Mehmon kutish odobi



Download 19,77 Kb.
bet2/3
Sana11.04.2022
Hajmi19,77 Kb.
#543500
1   2   3
Bog'liq
MEHMON KUTISH ODOBI

Sizning ham shu kungi barcha xatti-harakatlaringiz, fikru-zikringiz faqat bir narsaga mehmonni iloji boricha yaxshi kutishga, uni xushnud qilishga qaratilgan.
"Qobusnoma" asarining "Mehmon chaqinsh va mehmon bo’lish haqida"gi bobida yosh mezbon uchun shunday nasihat yozilgan: "Ey, farzand, mehmonga minnat qilmagin, ochiq yuz bilan gapirgin. Наг bir kishi sening mehmoning bo'lsa, shodlik bilan taomingni yesin. Lekin o'zing sharobni kam ichgil, mehmondan ilgari mast bo'lmagil va hamma vaqt ochiq yuzli bo'lgil, kulib turgil. Am­mo behuda kulma, ko'p kulish bir nav devonalikdir".
Yosh oilalarda taom tayyorlashni bilmaslik, mehmonni ko'rigildagidek kutib olmaslik oqibati er va xotin o'rtasida kelishmovchilik, dilsiyohlik, katta janjallar chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Mana shunday kelishmovchiliklar yig'ilib-yig'ilib sitamga aylariib ketadi. Bir sudyaning aytishiga qaraganda, ajralish uchun ariza ko'tarib kelayotganlarning anchasi yangi turmush qurayotganlar ekan va ular turlicha arzimas sabablar ko'rsatishar ekan. Kuyov kelinni ovqat pishira olmaslikda ayblasa, kelin kuyovni o'tin yorib bermaslikda avblaydi.
Hurmatli o'quvchilarimiz masalaning shu tomonini chuqurroq tahlil qilishsa foydadan holi bo'lmasdi.
2. Chet ellik mehmonlarni kutishning o'ziga xos xususiyatlari. Endi bir oz chet ellik mehmonlar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqsak.
Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakati xalqlari dona-dona qilib pishirilgan gurunchlarni xush ko'radilar. Mongoliyaliklar go'shtli taomlarni ko'proq iste'mol qilishadi. Markaziy Afrika xalqlari ko'proq sabzavot iste'mol qilishadi. Shvedlar, turklar shirinlikka o'ch bo'lishadi. Koreya,
Vengriya, Hindistori, Vetnam va Meksikadan kelganlar achchiq taomlarni xush ko'rishadi. Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya, Yangi Zelandiyaliklar ko'proq baliq iste'mol qilishadi. Nemislarga ko'proq tortlar va buterbrodlar ma'qul tushadi, fransuzlar uchun xilma-xil sardaklar yaxshi. Italyanlar makaron mahsulotlarini xush ko'rishadi. Ularni lag'mon bilan siylash soz bo'ladi.
Janubiy Amenkaliklar ko'proq makkajo'xori taomlarini, Shimoliy Amenkadan kelganlar esa sosiska, muzqaymoq, sutni xush ko'radilar. Barcha musulmon mamlakatlandan kelgan mehmonlar dasturxonida cho'chqa go'shti solingan taom bo'lmalasligi lozim.
Hindistonliklar mol go'shti yeyishmaydi. Shimoliy Hindiston, Pokiston,
Afg'oniston, Erondan kelgan mehmonlarga barcha o'zbek taomlari manzur bo'laveradi. Inglizlar, livanliklar, tibetliklar quyuq damlangan choy ichadilar, barcha Evropa mamlakatlari, Afrika, Amenka, Turki-yada qora qahva ichish udumga aylangan. Vetnamdan tortib to Yaponiyagacha bo'lgan barcha mamlakatlarda ovqatni bir juft cho'p bilan yeyish odat. Gollandiya va
Belgiyada pishloqni xush ko'rishsa, Bolgariya va Yugoslaviyada kabob ko'proq iste'mol etiladi. Vengriyada qalampir do'lma birinchi o'rinda turadi.
Mana shu ayrim misollarning o'ziyoq sizga mehmonlarni xursand qilish uchun bir vosita bo'lish mumkin.
3. Mehmonga borish qoidalari. Mehmonga o'z vaqtida yetib boring, ba'zilar "Bu ochidan o'lgan ekan-da", deb o'ylamasligi uchun atayin kech kelishadi-da, yana dard ustiga chipqon deganlaridek, yana kinoyali kulgu bilan "O'h-hu, jamoat jam-ku! Biz kechikib qolganga o'xshaymiz" deb qo'yishadi. Bu hol ko'proq o'zi to'g'risida juda yuqon fikri bo'lgan kibrli shaxslarda uchraydi. U barchani bezovta qiladi.
Mehmondorchilikka yuvinib, taranib, ozoda kiyinib borish lozim. Ish kiyimida borish yaramaydi. Lekin zeb-ziynatga berilish, o'tkir didli atir sepish, ortiqcha pardoz-andoz bilan o'zini "ko'z-ko'z" qilib borish ham yaramaydi.
Ayniqsa, etagi kalta va tor ko'ylak kiyib borish o'zbekcha mehmondorchilikka sira ham to'g'ri kelmaydi. Keksa odamlar huzurida o'tirib turishni ham hisobga olish va nazardan qolmaslikka harakat qilish zarur.
Ziyofat choydan boshlanadi. Choy quyuvchi choyni qaytargach, dastlabki piyoladagi choyni o'zi ichadi, so'ng o'ng qo'lda choy beradi yoki dastlabki piyolani yoshi ulug' mehmonga uzatadi. Taom tanovuli yaxna taomlardan bosh­lanadi. Bunda salatlar qoshiq bilan olinib, har kim o'z oldiga qo'yilgan likopchaga soladi va sanchqi bilan yeydi. Yaxna go'sht sanchqi bilan olinib, pichoq bilan kesib yeyiladi. Pichoq o'ng qo'lda, sanchqi chap qo'lda kesiladi, pichoq ishlatilmasa sanchqi o'ng qo'lda bo'ladi.

Download 19,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish