Mazkur quv qllanmaning yaratilishi maktabgacha yoshdagi boialarga jismoniy tarbiya byicha mutaxassisiar tayyoriashdagi bir urinishdir



Download 1,26 Mb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi1,26 Mb.
#219352
1   2   3   4
Bog'liq
MT da Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

3-§. Jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlari
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bu g’oyaviylik, xalqchillik va ilmiylikdir. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviyligi jismoniy mashqlar, mashg’ulotlarining bir maqsadga yo’naltirilganligi, barkamol avlodni tarbiyalashga, axloqiy sifat-larni oshirishga qaratilgan. Shug’ullanuvchilardajismoniy tarbiya-ning o’ziga xos vazifalarini hal qilish jarayonida ilmiy dunyo-qarash shakllanadi va jamiyat quruvchisining yuksak axloq tamo-yillari ruhidagi axloqiy sifatiari tarbiyaianadi. Jismoniy tarbiya tizimi mustaqil jamiyat qurish bilan mashg’ul kishilarni jismoniy va ma'naviyjihatdan garmonik rivojlantirishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy mohiyati uning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, shuningdek, tashkiliy asos-larida o’z aksini topgan.

Bizning mamlakatimizda jismoniy taroiya tizimini rivojlantirish-da davlatimiz Prezidenti LKarimov rahbarlik qilmoqdalar. Jismoniy tarbiya tizimining yanada rivojlantirish istiqboli davlatimiz tomonidan qabul qilingan hujjatlarda, qarorlarida o’z ifodasini topgan.

Jumladan, 2000-yil "Sog’lom avlod "yiJi deb e'lon qiJinishi va 14-fevral kuni Oqsaroyda bo’lib o’tgan majlisda Prezidentimizning sog’lom avlod kamol topishdagi yo’nalishiarning belgilab berishi barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyatgaega bo’ldi. Bu yo’nalish quyidagilardan iborat:

1. Maktab yillaridan boshlab qizlarning oilaviy hayotga ru-han, jismonan va tibbiy tayyorgarligini yaxshilash maqsadida max-sus qo’llanmalar asosida darslar tashkil qilish.



2. Sog’lom avlod faqat sog’lom oilada tug’iladi. Shu munosa-bat bilan sog’lom avlod salomatligini o’rganish, jismoniy kamo-loti haqida tushunchalarni targ’ib qilish.

3. Onani homiladorlik hamda farzand tug’ilgandan keyingi salomatligini mustahkamlash va himoya qilish.

4. Bolaning 1 yoshgacha boigan davri eng e'tiborga molik va . xatarli boiadi, ushbu masala bo’yicha mas'ul tashkilotlarning " harakatlarini aniqlash va ularning faoliyatini nazoratga olish.

5. I yoshdan 5 — 6 yoshgacha bo’igan davrda boia so’giig’ini mustahkamlash, unga tarbiya berishni to’g’ri yoiga qo’yish.

6. Davlat tomonidan nogiron bolalar himoyasini kuchayti-rish, ular jamiyatning toiaqonli a'zolariga aylanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish.

Bu davlat dasturini qabul qilishdan maqsad — kelajagimiz poydevori bo’lgan barkamol avlod hayotida o’z o’rniga ega boigan, ma'naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquwat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish. Bu esa davlatimizning asosiy g’oyalaridan biridir.

Jismoniy tarbiya tizimining xalqchiliigi uning maqsadlarining xalq manfaatlariga mosligidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar aholining sogiig’ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga erishish va binobarin xalq farovonligini yaxshilashga yo’naltirilmoqda. Shuning uchun ham aholini jismoniy tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik ishdir.

Mamlakatimizning barcha aholisi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etiladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilyapti: stadionlar, basseynlar, sport mashg’ulotlari xonasi va h.k. Barcha O’zbekiston fuqarolari mil-lati, maiumoti, lavozimidan qafiy nazar jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish huquqiga egadir. Jismoniy tarbiyajarayonida mavjud vositalar qatorida jismoniy mashqlarning ilmiy turlari foydalanilyapti hamda rivojlanyapti. Mamlakatimizda aholini jis-moniy mashqlar bilan shug’ullanishga keng jalb qilish sportda katta yutuqlarga erishishga imkon yaratilgan. Bizning mamlaka-timizda jismoniy tarbiyani boshqarishning rahbarlik organi Res-publika Madaniyat va sport ishlari vazirligidir. Bunga taalluqli tarmoqlar viloyatlarda, shaharlarda, tumanlarda mavjud. B\in-dan tashqari, jismoniy tarbiya jamoatchilik asosida ham olib bo-riladi. Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tash-kilotlarining tashabbusi bflan bir qator tashkiliy shakllar vu-judga keldi. "Salomatlik guruhlari", "Havaskor yuguruvchilar klubi", "Aerobika", "Salomatlik so’qmoqlari", "Hamma bir-galikda stadionga"- katta yoshdagi aholi uchun. Bolalar uchun "Quvnoq startlar", "Charm to’p", "Oltin shayba " va ko’pgina boshqa musobaqalar shular jumlasidandir.



O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy informa-tsion manbalar: radio, matbuot, televideniyega katta e'tibor be-rilib, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlar va axborotlar tarqatish imkoni yaratilgan hamda maxsus sport kanali ham mav-jud. "Sport", "Futbol" gazetalari, "Kurash" jumallarida aholini jismoniy rivojlantirish orqali ularning sog’lig’ini saqlash va sportni targ’ib qilish borasida ish olib borilmoqda.

Ilmiylik — jismoniy tarbiya tizimining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Mamlakatimizda iJmiy tadqiqotlar asosida yagona dav-lat dasturlari, o’quv qo’llanmalari, darsliklar yaratilmoqda, har bir yosh bosqich uchun jismoniy rivojlanganlik, tayyorlangan-likning normativ ko’rsatkichlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, kiyimlari va poyabzallariga talablar qo’yilmoqda. Tadqiqotlar natijasida olingan barcha yangiliklar davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari va oilalar ishiga tatbiq qilinmoqda.

Keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha ko’pgina kitoblar, maqolalar chop etildi. Masalan: T.S. Usmonxo’jayev - "Sog’lom bola - el boyligi", Yangi Asr Avlodi. -T.: 2005-yil, "Milliy harakatli o’yinlar", o’qtivchi. -T.: 2000-yil, T.S. Usmonxo’jayev, S.M. Islomova "Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya", Ilm-Ziyo. —T.: 2000-yil, Jismoniy tar-biya. "Bolalar bog’chalari uchun dastur" —T.: 1996-yil va boshqalar. Chop etilgan adabiyotlar ota-onalar, bolalarni jis-moniy rivojlanishi, bola organizimining o’sish jarayonidagi qo-nuniyatlarini ochib, jismoniy tarbiya bo’yicha bilimlarni targ’ibot qilishga yordam beradi.

Nazorat uchun savollar

1. Jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviyligi nimada?

2. Xalqchillik deganda nimani tushunasiz?

3. O’zbekistonda oxirgi yillarda jismoniy tarbiyaga oid qan-day adabiyotlar chop etilmoqda?


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish