Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/185
Sana11.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#348485
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185
Bog'liq
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar

Telekommunikatsiya
 
kompyuter
 
tarmoqlari  va  zamonaviy  texnik  aloqa 
vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.   
Kommunikatsiyani  tashkillashtirish  quyidagi  masalalarni  yechishni  taqozo 
etadi: 

 
kommunikatsiyani  ichki  tarkibini  aniqlash,  ya’ni  boshqaruv  tizimi  elementlari 
orasidagi informatsiyalarni uzatish kanallarini aniqlash; 

 
kommunikatsiyani tashqi tarkibini aniqlash, ya’ni boshqaruv tizimi elementlari 
orasidagi axborotlarni uzatish kanallarini aniqlash; 


 
45 

 
har  bir  axborotni  uzatish  kanalining  tarkibini  va  xajmini  va  uning  maxfiylik 
darajasini aniqlash; 
Kommunikatsiya  funksiyalarini  tadbiq  etish  texnologiyalarini  ishlab  chiqish 
quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi: 

 
axborotni uzatish kanallari uchun kommunikatsion texnik vositalarni tanlash  
( tashkiliy talab va moliyaviy zaxiralarni inobatga olgan holda); 

 
kommunikatsion texnikani ishlash tartibini aniqlash; 

 
kommunikatsion texnikani qullash shakllari va xizmat ko‘rsatuvchilarni sonini 
va tarkibini aniqlash; 

 
kommunikatsion  texnikasidan  samarali  foydalanish  maqsadida  boshqaruv 
personalini kvalifikatsion darajasini va tarkibini aniqlash; 
Ko‘pgina  kommunikatsion  texnik  vositalar  va  texnologiyalar  uchun 
yuqorida  qayd  qilingan  masalalarning  tekshirilgan  yechimlari  mavjud  (shaxsiy 
muloqot,  majlislarda  chiqish  qilish  va  boshqalar).  Kommunikatsiya  vositalariga 
quyidagilar kiradi: 

 
statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari; 

 
telegraf aloqa vositalari va tizimlari; 

 
faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari; 

 
sputnik aloqa vositalari va tizimlari. 
Turizm sohasidagi faoliyatning asosiy elementlaridan biri bu axborot bo‘lib, 
uning barcha bo‘g‘inlarini qamrab olgan. Axborot bilan ishlashda uning aktualligi 
turizm  sohasida  yaqqol  ko‘rinib  turadi.  Undagi  tezkorlik,  aniqlik,  ishonchlilik, 
tezkor qayta ishlash va uzatish ushbu sohani boshqaruvini smaradorligini belgilab 
beradi. Ushbu talablarni qondirish faqatgina  zamonaviy axborot texnologiyalarini 
turizmda qo‘llash orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 
 
Umuman  olganda,  inson  o‘zini  atrof  muhitda  ro‘y  berayotgan  voqea  va 
hodisalar to‘g‘risida o‘z sezgi organlari orqali axborotni olib borliqni his qiladi va 
unga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi.  Demak  atrofdagi  har  bir  hodisa,  voqea  axborot 
manbaidir. Lekin hozirda axborotiy manbalar deganda dunyoda bo‘layotgan voqea 
va  hodisalar  to‘g‘risida  xabar  beruvchi  vositalar  e’tiborga  olinadi.  Ularga  misol 


 
46 
qilib radio, televideniye, gazeta, jurnal, kitob va hokazolarni olish mumkin. Bularni 
har biri turli yo‘nalishdagi axborotlarni  uzatishi mumkin. 
Agarda  korxonaning  iqtisodiy  faoliyati  ko‘rilayotgan  bo‘lsa,  unda    mehnat 
resurslari,  moliyaviy  va  moddiy  materiallar  oqimini  boshqarish  uchun  axborot 
zarur. Masalan  oddiy  pul  mablag‘larni  boshqarish  uchun  quyidagi  axborotlar 
kerak:  qancha  mablag‘  bor,  qancha  va  qayerga  ishlatildi,  mablag‘lar  qayerdan 
keladi, qancha qoldi. 
Materiallar  bo‘yicha  esa  qancha  material  (xom-ashyo) 
qoldi, qayerdan  va qancha keladi, qayerga  sarflanadi, buyurtma  vaqti va  miqdori, 
ularni  olib  kelishi  masalasi  va  hokazolar.  Mehnat  resurslarini  boshqarish  uchun: 
xodimlar  soni,  mutaxassisligi,  oylik  maoshi,  ish  joyi,  shtati,  xodimlar  to‘g‘risida 
ma’lumotlar va boshqalar. 
Axborot tushunchasining har xil tahlili informatika fanining muammolaridan 
biridir.  Ushbu  hol  axborot  bilan  xabar  va  ma’lumot  tushunchalarining 
chalkashligidadir.  Xabar  –  axborot  tashuvchida  aks  ettirilgan  biron-bir  matndir. 
Axborot  tashuvchi  –  axborotni  o‘zida  saqlashga  mo‘ljallangan  obyekt.    Ushbu 
tushunchalarni farqlash uchun quyidagi misolni keltiramiz, masalan, telefon orqali 
sizga xabar keldi: “Informatika fanidan ochiq darsga taklif qilinasiz”. Ushbu xabar 
axborotga  aylanadi,  agarda  ushbu  xabarni  eshitsak,  tushunsak  va  biz  ma’lum  bir 
tadbirlarni  amalga  oshiramiz.  Boshqa  hollarda  u  xabarligicha  qoladi,  chunki 
xabarni qabul qilib olgan iste’molchida hech qanday o‘zgarishlar ro‘y bermadi.  
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni uchratsa bo‘ladi, axborot  – bu 
olamdagi  butun  borliq,  undagi  ro‘y  beradigan  hodisalar  va  jarayonlar  haqidagi 
xabar va ma’lumotlardir. 
Axborot  so‘zi  arabcha  “axbor”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,      xabar,  ma’lumot 
degani.  Ushbu  so‘zning  lotincha  ekvivalenti    “informatio”  bo‘lib,  «tushuntirish», 
«tavsiflash»  degan  ma’noni  anglatadi.  Umuman  axborot  so‘zi  esa  ish,  voqea-
hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot deb e’tirof etilgan. Axborot 
inson nutqida, kitobdagi matnlarda,  tasvirlarda va boshqalarda mavjuddir.  
Axborot bilan quyidagi amallarni bajarish mumkin:   


 
47 

 
yaratish;  

 
uzatish;  

 
anglash;  

 
foydalanish;  

 
xotirada saqlash;  

 
qabul qilish;  

 
nusxalash;  

 
formallashtirish;  

 
tarqatish;  

 
o‘zgartirish;  

 
kombinatsiyalash;  

 
qayta ishlash;  

 
bo‘laklash;  

 
soddalashtirish.  

 
to‘plash;  

 
doimiy 
saqlash;  

 
qidirish;  

 
o‘lchash;  

 
buzish;  
  
Bu yerda keltirilgan amallarning qisqacha mazmuni quyidagicha: 
-  yaratish – ma’lumotlardan axborot barpo etish; 
-  uzatish – axborotni boshqa manzilga jo‘natish; 
-  anglash – axborotning mazmunini tushunib olish; 
-  foydalanish – axborotni biror-bir ehtiyoj uchun ishlatish; 
-  xotirada saqlash – axborotni esda saqlab qo‘yish ; 
-  qabul qilish – taqdim etilgan axborotni olish; 
-  nusxalash – axborotdan olingan ko‘chirma; 
-  formallashtirish – axborot shaklini belgilash; 
-  tarqatish – axborotni turli tomonlarga yoyilib ketishi; 
-  o‘zgartirish – avvalgi ko‘rinishga o‘xshamagan holatga o‘tishi; 
-  kombinatsiyalash – axborotlarni ma’lum tartibda o‘zaro joylashtirish; 
-  qayta ishlash – axborotga ishlov berish orqali o‘zgartirishlar kiritish; 
-  bo‘laklash – butun axborotni bir necha qismga bo‘lish; 
-  soddalashtirish – axborot tarkibini oddiyroq ko‘rinishga keltirish, ushbu jarayon 
ma’lum ma’noda katta mahoratni talab qiladi; 
-  to‘plash – axborotni turli manbalardan olib, bir butun holda yig‘ish; 
-  doimiy saqlash – vaqt o‘tishi bilan o‘chib ketmaydigan axborot; 
-  qidirish – zarur axborotni izlashdagi harakat; 
-  o‘lchash – hajmini yoki katta-kichikligini ifodalaydigan raqam ko‘rsatkichi ; 
-  buzish –axborot o‘zining sof ma’nosini yo‘qotishi; 
Axborot  bilan  bir  qatorda  ma’lumotlar  tushunchasi  ham  keng  qo‘llaniladi. 
Axborotlar    har  qanday  korxonalar  faoliyatida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu 


 
48 
axborotlar  ma’lum  ko‘rinishda  qog‘ozlarda  yoki  magnit  disklarda  keng 
foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  shaklda  saqlanadi  va  qayta  ishlanadi,  ularni  biz 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish