MA – moliyaviy faol;
MM – moliyaviy majburiyatlar;
Moliyaviy majburiyat kreditorlar va qarzdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma
munosabatlarini natijasida vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyat – bu qarzdorlarning o‘z kretidorlari talablarini qondirish (to‘lash)
bo‘yicha majburiyatdir.
Aktiv va passiv balanslar oddatda yil boshi va yil oxiridagi holati bilan hisobga olinadi.
SHunga qarab mutanosib ravishda aktiv va passiv balanslar boshlang‘ich hamda yakuniy
ko‘rinishlarda tuziladi. Bu balanslar MDH tarkibidagi to‘rtinchi toyifa schyotlar bo‘lib ularda
aktivlar elementlarning tarkibi majburiyat va xususiy kapitalning muayyan vaqtdagi holati aks
ettiriladi.
Iqtisodiyotning sof aktivi barcha sektorlarning sof aktivlari yig‘indisiga teng:
I
sa
=ES
a
Bu erda: I
sa
– iqtisodiyotning sof aktivi;
ES
a
– sektorlar sof aktilarning yig‘indisi.
CHet el moliyaviy aktivlar mamlakatning chet ellar bo‘yicha aktiv va passiv balanslariga
asoslanib hisoblanadi. Bu balansning aktiv qismida quyidagilar hisobga olinadi:
1.
CHet el valyutasi j‘amlamasi;
2.
Xorijiy investitsiya va qimmatli qog‘ozlar;
3.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari;
4.
Eksport bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun berilgan kredit;
5.
Xorijiy davlatlarniig qarzlari;
6.
Xalqaro tashkilotlarga berilgan badallar;
7.
Boshqa tashqi faollar (bunga valyuta banklarining qisqa muddatli chet el aktivlari va
korporatsiyalarining chet el aktivlari kiradi).
Balansning passiv qismida quyidagi unsurlar hisobga olinadi.
1.
Ichki qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar;
2.
Ichki iqtisodiyotga qilingan investitsiyalar;
3.
Import bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun berilgan kredit;
4.
Xorijiy davlatlardan qarzlar;
5.
Boshqa tashqi qog‘ozlar (buning tarkibiga valyuta banklarining qisqa muddatli tashqi
qarzi va korporatsiyalarning tashqi qarzlari kiradi).
Aktivlar va majburiyatlar balanslari o‘rganilayotgan davr boshi va oxiridagi holati bilan quyidagi
daromadlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:
-
institutsional birliklar;
-
iqtisodiyot sektorlari;
-
mamlakat iqtisodiyoti miqyosida.
Aktivlar va majburiyatlar balansni tuzish chog‘idagi bozor bahosi baholanadi. Aktivning tarkibiy
elementlari va ularning davr boshi va oxiridagi o‘zgarishi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
A
0
+V-S+D+X=A
1
Bu erda: A
0
va A
1
– aktivlarning davr boshi va oxiridagi qiymati (bozor narxida);
V – sotib olingan aktivlar (oldi-sotdi qilish chog‘idagi bahoda);
D – aktivlar tarkibidagi boshqa o‘zgarishlar;
X – aktivlar bo‘yicha xolding nominal foydasi (Q) va zarrasi (-).
Do'stlaringiz bilan baham: