2-kichik guruh uchun variant
Usta-brigadirlar va yordamchi mutahassis ishchilardan iborat ikkita yiriklashtirilgan majmuaviy brigadani tashkil etish. (Har bir brigada uchun nechta va qanday). Texnologik tanaffuslar vaqtidan qanday foydalanish kerak? Mehnat unumdorligi o’sishini hisoblang.
3-kichik guruh uchun variant
Uchta asosiy ishchilar brigadasini va bitta ish joylariga xizmat ko’rsatuvchi brigadani tashkil qilish (uning tarkibi va sonini asoslash). Usta va mehnatga haq to’lash bo’yicha naryadchini brigadani ishlab chiqarishining qisman ishbayiga o’tqazish. Mehnat unumdorligi o’sishini hisoblang.
2-BOB. MAMLAKAT AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARINING SHAKLLANISHI
Metodik ko’rsatmalar
Mamlakat, hudud yoki tumanlardagi mehnat resurslari sonini aniqlashdagi boshlang’ich ma’lumotlar bo’lib, ushbu hudud aholisining soni, tarkibi va harakati ko’rsatkichlari hizmat qiladi.
Bunda quyidagi ko’rsatkichlar nazarda tutiladi.
Yil davomida aholining o’rtacha yillik soni R:
R= (Rb+Ro) /2
bu yerda Rb – aholining yil boshidagi soni;
Ro - aholining yil oxiridagi soni;
2) Yil davomida umumiy tug’ilish koeffitsienti (n) (promillda);
n=Ni/P.1000;
3) Yil davomida umumiy o’lim koeffitsienti (m) (promillda);
m=Nj/P.1000;
4) Yil davomida aholining tabiiy o’sishi (kamayishi) (E);
Ye=Ni-Nj
bu yerda Ni – yil davomida tug’ilganlar soni;
Nj – yil davomida o’lganlar soni;
5) Aholining tabiiy o’sish koeffitsienti (kt) (promillda);
Kt=E/R,1000;
6) Yil davomida aholining mexanik (migratsion) ko’payishi (kamayishi) (S):
C=Mi - Mj ;
Bu yerda Mi – yil davomida ko’chib kelgan aholi soni;
Mj – yil davomida ko’chib ketgan aholi soni;
7) Aholining mexanik ko’payishi koeffitsienti (KM);
Km =S/R.1000;
8) Yil davomida aholining umumiy ko’payishi (∆P)
∆P=E+C;
9) aholining umumiy o’sish koeffitsienti (ko) (promillda);
Ko=∆R/R.1000;
10) tahlil qilinayotgan yil oxiriga yoki kelasi yil boshiga aholi soni bashorati (Rk):
Pk=PH+E+C.
Mehnat resurslari mehnatga layoqatli yoshdagi, hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan fuqarolardan tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga asosan mehnatga layoqatli yosh chegarasi erkaklar uchun 16-60; ayollar uchun 16-55 yosh hisoblanadi. Biroq odam organizmiga qattiq ta’sir etuvchi psixofiziologik omillar bilan bog’liq ba’ri bir kasbiy faoliyat turlari uchun pensiyaga chiqish chegarasi 5-10 ba’zan undan ham ko’proqqa qisqaradi. Bu noqulay og’ir mehnat sharoitlari bilan bog’liq ishlab chiqarishga (masalan konchilar), hamda yillar davomida “mehnat formasi”ni tutib turish imkoniyati yo’qolishiga (masalan balerinalar) tegishli.
Real hayotda ko’pgina intiyozli pensionerlar o’z ishida yoki boshqa ishlarda mehnat qilishni davom yettiradilar, sh.u. mehnat resurslari tarkibiga kiradilar. Ishlamaydiganlari esa ular tarkibidan chiqariladi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarning ma’lum qismini sog’lig’ining yomonligi tufayli hech qachon ishlamagan yoki ishlamay qo’yganlar tashkil qiladi.
Ular I va II guruh nogironlari bo’lib, ularni davlat pensiya bilan ta’minlaydi.
SHunday qilib mehnat resurslari soni quyidagicha aniqlanadi:
MR=Rml-Rnog+Rpen+Ro’sm;
Bu yerda Rml-mehnatga layoqatli aholi soni;
Rnog-I-II guruh nogironlari va imtiyozli pensionerlar;
Rpen-pensiya yoshida ishlayotganlar;
Ro’sm-16 yoshgacha bo’lgan ishlayotgan o’smirlar;
Mehnat resurslarining tabiiy ko’payishi (MRt)
MRt=Rk-Rch;
Bu yerda Rk - mehnatga layoqatli yoshga to’lganlar;
Rch-mehnatga layoqatli yoshdan chiqqanlar;
Mehnat resurslarining migratsion ko’payishi, hamda mehnat resurslari soni dinamikasining nisbiy ko’rsatkichlari (umumiy, tibiiy va mexanik ko’payish koeffitsentlari) barcha aholi uchin o’xshash ko’rsatkichlarni hisoblash kabi aniqlanadi.
1.Agar joriy yil bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lsa kelasi yilning boshida mehnatga layoqatli aholi sonini aniqlang: yil boshida mehnatga layoqatli aholi soni 70 mln. kishi; yil davomida mehnatga layoqatli yoshda o’lganlar – 0,2 mln.kishi; ushbu yilda mehnatga layoqatli yoshga to’lgan yoshlar – 2 mln.kishi; joriy yilda pensiya yoshiga yetganlar-1,6 mln. kishi.
2. Mehnatga layoqatli aholi soni 80 mln.kishini tashkil qiladi, sh.j. ishlamaydigan I-II guruh nogironlar – 1,2 mln.kishi; ishlaydigan o’smirlar-0,1 mln.kishi; ishlaydigan pensionerlar – 4,5 mln.kishi.
Mehnat resurslari sonini aniqlang.
3. SHaharda aholi soni 120 ming kishini tashkil qiladi, bazis davrda aholining o’sish koeffitsenti-100 promill, mehnat resurslari ulushi – 50%.
Mehnat resurslarining aholi sonidagi ulushi o’zgarmagani holda rejalashtirilayotgan davr boshiga aholi va mehnat resurslarining istiqboldagi sonini aniqlang.
4. Agar mehnatga layoqatli aholi soni 750 ming kishi bo’lsa, ulardan mehnatga layoqatli yoshdagi I-II guruh nogironlar –10 ming kishi, 16 yoshgacha bo’lgan ishlovchi yoshlar – 15 ming kishi, mehnatga layoqatli yoshdan yuqori yoshda ishlovchilar – 55 ming kishi bo’lsa mehnat resurslari sonini aniqlang.
5. Agar rejalashtirilayotgan davr boshida mehnatga layoqatli aholi soni 1 mln.kishi; mehnatga layoqatli yoshga kiruvchi aholi soni 30 ming kishi; mehnatga layoqatli yoshdan chiqib ketuvchilar – 22 ming kishi; mehnatga layoqatli yoshda o’lganlar – 5 ming kishi; mehnatga layoqatli yoshdagi mexanik o’sish – 3 ming kishi bo’lsa rejalashtirilayotgan davr oxirida mehnatga layoqatli aholi sonini aniqlang.
6. Yil boshida mehnatga layoqatli yoshdagi viloyat aholisi 1 mln. kishini tashkil qilgan, pensiya yoshidagi va 16 yoshgacha bo’lgan ishlovchilar soni 40 ming kishidan iborat.
Yil davomida mehnatga layoqatlilar tarkibida quyidagi o’zgarishlar yuz berdi: 250 ming kishi mehnatga layoqatli yoshga to’lgan; 90 ming kishi boshqa viloyatlardan ko’chib kelgan; pensiya yoshida ishlovchilar 20 ming kishi; pensiya yoshiga, nogironlikka o’tganlar va o’lganlar 200 ming kishi; 15 mingta pensionerlar ishlashdan to’xtagan; mehnatga layoqatli 75 ming kishi boshqa xududlarga ko’chib ketgan.
Yil boshi va oxirida mehnat resurslari sonini; mehnat resurslarining umumiy, tabiiy va mexanik o’sishni hamda mos ravishda mehnat resuslari harakati koeffitsentlarni hisoblang.
7. Aholining umumiy o’sish koeffitsenti 10 promill, aholining umumiy sonidagi mehnat resurslari ulushi bazis davriga nisbatan 0,01 punktga pasayishi, rejalashtirilayotgan davr boshida aholi soni 10 mln.kishi, mehnat resurslari – 6 mln.kishini tashkil qilgani holda hudud bo’yicha mehnat resurslarining istiqboldagi sonini hisoblang.
8. Yil boshida mehnatga layoqatli aholi soni 1 mln.kishi; mehnatga layoqatli yoshga to’lganlar 30 ming kishi; shu yoshlardagi o’lganlar 5 ming kishi; mehnatga layoqatli yoshdan oshganlar 35 ming kishi; boshqa hududlardan kelganlar 350 ming kishi; ketganlar – 100 ming kishi bo’lsa yil oxirida hududda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi sonini aniqlang.
9. Tabiiy o’sish koeffitsenti 20 promilll, mexanik o’sish koeffitsenti 30 promill bo’lsa shahar aholisining va mehnat resurslarining istiqboldagi sonini aniqlang.
Barcha aholi sonidagi mehnat resurslari ulushi bazis davriga nisbatan 0,01 punktga yuqori. Rejalashtirilayotgan davr boshida aholi soni 1 mln. kishi, mehnat resurslari – 500 ming kishini tashkil qilgan.
10. Hududda mehnatga layoqatli aholi 2 mln. kishini tashkil etadi. SHulardan ishlamaydigan 1 va 2 guruh nogironlari 80 ming kishi, ishlovchi o’smirlar 10 ming kishi, ishlovchi pensionerlar 180 ming kishini tashkil etgan bo’lsa hisobot davrida jami mehnat resurslari sonini aniqlang.
11. Tuman aholisi 01.01.2009 yilda 530 ming kishini, 01.01.2010 yilda esa, 570 ming tashkil etadi. Yil davomida tumanda tug’ulganlar soni 6300 kishi va vafot etganlar soni 4200 kishi. SHu yil tumanga doimiy yashash uchun 44800 kishi ko’chib kelgan va tumandan 6900 kishi ko’chib ketgan. Tuman aholisining tabiiy va mexanik harakatlari natijasi va intensivligi koeffitsentini toping va xulosa yozing.
12. SHahar aholisi 01.01.2010 yilda 500 ming kishi, 01.01.2011 yilda esa-480 ming kishini tashkil etadi. SHahar ko’chib kelish koeffitsenti yiliga 7% foizni, ko’chib ketish koeffitsenti yiliga 10% ekanligi ma’lum bo’lgan holda aholining tabiiy o’sish koeffitsentining toping.
13. Hududning aholi soni 2 yillik davr boshida 100 ming.kishini shundan mehnat resurslari salmog’i 60 foizni tashkil etadi. Hududning 1 va 2 yil davri uchun mehnat resurslarining sonini quyidagi ma’lumotlar asosida aniqlang:
1 yilda aholi soni yil boshiga nisbatan 1 foizga oshgan. 2 yilda esa 1 yilga nisbatan 1,5 foizga oshgan. Mehnat resurslarini umumiy aholi sonidan salmog’i 1 yilda yil boshidagiga nisbatan 0,015 ga 2 yilda esa 0,02 ga kamaygan.
14. Viloyat aholisi 31.12.2010 yilda 300 ming kishini tashkil qildi. Yil davomida viloyatda 3025 tug’ulganligi va o’lish koeffitsenti 11% ekanligi ma’lum bo’lganda 2010 yilda viloyat aholisining umumiy o’sishini toping.
15. Yil boshida xududdagi mehnat resurslarining soni 2100 ming kishini tashkil etdi. Yil davomida 160 ming kishini ishlayotgan o’smirlar tashkil etdi.
280 ming kishi pensiya yoshiga yetdi, ulardan 100 ming kishi ishini davom ettirdi (yil davomida); mehnat resurslarini tarkibidan 9 ming kishi 1 va 2 guruh nogironi bo’ldi, 7000 kishi esa vafot etdi. Hududda mehnat resurslarining mexanik harakati qoldig’i 1 yilda 25000 kishini tashkil etdi.
1 yilda hududdagi mehnat resurslarining sonini o’zgarishini va uning yil ohiridagi sonini aniqlang.
16. Viloyat aholi sonini hisobga olish sanasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 1 mln.kishini, shundan 45 foizi shaharda yashashi, qolgani esa qishloqda yashashi aniqlanadi. Quyidagilar aniq bo’lganda ro’yxatga olishdan keyingi yil boshidagi mehnat yoshidagi shahar va qishloq aholisi sonini toping.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 40 ming kishi (25 ming kishi shaharda qolgani esa qishloqda)
Mehnatga layoqatli yoshdan chiqadigan aholi soni 22 ming kishi (12 ming shaharda qolgani esa qishloqda)
Mehnatga layoqatli yoshdagi o’lganlar soni 5 ming kishi (3 ming kishi shaharda qolgani esa qishloqda)
SHahar chegarasidan mehnatga layoqatli yoshda bo’lgan 3 ming kishi chiqib ketdi (2 ming shaharda qolgani esa qishloqda)
Do'stlaringiz bilan baham: |