5.2. Internet va intranet
Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet — bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jixati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo'ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmoqida mavjud bo'lgan barcha elektron xujjatlar va ma'lumotlar omborini giperboqlanishlar yordamida o'zaro boqlab yagona axborot muxiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.
5.3. Tarmoq topologiyasi
LHT tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari hisoblash tarmog’i tashkil etiladigan xududda eng tasodifiy xolatda joylashishi mumkin.
LHT topologiyasi - bu tarmoq uzellari birlashuvining o’rtacha geometrik sxemasi.
hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo’lishi mumkin, lekin lokal hisoblash tarmog’i uchun uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom ma’noda aylana, to’g’ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi.
har qanday kompyuter tarmog’ini uzellar majmui sifatida ko’rishi mumkin.
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan xar qanday qurilma.Topologiya tarmoq uzellarini ulash sistemasini o’rtalashtiradi. Masalan, ellips xam yopiq egri, xam yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq bo’lmagan siniq chiziq esa - shina topologiyaga mansub.
Aylana (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o’rtasidagi) kabel bilan birlashuvini xosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o’rtasidagi xar bir oralik uzel yuborgan xabarni retranslyatsiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o’ziga yuborilgan ma’lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi.
Aylana topologiya nisbatan kichiqrok kenglikda shug’ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi. Unda markaziy uzel yo’qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni retranslyatsiya qilish uzatish vositasi sifatida xar qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko’rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash uchun choralar ko’rishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |