Pedagogik annotatsiya 1. O’quv predmeti: “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”.
Mavzu: “Aholini ish bilan bandligining shakllanishi va mohiyati ".
2. O’qitish maqsadi: Respublikaеспубликаси Рвапаррр aholisini oqilona ish bilan bandligi bo’yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va ushbu muammolar bo’yicha ilmiy – amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
Rejalashtirilayotgan o’quv natijalari: - respublikada aholini ish bilan bandligi holatini xarakterlaydi;
- respublikada mehnat bozori holatini va uni tartibga solishni tahlil qiladi;
- respublikada aholini ish bilan oqilona bandligiga ta’sir etuvchi vaziyatlarni asoslaydi;
- keysda keltirilgan xolatlar o’rganilib, tahlil etiladi;
- respublikada aholini ish bilan oqilona bandligi holatlari bo’yicha yozma hisobot tayyorlaydi;
- tahlil natijalari bo’yicha asoslangan xulosa va takliflar beradi.
3. Keysni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar tarkibi: - respublikada aholini ish bilan bandligi va va mehnat bozori haqida tasavvurga ega;
- respublikadagi aholini ish bilan bandligi to’g’risida nazariy bilimlarga ega;
- aholini ish bilan bandligi va mehnat bozori bo’yicha ko’rsatkichlarni tahlil qilish to’g’risida ko’nikmalarga ega.
4. Keys respublika aholisini ish bilan bandligi va mehnat bozorini xaqiqiy holatini aks ettiradi. 5. Axborotlardan foydalanish manbai: -www.//bearingpoint.uz -www.//edu.uz -http://www.gov.uz/uz/content.scm - Volgin N.A. Rыnok truda. Uchebnik. –M.: Ekzamen, 2008.
-Abduraxmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti.Darslik- T.:2009
- Xolmo’minov SH.R. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma –T.: 2004.
6. Tipologik belgiga asosan keysga tavsifnoma: Ushbu keys syujetsiz bo’lib, kabinetli toifaga kiradi.
Keysning ob’ekti- O’zbekiston Respublikasi aholining ish bilan bandligi va mehnat bozorining xususiyatlari holati xisoblanadi, uning sub’ektlari- aholining ish bilan bandligi va ishsizlik darajasi hisoblanadi. Ushbu keys tashkiliy-institutsional keys bo’lib, statistik maьlumotlar jamlanmasi asosida tuzilgan.
Keysni didaktik maqsadi –analitik axborotga asoslanib, analitik ko’nikma va bilimlarni mustaxkamlash, respublika aholisini ish bilan bandligi va mehnat bozori holatini tahlil qilish asosida ularning kelgusidagi holati va ulardan samarali foydalanish bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan. SHu maqsadda keysda vazifalar va algoritm yechimi , qo’shimcha axborotlar mavjud, mavjud xolatni yechimini tavsiflovchi nazariy asoslar ochib beriladi va muammolar shakllantiriladi.