5.5. Web-sahifa yaratish texnologiyalari.
Web-texnologiyani (Internet-texnologi ) ơrganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini ơrganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – ơzining unikal adresiga ga bơlgan va maxsus kơrish dasturi yordamida (brauzer) kơriluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animasi ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan komp ter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim tish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va mul timedi li ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Biz Internet tarmoğidagi Web-sahifalarni kơrishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo ơrgemchak tơri) – bu klient-server texnologi si asosida tashkil tilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Gipermatnli ma’lumotlar tizimi ma’lumotlar bo’g’inlari to’plamlari, shu bo’g’inlarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to’plamlari va bo’g’inlar va aloqalarni boshqarish instrumentlaridan tashkil topgan. World Wide Web texnologiyasi bu – gipermatnli taqsimlangan sistemalarni Internetga kiritish texnologiyasi va shundan kelib chiqib, u bunday tizimlarning umumiy ta’rifiga mos kelishi kerak. Bu shuni bildiradiki, gipermatnli tizimlarning yuqorida keltirilgan barcha komponentalari Web da ham bo’lishi kerak.
Webga, gipermatnli tizim sifatida, ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, o’zaro gipermatnli o’tishlar (ANCHOR konteyneri) vositasida bog’langan tasvirlanishi kerak bo’lgan sahifalar t’plami sifatida. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan sahifalar (matn, grafika, uyali kod va hokazolar) ni tashkli qiluvchi elementar ma’lumot ob’ektlarining to’plami sifatida. So’nggi holatda sahifaning gipermatnli o’tishlar to’plami – bu matnga ichki qo’yilgan rasm kabi ma’lumot bo’lagi.
Ikkinchi yondashuvda gipermatnli tizim elementar ma’lumot ob’ektlari to’plami uchun gipermatnli aloqalar rolini o’ynovchi HTML-sahifalarning o’zi tomonidan aniqlanadi. Bu yondashuv tayyor komponentalardan tasvirlanayotgan sahifalarni qurish nuqtai- nazaridan ancha serhosilroqdir.
Webda sahifalarni ayratishda “klient-server” arxitekturasi bilan bogliq muammo yuzaga chiqadi. Sahifalarni ham klient tomonida, ham server tomonida yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |