Boburning rahbarlik mahorati haqida.
Bobur jangda g’olib chiqqan bo’lsa ham ,
Hindiston endi uning ixtiyorida bo’lsa ham, taxti qiyinchilik va xavftan holi emas edi. Chunki
uning kishilari va navkarlari mahalliy aholi uchun kelgindi begonalar bo’lib, ular orasida tez
orada o’zaro nifoq paydo bo’lishi mumkin edi.Unga bu yerda tarafdorlar, sodiq maslahatchilar
va xizmatkorlar kerak edi.Bobur bu qiyinchilikni ham yengdi va ilojini topdi. Hindiston
egallangach, endi bexisob o’ljani xisoblab chiqish va taqsim qilish kerak edi. Humoyunga 70
lak(bir lak- 100.000 mingga teng) berildi.Bundan tashqari butun boshliq saroy, undagi ayonlar va
mulozimlari va jihozlari bilan unga hadya qilingan edi. Bir necha sadoqatli amirlariga esa
ularning egallagan mavqelariga qarab 10,8,7 va 6 ming lakdan pul berildi. Lashkardagi har bir
navkarga esa, ularning afg’onmi, hazormi, arab yoki belujligidan qat’iy nazar , xazinadan
munosib ulush tarqatildi.Shohning barcha qarindoshlariga lashkarda bo’lish-bo’lmasligidan
qat’iy nazar tilla, kumush, javohilar va qimmatbaho sarpolar yoki xizmatkor qullar tarzida
inomlarga ega bo’ldilar . Samarqand, Xuroson, Qashg’ar va Erondagi yor-birodarlar ham
unutilmadi. Ularga ham yaxshi sovg’alar jo’natilib, Boburshohning nomi bu uzoq o’lkalarda ham
ulug’landi.Qobuldagi har bir kishiga erkak yoki ayolligidan qat’iy nazar barchasiga bir
shohruhiydan pul sovg’a qilindi.Bu choralar lashkarni mustahkamlashga xizmat qilardi.
Rahbarik ilimi nazariyotchilaridan biri Deyl Karnegi shunday degan :”Siz sherigingiz
bilan u qiziqqan masalalar yuzasidan gaplashing, shunda ishingiz baroridan keladi”. Bu
tamoyilning aniq misoli qilib, Boburning inson psixologiyasiga ta’sir o’tqazish tadbirlari sirasida
ijtimoiy va moddiy manfaatlar ham yotishini terang tushingan holda quyidagi qilgan amalini
ko’rsatsak bo’ladi. Bobur Hindistonni markazlashtirish ishlarida va ichki ziddiyatni yo’q qilish
uchun kurashlar paytidagi davrida Fotixxon nomi tilga olinadi. Fotixxon Sarvoniy o’z
qo’shini bilan kelib Humoyunga kelib qo’shiladi.Fatxxonning marhum otasi avval Jalolxon,
so’nggra marhum Sulton Ibrohim huzuridda vazirlik qilgan edi. Harbiy kuchlar va mamlakat
ahvolidan yaxshi xabardor bo’lgan Fotixxonning xalq orasida obro’si katta bo’lgani uchun u
darhol Boburshox huzuriga jo’natildi. Shox uni izzat-ikrom bilan-kutib olib, ilgari otasiga
qarashli bo’lgan yerlar va yana qo’shimcha bir qancha joyni unga ajratib berdi va “Xoniy-
Jahon” unvonini berdi.Chunki, Boburning ta’kidlashicha , Hindiston sultonlari o’z amirlariga
jarangdor unvonlar berishni odat qilgan edilar. Shuning uchun ham Bobur ham shu udumga amal
qilgan va shu singari begona yurtdagi mayda,uncha ko’zga tashlanmas , ammo muhim ishlarni
ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Bu bo’lsa Boburning Hindistondagi mahalliy aslzodalar
oldida bag’rikengligi, odamgarchiligining belgisi va uning Sulton Ibrohimning tamagirligi,
Sulton Iskandarning shafqatsizligi va Rona Sangoning takabburligining umuman teskarisi edi.
Аdabiyotlar:
1)Bobur – Yo’bars: Buyuk boburiylarning birinchisi. H.Lamb. Toshkent. 2015 yil.
2)Bobur Hindistonda. Uilyam Erskin. Toshkent.
3)Vatan tarixi. R.Shamsutdinov.Sh.Karimov.O.Ubaydullaev.Toshkent.2010 yil.
4)Boburnoma.Zahriddin Muhammad Bobur.
5)Rahbar psixologiyasi. Narzullo Boymurodov.Toshkent.2007-yil
6)Ziyouz.com
РЕЗЮМЕ
Мақолада Bobur Mirzoning yuqori darajadagi rahbarlik mahoratiga ega tarixiy shaxs ekanligi va
bu haqida tarixiy faktlar haqida soız boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |