliklaridan biri shundaki, bu usulda olingan natijalar aniq va obyektivroqdir va uning asosida miqdoriy baholash yotadi. Bunday afzallik ma’muriyat bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarda keskinlikni yumshatmaydi, deb hisoblanadi. Bu usulning boshqa afzalligi ishlab chiqarish sharoitlariga moslashishdir. Chunki bunday omil ko’lami ancha keng va ishchi uchun ham, xizmatchilar uchun ham, shuningdek, texnologik o’zgarishlar ta’sirida paydo bo’ladigan yangi ish turlarida ham qulaylik tug’diradi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish