Gaz razryadli nurlanish manbalarining quyidagi turlari mavjud.
1. Miltillama va yukori chastotali razryadli yoruglik manbalari. 2. Kovak katodli yoruglik manbalari. 3. Atom oqimli yorug‘lik manbalari. 4. Uzluksiz nurlanish spektriga ega bo‘lgan past bosimli gaz razryadli yorug‘lik manbalari. 5. Yuqori va o‘ta yuqori bosimli simob lampalari. 6. O‘ta yuqori bosimli gaz lampalari. 7. Impulsli lampalar. 8. Emission spektral taxlil uchun spektrni o‘yg‘otuvchi manbalar. 9. Devori bug‘lanadigan impulsli razryadlar.
Shulardan ayrimlariga qisqacha to’xtalamiz.
Miltillama razryadli yorug‘lik manbalari odatda shisha trubkadan iborat bulib, uchlariga metal elektrodlar anod va katod kavsharlanadi. Shisha trubka past bosimda (1-10 mm.sm.ust.) biror bir gaz bilan to‘ldiriladi. Razryad 1-100 mA tokda elektrodlar o‘rtasida 0,5-2 kV kuchlanishda xosil bo‘ladi.
Bunday lampalarda spektral chiziqlarning kengayishi Doplercha xarakterga ega bo‘ladi, lekin kattarok toklarda Shtark kengayishi xam kuzatiladi. Miltillama razryadga optik xossasi jixatidan yaqin bo‘lgan manbalar bu yuqori chastotali razryad lampalari xisoblanadi. Bunday lampalarda razryad 3-10 ming Mgs gacha bo‘lgan chastotalarda o‘yg‘otiladi. Yuqori chastotali razryadda elektronlar elektr maydoni ta’sirida davriy xarakat qiladi. Ular uzoq vaqt razryad zonasida bo‘lib, gaz atomlarini effiktiv uyg‘otadi.
Yuqori chastotali razryadda elektrodlarning ro‘li doimiy tokdagi razryadga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Yuqori chastotali razryad elektrodsiz bo‘lishi xam mumkin.
Elektrodsiz yuqori chastotali spektral lampalar diametri 1-2 sm li shisha yoki kvarsdan yasalgan bo‘lib, 1-2 mm sm. ust. gacha bosimda inert gaz (odatda ksenon) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi va unga engil bug‘lananidigan metal (Na, Rb, Hg va boshkalar) qo‘shiladi.
Ag, Cr, Fe kabi og‘ir (qiyin bug‘lanadigan) metallar engil uchadigan xlor yoki yodning birikmasi sifatida kiritiladi.
Ishlab turgan lampada gazning temperaturasi 400-500 K ni tashkil qiladi.
Yuqori chastotali razryadning quvvati uncha katta bo‘lmaganda metallarning nurlanishi ~1-2 mm li yupqa devorda xosil bo‘ladi. Lampaning markazida esa Inert gazning nurlanishi kuzatiladi. Tok 80-100 mA gacha ko‘tarilganda nurlanishlar chegarasi yo‘qoladi.
Metallarning ionlanish potensiali inert gazlarnikiga nisbatan past bo‘lganligi tufayli inert gazlarga nisbatan metallarning chiziqlarining nurlanish yorqinligi ortib, chiziqlar kengayadi.
Yuqori chastotali elektrodsiz lampalarning nurlanish spektri asosan past potensialli uyg‘otish chiziqlaridan, rezonans chiziqlardan iborat bo‘ladi.