Rejalashtirish o‘z tarkibiga quyidagi ta’riflarni oladi: Rejalashtirish o‘z tarkibiga quyidagi ta’riflarni oladi: Strategiya (grekchadan «strategos») bevosita «alohida vakolatlarga ega general san’ati» ma’nosini, fuqarolik tiliga tarjima qilganda esa – yuqori rahbarlik san’ati ma’nosini anglatadi. Strategik rejalashtirish asosan firma faoliyatining bosh maqsadlarini tanlashdan iborat bo‘lib, qo‘yilgan maqsadlarga erishish va zaruriy resurslar bilan ta’minlash vositalari hamda usullarini hisobga olgan holda qayd qilinadigan so‘nggi natijalarni aniqlashga yo‘naltirilgan. Uzoq muddatli rejalar tuzishning tamoyili – o‘tmishdan istiqbolga, strategik rejalash-tirishniki esa – istiqboldan bugunga, shuning uchun ishlab chiqilgan strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlarga ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |