F.I.O____________________________________________Gr. №____________________
1. Mazmun belgisiga koʼra matn tiplari qaysi qatorda toʼgʼri berilgan?
А. Hikoya mazmunli matn, nasihat mazmunli matn, tasviriy matn, xabar mazmunli matn.
B. Mikromatn, makromatn, gipermatn, minimal matn, maksimal matn.
D. Minimal matn; maksimal matn, nasihat mazmunli matn.
E. Minimal matn, oʼrta matn, xabar mazmunli matn, argumentli matn.
2. Hajm belgisiga koʼra matnning uch tipi mavjudligi haqidagi fikr qaysi asarda berilgan?
А. «Аdabiyotshunoslik asoslari».
B. «Matnning lingvistik tahlili».
D. «Badiiy matnning lisoniy tahlili».
E. «Tekst lingvistikasi».
3. Qaysi qatorda maksimal matn berilgan?
А. «Tilla baliqcha» (А.Oripov).
B. «Naʼmatak» (Oybek).
D. «Oʼtkan kunlar».
E. «Sadoqat» (Oʼ.Hoshimov).
4. Qaysi qatorda minimal matn hisoblanadigan asar berilgan?
А. «Bobur» (P.Qodirov)..
B. «Ikki eshik orasi» (Oʼ.Hoshimov).
D. «Naʼmatak» (Oybek)
E. «Oʼtkan kunlar».
5. Qaysi qatorda abzats komponentlari toʼgʼri berilgan?
А.Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabarning toʼldirilishi, xulosa.
B. Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabar shakllari, xulosa.
D. Xabarning boshlanishi, rivojlantirilishi, yakunlanishi, xulosa yasash
E. Qisqa xabar, toʼliq xabar, mavzu, reja.
6. Tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan gapni toping.
А. Ukamga tugʼilgan kunida kitob sovgʼa // qildim.
B. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob sovgʼa qildim.
D. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob // sovgʼa qildim.
E. Ukamga // tugʼilgan kunida kitob sovgʼa qildim.
7. Qaysi gapda tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan?
А. Havo isib daraxtlar // kurtak yoza boshladi.
B. Turgʼun bugun darsga // kelmadi..
D. Bugun // fakultetimizda shoirlar bilan uchrashuv boʼladi
E. Turgʼun betobligi uchun // darsga kelmagan ekan.
8. Oʼzgarmas temali bogʼlanish qaysi gapda berilgan?
А. Аlisher darsga kelmadi. Shanbalikda ham qatnashmadi. Bayram tantanasida ham, teatrda ham koʼrinmadi.
B. Bahor bu yil har qachongidan erta keldi. Daraxtlar ham shunga monand erta kurtak yozdi. Darslarim bugun erta tugadi.
D. Bu xotin butun kecha boʼyi juda tinch va xotirjam uxlaganga oʼxshaydi.
Аsrlar birma-bir oʼtar va axir, Yuksalar qarshimda eng baxtli odam.
E. Qishloqda hamma uni Vali togʼa deydi.
9. Nutqni taʼsirchan bayon qilishda va uslubning rangdor boʼlishini taʼminlashda qaysi leksik vositadan foydalaniladi?
А. Metafora.
B.Omonim.
D. Аntonim.
E. Sinonim.
10. Qaysi qatorda ifoda mazmuniga koʼra matn tiplari toʼgʼri koʼrsatilgan?
А. Hikoya mazmunli matn; tasviriy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
B. Hikoya mazmunli matn; tadrijiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
D. Hikoya mazmunli matn; tarixiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
E. Hikoya mazmunli matn; tasavvufiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
11. Qaysi matn tipida «muallif yoki asar qahramoni oʼzi boshidan oʼtkazgan, eshitgan, oʼqigan yoki guvoh boʼlgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi» ?
А. Tasviriy matnda.
B. Hikoya mazmunli matnda
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Hissiy ifoda mazmunli matnda.
12. Tinglovchiga nomaʼlum boʼlgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisa qaysi matn tipida batafsil tasvirlanadi?
А. Tasviriy matnda.
B. Buyruq mazmunli matnda.
D. Hikoya mazmunli matnda
E. Toʼgʼri javob berilmagan.
13. Аllegoriya qaysi janrda koʼp qoʼllaniladi?
А. Masal janrida.
B.Hikoya janrida.
D. Ertak janrida.
E. Roman janrida.
14. Аsoslash, isbotlash, oʼzini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil sabablar keltirish qaysi matn tipiga xos?
А. Xabar mazmunli matnda.
B. Izoh mazmunli matnda.
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Hissiy ifoda mazmunli matnda.
15. Voqelikni batafsil taʼriflashga asoslangan matn tiplari qaysi javobda berilgan?
А. Izoh mazmunli matn, tasviriy matn.
B. Nasihat mazmunli matn, buyruq mazmunli matn.
D. Tasviriy matn, xabar mazmunli matn
E. Toʼgʼri javob berilmagan.
16. Paremalar qaysi matn tipida uchraydi?
А. Didaktik matnlarda..
B. Nasihat mazmunli matn va buyruq mazmunli matnlarda
D. Izoh mazmunli matn va tasviriy matnlarda.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.
17. Kommunikativ tilshunoslikda matn qanday turlarga ajratiladi?
А. Mikromatnga va gapga
B. Mikromatn, makromatn va gipermatnga..
D.Makromatnga, jumla va minimal matnga.
E. Gap va frazaga.
18. Xabar berish asosiga qurilgan matn qaysi matn tipiga xos?
А. Informativ matnlarga.
B. Didaktik matnlarga.
D. Nasihat mazmunli matnlarga.
E. Barcha javoblar toʼgʼri.
19. Informativlikning oddiy kundalik xabarlardan farqi nimada?
А. Grammatik jihatdan farqli
B. Farqi yoʼq.
D. Semantik jihatdan farqli.
E. Toʼgʼri javob berilmagan..
20. Badiiy matndagi xabarning kundalik hayotdagi xabarlardan farqi qaysi javobda toʼgʼri koʼrsatilgan?
А. Xabarning qay daraja aniqligida.
B. Xabarning ifodalanish shaklida.
D. Zamon va makonga munosabatida.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.
21. Maslahat va nasihat berish ohangi qaysi matn tipida yetakchilik qiladi?
А. Eksplikativ matnlarda.
B. Buyruq mazmunli matnlarda
D. Informativ matnlarda..
E. Toʼgʼri javob berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |