XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosog'unli Yusufning "Saodatga yo'llovchi bilim" nomli asaridan bir parchani keltiramiz:
"Bir to'yimli ovqat va ichimlikni deb sen o'zingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bo'lma.
Nafsing uchun nafsinigning quli bo'lma. Men juda ko'p ko'rganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmagani uchun yuz tuban ketdilar. Elda ulug'lik topgan kishilarni ham nafsi qul qilib er tishlatdi. Ko'p boylarni ko'rdim, ularni ham nafsi tutqin bo'ldi, ular ham xonavayron bo'lib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi g'olib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bo'lmaydi.
Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfe'l kishi tartibli kishini ko'rsa boshi gangiydi.
Boshqa odam oldida turgan narsani cho'zilib oluvchi bo'lma, o'z qarshingga qo'yilganini ol va ye. Zinhor betoqat va yengiltak bo'lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og'zing bilan puflama. Kishining ko'ngli bamisoli yupqa shisha bo'ladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qo'zg'atma, sinadi.
Kishining ko'ngli qolsa, yaqinlik uziladi.
Ovqatni me'yori bilan ye, ko'p ovqat yema: Ko'p ovqat yeydiganlarning ovqati balo bo'ladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand bo'ladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, o'zing engillashtir, sovuqlik oshadigan bo'lsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - o'z mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat bo'ladi.
1. Evropacha dasturxon tuzash va mehmon kutish.
Nonushta. Har bir stul to'g'risiga ikkitadan Likopcha qo'yiladi: biri o'rtadagi yahna ovqatlar uchun, ikkinchisi suyuq ovqat keltirilganida kosani qo'yishlan uchun. Birinchi likopchaning o'ng tomoniga qoshiq bilan pichoq chap tomoniga sanchqi qo'yiladi. Birinchi likopchaning ustiga salfetka qo'yilib, shu likopchaning oldi tomoniga bittadan piyola qo'yiladi.
Tushlik. Tushlik dasturxonini tuzaganda har bir mehmon uchun uchtadan likop qo'yiladi. Biri yahna ovqatlardan solib yeyish uchun, ikkinchisi quyuq issiq ovqat uchun, uchinchisi non, somsa solib qo'yib yeyish uchun. Bunda yahna ovqat likopchasi alohida, quyuq ovqat va non somsa uchun likopchalar ustma-ust qo'yilib, ustiga salfetka taxlanadi. Bir juft qo'yilgan likopchaning o'ng yoniga bukilgan tomonini tepaga qilib ikkita qoshiq (suyuq va quyuq) ovqatlar uchun ikkita pichoq (biri go'sht kesishga biri mevaga) qo'yiladi likopchaning chap yonida esa ikkita biri" kattaroq biri kichiqroq sanchqi bo'lsin. Beriladigan ichimliklarning turiga qarab ryumka va fujerlar likopchaning old tomoniga qator qilib teriladi.
Kechki ovqat. Dasturxon xuddi tushlikka tuzalganidek, alohida e'tibor berilishi quyuq-suyuq ovqatlar dongadon, xamirga-xamir bo'lib qolmasin. Masalan: mastava bilan palov, chuchvara bilan manti, qovurma bilan kabob berish xato hisoblanadi. Suyuq ovqat tanovvul qilganda kosani chap qo'lga olib, og'izga yaqinlashtirib yoki kosaning o'zidan xo'plab ichish uyat hisoblanadi. Kosa stoldan qo'zg'atilmagan holda ovqatlaniladi ovqatlanish tugagach salfetkani taxlamasdan stol ustida qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |