1.2. «Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» - iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va boshqa fanlar bilan aloqasi
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo’jalikni oqilona samarali boshqarish uchun unga mos xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy datsaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish hakd kabilar), kategoriyalar, ko’rsatkichlar, usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo’jalik yurituvchilar o’z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.
Korxona iqtisodiyoti fani Yuqorida keltirilganlarni mazmuni va mohiyatini ochib beradi, ularni xo’jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o’rgatadi.
Korxona faoliyatida jamiyatning rivojlanish iqtisodiy qonunlarini ko’rinshi shakllari o’z aksini topadi. “Hammamiz yaxshi bilamizki, bizga sobiq sovet tizimidan bir tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo etishtirishga yunaltirilgan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avjiga chiqqan, ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi o’ta qoloq, aholi jon boshiga ise’mol ko’rsatkichi eng pats bo’lgan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi.” Shunday ekan korxonani boshqarish asosida iqtisodiy qonunlar talablari sub’ektiv holda ko’ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur bo’ladi. Masalan: iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish hakdga nisbatan tezroq o’sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa pul muomalasini muvozanati buzilishiga olib kelishi, ortiqcha pul vujudga kelishi, tovarlar defitsiti paydo bo’lishi kabi hodisalar vujudga kelishi muqarrardir.
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» - aholi va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo’jalik mexanizmlarini o’rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob’ektiv qonunlari namoyon bo’lishi va amal qilishiga, Shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi.5
Iqtisodiyot - bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruhlari o’rtasida taqsimotiga aytiladi.
Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarisida hal etilishi haqidagi fan.
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» «Iqtisodiyot» fanining tarkibiy qismi bo’lsada, mutsaqil bilimlar sohasi hisoblanadi.
Resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy) Korxona iqtisodi Marketing va logitsika Moliya, byudjet Bank, kredit soliq sug’urta Buxgalgeriya hisobi, tsatitsika
Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan qiziqish sezilarli ravishda o’sgan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom ashyo, material va asMa’ruza-uskuna etkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar itse’molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu - avvalo ishlab chiqarish jamoa, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bularning barchasi xo’jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko’rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
Bugungi kunda aksari korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlari, xolding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo’lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo’l ochib, ularning ishlab chiqarish funktsiyalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq normalar bilan cheklab qo’yayotgani yo’q. 6
Ya’ni qonunda taqiqlab qo’yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mutsaqil xo’jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo’lib, mazkur o’quv qo’llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalar ushbu asosda yuzaga kelgan.
Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to’kinlikni ta’minlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o’ylash mutlaqo xato bo’lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo’lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat o’z zimmasidan ma’muriy-buyruqbozlik funktsiyalarinigina soqit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv funktsiyalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning to’g’ridan-to’g’ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo’lidan kelmaydigan sohalarini rivojlanitirishdagi ishtirokini saqlab qolgan.
Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi.
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» bilimlarning mustaqil sohasi va iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan Shu tomoniga ko’proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo’ladi.
Bunday sharoitlarda xo’jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o’rinda har bir korxona, to’g’rirog’i, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko’rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to’g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishida o’z hissasini qo’shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’g’inida yuqori samara va sifat ko’rsatkichlariga erishish masalasi qo’yiladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko’nikmalarni, mablag’ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’kinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mutsaqil faoliyat ko’rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqarishga qodir, invetsitsion va boshqa xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Bundan ko’rinib turibdiki, asosiy e’tibor korxona mablag’lari va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy invetsitsiyalar hajmi ko’lamini oshirish va buning natijasida ishlab chiqarishning texnika va texnologik quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining yuqori daromad olishiga erishish, bularning oqibatida esa, mamlakat farovonligini yuksaltirish maqsad etib qo’yilgan.
Invetsitsiyalar - asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishi. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Invetsitsiya datsuri - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy utsuvorliklarini va tsrategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi. Invetsitsiya muhiti - invetsitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui. Invetsorlar - xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi invetsitsiya faoliyati sub’ektlari. Invetsorlar ob’ektlar va invetsitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo’ladi. Invetsorlar kreditorlar va haridorlar rolini bajarishlari, Shuningdek invetsitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda invetsorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va invetsitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va Shu mahsulotning itse’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
“Ya’ni, erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so’zda emas, amalda oliy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan, jahon miqyosida obro’-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo’lning bir qismi, xolos.”
Biroq Shuni ham unutmaslik kerakki, itsalgan bilimlar doimo to’ldirib va mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida vujudga keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo’shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlarini talab qiladi. Shu sababli olingan axborotlar, o’rganilgan formula, atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to’ldirib, fan va xo’jalik amaliyotining so’nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat Shu asosdagina amaliyotda qo’llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi mumkin. «Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti», «Lizing», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Xom ashyo etkazib berish va mahsulotni sotishni o’rganish» bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va itsiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o’rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to’lashning asoslari ishlab chiqiladi.
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo’jaligi rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan holda o’rganuvchi «Iqtisodiy tsatitsika» bilan, Shuningdek, joriy va itsiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog’liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o’zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va itse’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas.
Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining itsiqbollari aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, Yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va itse’molchilar bilan o’z faoliyatini muvofiklashtirish, situatsiyalarni, jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. Bu borada bo’lajak rahbarlar, mutaxassislar, tadbirkorlarga korxona iqtisodiyoti fannidan olgan bilimlari asqotadi degan umiddamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |