Mazmuni va vazifalari



Download 60,42 Kb.
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi60,42 Kb.
#904877
  1   2   3   4
Bog'liq
1- мавзу (2)


1-MAVZU. «KORXONA IQTISODIYoTI VA MENEDMENTI » KURSINING
MAZMUNI VA VAZIFALARI


1.1. Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida «Korxona iqtisodiyoti» kursining ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni
1.2. «Korxona iqtisodiyoti»-iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va boshqa fanlar bilan aloqasi
1.3. «Korxona iqtisodiyoti» kursining ob’ekti, predmeti, vazifalari va fanining usullari


1.1. Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida«Korxona iqtisodiyoti» kursining ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni

Insonning oliy maqsadi yaxshi yashash, lekin havodan tashqari hamma narsa chegaralangan. Ulardan ratsional foydalanish doimo inson ongi oldiga ko’plagan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, texnologik, ekologik va hokazo muammolarni qo’yadi. Bu muammolar yakka insondan tortib, korxona, firma, ularning birlashmalari, umuman regionda iqtisodiyoti miqyosiga taalluqlidir. Shuning asosida, xo’jalik yuritish, uni boshqarish tug’risida insoniyat doimo fikr yuritib, u to’g’risida bilimlar tizimini Yaratib kelgan. Fan - bu insoniyat tarixida to’plangan tabiat, jamiyat va fikrlash to’g’risidagi bilimlar tizimidir. Shu bilimlar asosida insoniyat tabiat sirlarini, jamiyat mummolarini ichiga kiradi, o’rganadi va o’z hayotiga moslashtiradi.1


“O’tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o’zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug’ilmoqda.”
Har bir inson oldida yosh bolaligidan savol tug’iladi. Osmon, er, oy, yulduzlar qanday vujudga kelgan? Kim Yaratgan? Insonning moddiy borliq bilan munosabatlari, iqtisodiy muammolarni insoniyat o’zi to’plagan, Yaratgan bilimlar tizimi orqali hal qilishi lozim. Umuman, ibtidoiy jamiyat rivojlanib, ibtidoiy jamoalar o’rtasida tovar almashish munosabatlari shakllana boshlanishi bilan insonlar iqtisodiyot to’g’risida fikr yurita boshlagan. Chunki insonlar narsa (go’sht, bug’doy, kamalak, bolta kabi) to’g’risidagina o’ylab qolmay, ular narsalar, mahsulotlar orqali o’zaro munosabatlar to’g’risida, ya’ni iqtisodiy, moddiy munosabatlar to’g’risida fikr yurita boshlaganlar. Atsa-sekin insoniyat hayotidagi munosabatlar chukurlashib, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida alohida tarmoqlar, Shu jumladan tijorat sohasi vujudga kelgan. Shu sababli insoniyat jamiyati kabi iqtisodiyot ham o’z tarixiga ega.
Tijoriy fikr yuritishlar (tarixiy hujjatlardan ma’lumki) miloddan av. 2000-3000 yillar oldin boshlangan bo’lib, uni savdogarlar tomonidan qilingan hisobiy yozuvlar (loydan qilingan taxtachalardagi hisob-kitob yozuvlari), bizlargacha etib kelgan arxeologik topilmalar tasdiklaydi.
Kadimiy Sharqda miloddan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Egipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek tilidagi «iqtisod» so’zi grekcha «Okonomika» (ekonomika), ya’ni «oysoz» - uy, xo’jalik va «potoz» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Sokrat, Kesnofont, Platon, Aritsotel, Epikur).

Markaziy Osiyo allomalarining asarlarada iqtisodiyotga taalluqi g’oyalarlar, xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, Ibn


Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug’bek, Ma’ruzaur kabi mutafakkirlarni ijodlari kiradi.
Misol uchun Amir Temur Tuzuklarini keltirish mumkin. Temur Tuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va xozirgi zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l-yo’riklari, qoidalarini topish mumkin. o’z aksini topgan. Unda davlatning tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, in’omu ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi.Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyalarsi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan. “Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aritsotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo’llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, Shunchalik yuqori bo’ladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo’ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko’ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini bilish, ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va itsalgan xo’jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.2
«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo’yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi.
U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va
taqsimlash usullari va jarayonlarini o’z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.
Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, Shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to’g’ri tanlov olib borishga imkon yaratadi.
“Biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli tsrategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash borasidagi say-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir.”
«Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazo), funktsional («Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy tsatitsika»,
«Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan («Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tarmoqlari tizimi kiradi.
«Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo’nalishlarida chuqur bilimga ega bo’lish insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo’jalik yuritish, kadrlarni yangi iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga katta turtki bo’ladi.
Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan Yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;
sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Kooperatsiya aloqalari - turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum mahsulotni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
«Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarning metodologik asosi, ularning poydevori bo’lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. U real voqelik bilan bog’liq bo’lish baroabrida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, Shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo’lgan yo’llarni mos keluvchi bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani tsatitsik kuzatuv, gipotezalarni ilgari surish va tekshirish, tahlil va sintez, induktsiya va deduktsiya, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar o’tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va uslublarini ishlab chiqqan va ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu usullar nafaqat iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko’ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham qo’llanishi mumkin.
Shu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob bermaydi, Chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqaruv, tartibga solish, bashorat qilish
sohasi sifatida oddiy fan tushunchasidan ko’ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U faqatgina ilmiy vosita bo’lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o’taydi. Iqtisodiyot iqtisodiy fanning o’ziga xos sinov maydoni, asossidir. Iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini ilmiy jihatdan o’rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo’jalik faoliyatining boshlang’ich nuqtasi bo’lib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu sababli iqtisodiyotning turli darajadagi - korxona, tarmoq va butun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy ishlab chiqarishning keng ma’noda itse’molga, yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga mos kelishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi.3
Ma’lumki, mehnat taqsimoti va unga bog’liq ravishda mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashish mehnat unumdorligini o’tsirish, tayyorlanayotgan mahsulot sifatini saxshilash va tannarxini kamaytirish uchun imkoniyat yaratadi. Ayni paytda, u yoki bu mahsulot turiga ixtisoslashish ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun xom ashyo, butlovchi qismlarni boshqa ixtisoslashgan korxonalardan sotib olish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Shu tariqa korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatishga zarurat yuzaga keladi.
Bugungi kunda kooperatsiya aloqalarining xom ashyo etkazib berishdan iborat oddiy ko’rinishidan tortib to franchayzing tizimini qo’llash kabi murakkab turlarigacha mavjud.Kooperatsiya aloqalari - mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha bir yoki bir necha korxonaning hamkorligi. Korxonalarning bozorlarda qaysi mahsulot yoki xom ashyoga ehtiyoj borligini bilishlari, uni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishlari uchun zarur bo’lgan materiallar va xom ashyoni qaysi korxonalardan olishlari mumkinligi to’g’risida axborotga ega bo’lishlari ularning rivojlanishi, umuman mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida muhim omil hisoblanadi.
Biroq moddiy ishlab chiqarishning etakchilik rolini inkor qilmagan holda, iqtisodiyotning rivojlanishiga ishlab chiqarish infratuzilma (transport, aloqa, energetika va axborot xizmati) va ijtimoiy infratuzilma (maorif, sog’liqni saqlash, umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal xizmati va boshqalar)ning rolini ham ko’rsatib o’tishimiz darkor. Bu sohalarda ham aholining katta qismi mehnat bilan band bo’lib, ularning mehnati moddiy ishlab chiqarish xodimlari mehnatidan kam foyda keltirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiyot - ilmiy kategoriyaga qaraganda ishlab chiqarish kategoriyasiga yaqinroq bo’lib, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining o’zaro samarali aloqalari, reurslardan oqilona foydalanish va ratsional boshqaruv tufayli faoliyat ko’rsatmoqda va rivojlanib bormoqda4.
Iqtisodiyot doimo dinamik bo’lib, sifat va miqdor o’zgarishlariga duchor bo’ladi. Ba’zi hollarda salbiy holatlar (masalan, qishloq xo’jaligida qurg’oqchilik, qoramollar o’limi; urush, terrorizm va hokazo) yuzaga kelsa ham, iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo’jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish, izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag’batlantirish - bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish uchun xizmat qiladi.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funktsiyalari mutsahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalitsik tizimgacha bir-biri bilan ongli ravishda birlashmagan Yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi Yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.
“Qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O’zbekitsonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir.” Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyalarsi tug’ila boshlaydi. Chunki uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglab xo’jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo’jaligining) uyushtirilgan. davlat tomonidan tartibga solinadigan xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o’z manfaatlari, xo’jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o’z resurslarini o’z ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo’lgan sub’ektiga tushuniladi.
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisod (ekonomika) termini ishlatib kelingan.Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil mazmunda ishlatiladi.
Birinchidan;, iqtisodiyot deganda xo’jalik (xalq xo’jaligi, tarmoq, hudud, birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi;
Ikkinchidan; iqisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va itse’mol fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi moddiy va boshqa boyliklar bilan bog’liq munosabatlar tushuniladi;
Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va hokazolardan iboratdir;
Va nihoyat, to’rtinchidan, iqtisod bu - fan.
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqkiyotni tahlil qilish va umumlashtirish to’g’risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar yig’indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi, texnika va texnologiyani. tabiiy fanlarni rivojlantiradi hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Bozor munosabatlariga asoslanilgan hozirgi davrda iqtisodiyotni ko’tarish uchun bu va boshqa imkoniyatlar avvallardagiidek faqatgina davlatning qo’lida mujassamlangan emas, balki iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’inini tashkil qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar - korxona, firma, kombinat va boshqa ishlab chiqarish tsrukturasi vakillariga ham katta imkoniyatlar berilgan.



Download 60,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish