16K20F3 tokarlik RDB dastgohining texnik tafsilotlari.
2-jadval
Ko‘rsatkichlari
|
Qiymati
|
Zagotovkaga ishlov berish diametri:
Stanina ustida
Support ustida
|
400
220
|
Shpindelning teshigidan o‘tkazib ishlov berish diametri
|
53
|
Zagotvkaga ishlov berish uzunilgi
|
1000
|
Rezba qadamining kesishi: Metrik rezba
|
20 gacha
|
Shpindelning aylanishlar soni, ayl/daq
|
12.5-2000
|
Shpindelning tizliklar soni
|
22
|
Spport uzatishi, mm/ayl (mm/daq)
Bo‘ylama
Ko‘ndalang
|
(3-1200)
(1.5-600)
|
Supportning siljish tezligi, mm/daq
Bo‘ylama
Ko‘ndalang
|
4800
2400
|
Asosiy harakatlanishda elektryuritmani quvvati, kVt
|
10
|
Gabarit o‘lchamlari:
Uzunligi
Eni
Balandligi
|
3360
1710
1750
|
Og‘irligi, kg
|
4000
|
3-rasm. 6R13F3 RDB vertikal frezalash dastgohining ko’rinishi.
6R13F3 RDB vertikal frezalash dastgohining texnik tafsiloti
3-jadval
Ko‘rsatkichlari
|
Qiymati
|
Stol ishchi yuzasining o‘chlamlari (eni va uzunligi), mm
|
400x1600
|
Stolning burilishi: mm
Bo‘ylama
Ko‘ndalang
Gorizontal
|
1000
400
380
|
Gilzani shpindel bilan siljishi, mm
|
150
|
Shpindelning iski konusligi (konuslik 7:24)
|
50
|
Shpindelning tizliklar soni
|
18
|
Shpindelning aylanishlar soni, ayl/min
|
40-2000
|
Stol uzatishi: mm/min
Ko‘ndalang va bo‘ylama
Vertikal
|
10-1200
10-1200
|
Stolning siljish tezligi: mm/min
Ko‘ndalang va bo‘ylama
Vertikal
|
2400
2400
|
Asosiy harakatlanishda elektryuritmani quvvati, kVt
|
7.5
|
Gabarit o‘lchamlari: mm
Uzunligi
Eni
Balandligi
|
3620
4150
2760
|
Og‘irligi, kg
|
5650
|
3.4 RDB Dastgohining strukturaviy-texnologik formulasini (STF),quvvat formulasini (QF)aniqlash.
Strukturaviy texnologik model (STM) - ishchi mashinaning texnologik imkoniyatlari, boshqarish tizimi, tuzilishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalari to‘g‘risidagi formulalar, sxemalar va tsiklogrammalar majmuidan tashkil topadi.
RDB tokarlik dastgohlarning strukturaviy texnologik modeli. Tokarlik guruhiga mansub zamonaviy dastgohlar ularni mikroprosessor texnikasiga asoslangan RDB qurilmalari hamda rostlanadagan kuzatuvchi va ko‘p holatli asbob kallaklari bilan jihozlanganligi tufayli keng texnologik imkoniyatlarga ega. Ular yuksalgan bikrlik va aniqlik, dasturlashtirish tezligi va mukammalligi, yaxshilangan ekspluatatsiya hususiyatlari bilan ajralib turishadi.
Barcha tokarlik dastgohlarini qamrab olish imkoniyati bo‘lmagani uchun quyida faqat gorizontal va vertikal tokarlik dastgohlari strukturaviy texnologik modeli tilida ta’riflash bilan kifoyalanamiz.
Shpindelni gorizontal aylanish o‘qli tokarlik dastgohlari. Tokarlik dastgohlarning aksariyatida Shpindelning aylanish o‘qi markazlarda va patronlarda ishlarni bajarish uchun gorizontal joylashgan bo‘ladi. Mazkur guruhga mansub uchta dastgohga to’xtalib o’tamiz: 16K20F3, 16K20T1.02 va 16K20F3S32 . Bu dastgohlar ko‘p ko‘rsatkichlarga ko’ra bir xil bo‘lib, asosan boshqarish qurilmasi va muhim bo‘lmagan qismlar bilan farq qiladi.
Dastgohlarning tepa ko’rinishidagi koordinataviy texnologik sxemasi (KTS)
1.1-rasm. 16K20F3 (16K20T1.02, 16K20F3S32) dastgohlarning koordinataviy texnologik sxemasi (KTS): 1 - detal; 2 - asboblar kallaki
Ishlanayotgan detal 1 murakkab shakldagi va o’ng uchida rez’baga ega aylanish jismdan iborat. Asboblar kallaki 2 gorizontal o‘q atrofida (“e” koordinatasi) burilib, ko’ndalang salazkalar (X koordinatasi) ga o’rnatiladi, salazkalar esa supportning yo‘naltirgichlari (Z koordinatasi) bo‘yicha harakatlanadi. Asbob kallaklari 6, 8 va 12 holatli bo‘lishlari mumkin. Dastgohning asosi va staninasi bir qo‘zg‘almas blokiga birlashgan. Ketingi babka pinolining ko’chishi W harfi bilan belgilangan. Ushbu KTS sanab etilgan dastgohlarning barchasini o‘ziga qamrab oladi. Lekin kombinatsiyalashgan KTS faqat bir dastgohga mansub bo‘ladi.
Tokarlik markazdagi ishlar uchun 16K20F3 modelidagi dastgohning strukturaviy texnologik modeli quyidagi ko‘rinishga ega:
Ushbu yozuvni oydinlashtiramiz. Shpindelni gorizontalligi bilan ko‘rsatilgan, detalni stanina ustidagi maksimal diametri va uzunligi 500 x 1000 mm ni tashkil etadi, support ustidagi maksimal diametr va uzunligi 220 x 1000 mm ga teng; supportning bo‘ylama harakati uzunligi 1000 mm, ko’ndalang yurishi 110 mm ni tashkil etadi; bo‘ylama harakat tezligi 0,01- 40 mm/ayl, ko’ndalang harakat tezligi 0,005 - 20 mm/ayl tashkil etadi. Tez bo‘ylama harakati ( ) tezligi 7500 mm/min, tez ko’ndalang harakati ( ) 5000 mm/min tashkil etadi. Boshqarish tizimi kombinatsiyalashgan (F4) - konturaviy pozitsion, qurilmani turi 2R22. Ochiladigan rez’balarning qadami = 0,01mm dan = 40,95 mm gacha o‘zgarishi mumkin. Shpindelning aylanish chastotasi uch diapazon doirasida 20 - 2500 ayl/min chegarasida tartibga solinadi.
16K20F3 modelli tokarlik dastgohining quvvat formulasi yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
Ko’rib chiqilgan tokarlik dastgohlarida ishlatiladigan asbob kallaklarning strukturaviy parametrik formulasi quyidagi oddiy ko’rinishda yoziladi:
Formulani o‘qilishi shunday bo‘ladi: “gorizontal o‘qi atrofidagi burilishi “e” deb belgilangan 6, 10 yoki 12 holatli asbob kallaki”.
Dastgohning strukturaviy texnologik modeliga (STM) yakun yasash uchun kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemani (KKTS) qurish qoldi. Sxema tepadagi ko’rinish asosida quriladi (1.2-rasm).
1.2-rasm. 16K20F3 (16K20T1.02, 16K20F3S32) modelidagi dastgohining kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemani (KKTS):
Bosh harakat kinematik zanjin qo‘zg‘almas Np blokiga mahkamlangan elektrodvigatel , tasmali uzatma , Shpindel babkasida joylashgan tezliklar qutisidan ( ) iborat.
Bo‘ylama ( , ) va ko’ndalang ( ) surish yuritmalari supportning ko’ndalang salazkalari X da joylashgan asbobning shakl hosil qiluvchi harakatini ta’minlab beradi.
Detallarda rez’balarni ochilishini ta’minlash uchun Shpindel babkasi va surish vintlarida datchiklardan (D: fotodatchiklar yoki rezolverlar) foydalaniladi. Asbob kallakining avtomatik burilishi va indeksatsiya qilinishi ichiga o’rnatilgan elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |