11-bob
TORMOZ USKUNALARI VA AVTOTIRKAMA QURILMALARI
155. Harakat tarkibi avtomatik tormozlar bilan, yo’lovchi vagonlar va lokomotivlar, bundan tashqari, elektr pnevmatik tormozlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Harakat tarkibining avtomatik tormozlari DATK belgilagan me’yorlarda saqlanishi, foydalanishning turli xil sharoitlarida boshqarilishi va ishonchli ishlashi, silliq to’xtashni ta’minlashi, shuningdek, havo uzatish magistralining yorilishi yoki uzilishida va stop-kranning ochilishida poezd to’xtashini ta’minlashi kerak.
Harakat tarkibining avtomatik va elektr pnevmatik tormozlari, DATK tasdiqlagan hisob ma’lumotlariga ko’ra aniqlangan tormoz yo’lidan katta bo’lmagan masofada shoshilinch to’xtashda poezd to’xtashiga kafolat bera oladigan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak.
156. Avtomatik tormozlar vagonning yuklanganligi, tarkib uzunligi va yo’l profiliga ko’ra tormozlashning turli usullarini qo’llashni ta’minlashi kerak.
Yo’lovchi vagonlarida va motorvagon harakat tarkiblarida stop-kranlar vagonlarning ichida, tamburlarda o’rnatiladi va plombalanadi.
157. Lokomotivlar, yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibi qo’l tormozlari bilan jihozlanadi. Vagonlarning bir qismi DATK me’yorlariga ko’ra qo’l tormozi va stop-kranli o’tish maydonchasiga ega bo’lishi kerak.
1970 yil 1 yanvarigacha qo’l tormozlarisiz qurilgan pochta va bagaj vagonlaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi.
Harakat tarkibining qo’l tormozlari belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlanishi va DATK belgilagan hisoblangan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak.
158. Ajralishi yoki buzilishi gabaritdan chiqib ketish yoki yo’lga qulashga olib keladigan tormoz richag uzatmasi barcha qismlari muhofaza qurilmalariga ega bo’lishi kerak.
159. Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi quyidagicha bo’ladi:
Lokomotivlarda, bo’sh yuk va
yo’lovchi vagonlarda ko’pi bilan 1080 mm
Lokomotivlarda va ichida odamlari
bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida 980 mm
Yuk vagonlarida (yuklanganida) kamida 950 mm
Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi DATK yo’riqnomasi bilan belgilanadi va foydalanishda (eng ko’p emirilish va yuklanishlarda) me’yorlarga rioya qilishni ta’minlashi kerak.
Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq:
Yuk poezdida 100 mm
Yuk poezdining lokomotivi va
birinchi yuklangan vagon orasida 110 mm
120 km/soat gacha tezlik bilan
harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 70 mm
120-140 km/soat tezlik bilan
harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 50 mm
Yo’lovchi poezdining lokomotivi va
birinchi vagoni orasida 100 mm dan oshmasligi kerak.
Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi kerak.
160. Jo’natish oldidan tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon qarovchisi avtotirkama qurilmalarining texnik holati va poezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul hisoblanadi.
Vagon qarovchilari bo’lmagan stansiyalarda vagonlarni poezdga ulashda, shuningdek, manyovr ishlarida, to’g’ri ulanishga manyovr rahbari javobgar hisoblanadi.
Lokomotiv mashinisti lokomotivning poezd birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga javobgar hisoblanadi. Poezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunochi, tormoz rukavalarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, so’nggi kranlarni ochish va yopish) ishlari lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak.
Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish poezd elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajratilganidan so’ng lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish pantograf pastga tushirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |