Buffet (shved stoli)- mijoz o’z stolidagi katta idishdan o’zi ovqat soladi.Bunda bir necha variantlar mavjud:taom katta la’lilarda yoki isitiladigan poddonlarga joylashgan,oshpaz mijoz stoli oldida go’sht kesib beradi;
1.2.1-rasm
Plate service (amerikancha ham deyiladi)-ofitsiantlar mijozning chap tomonidan turib uning tarelkasiga taomni qo’yadilar, bo’sh tarelkalarni esa mijozning o’ng tomonidan oladilar.
Family service (oilaviy)-taom stol o’rtasida turibdi va har bir mijoz o’z tarelkasiga o’zi olib soladi,ba’zida stolda faqat garnirlar turadi,go’sht(baliq) esa ofitsiantlar tomonidan tarelkalarga qo’yiladi.Servisning bu turini inglizcha ham deyishadi.Bu servis turi asosan uch yulduzli mehmonxonalarda qo’llaniladi.
Silver service-taom ofitsiantlar tomonidan katta idishda stolga qo’yiladi,ushbu idishdan ofitsiant mehmonlar tarelkasiga chap tomondan turib ovqat solib beradi,tarelkalarni esa mehmonning o’ng tomonidan qo’yib chiqadi.Restoran servisining ushbu turini AQSH va Germaniyalar Ruscha,Fransiyada esa fransuzcha deyishadi.
Gueridon service-restoran servisining eng oliy turi bo’lib, unda ofitsiant taomni maxsus teleshkada mehmon stoli oldida tayyorlaydi. Bu servis turi 5 yulduzli mehmonxonalarda qo’llaniladi.
Ta’kidlash joizki, ofitsiant taomning faqat yakunlovchi bosqichini ko’rsatadi (spirt alangasida qovurish). Nima qilayotganligini u mehmonlarga tushuntira olishi kerak.Fransiyada servisning bu turini Ruscha deb atashadi.
Servisning turiga qarab qancha offitsiant kerakligini aniqlash mumkin.Masalan Silver service da bitta ofitsiantga 10 ta mehmon,Plate service da bitta ofitsiantga 18 ta mehmon.Hatto har bir mijoz uchun stolda ajratilgan masofa ham muhim.Silver service da 75 sm va Plate serviceda 60 sm.
Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda keying yillarda mahmondp’stlik sanoati korxonalarining rivojlanishida ko’zga tashlangan tendensiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-mehmonxona va restoran xizmatlari ixtisoslashuvining chuqurlashishi;
-xalqaro mehmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi;
-kichik korxonalar tarmog’ining rivojlanishi;
-mehmondo’stlik sanoatiga yangi kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi;
So’nggi yillarda to’la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda,taklif qilinuvchi xizmatlar to’plami qisqartirilgan ixtisoslashgan korxonalar paydo bo’la boshladi.Korxonalarning ixtisosligi har xil bo’lishi mumkin.Mehmonxonalar turistik bozorning muayyan segmenti vakillariga,masalan,o’z mehnat ta’tilini golf o’yiniga,chang’I sportiga,otda sayr qilishga va hokazolarga bag’ishlangan mijozlarga,kongresslar,ko’rgazmalar,yarmarkalarda qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Xorijiy rivojlangan mehmonxonalar tajribasi bugungi kunda jaxon standartlari asosida tashkil qilingan bo’lib, ular sirasiga quyidagi mehmonxonalarni kiritib o’tishimiz mumkin.
1.3-rasm.
7
“Grand Hyatt” mehmonxonasi. Zamonaviy va xashamatli Grand Hyatt mehmonxonasi Dubayning tarixiy ko’rfazi qirg’og’ida joylashgan.Bu 5 yulduzli mehmonxona bo’lib,Dubay xalqaro aeroportidan 7 km uzoqlikda joylashgan.Bu mehmonxona yaqinida “WafiCity Shopping Mall”bozori joylashgan.
Mehmonxonada 14 ta restoran va barlar mavjud.Restoranda ko’p xalqlarning taomlarini tayyorlashadi.Mehmonxona fitnes markazi bilan keng va shinam spa davolanish sog’lomlashtirish markazi hammom ochiq va yopiq basseynlar tennis kortlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |