Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, daromadning ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Schyotlarning yuqorida guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv - ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv - ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelish va ularni to‘lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi).
Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob - kitoblar, hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator schyotlar yangi schyotlar rejasida bekor qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |