Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda
Bunday axborot kreditor, investor, bank soliq inspektsiyasi kabi tashkilotlar uchun
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig‘ini xarajatlar haqidagi
axborotsiz hisoblashish mumkin emas. Korxona va uni boshqarish nuqtai nazaridan esa
xarajatlarning umumiy summasi, alohida ishlab chiqarish bo‘linmalarining unumli hamda
unumsiz xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yigishni talab etadi. Shunday
qilib, xarajatlarni hhsobga olish ham moliyaviy hisobining, ham boshqaruv hisobining eng
muhim qismlaridan biri ekan.
Moliyaviy hisobining asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak bu jihatdan, xarajatlar hisobi rldida quyidagi vazifalar turadi:
-korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha
hisobga olish;
- xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisobvaraqalarida hamda hisobot
shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblashish uchun etarli darajadagi ishonchli
ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish etarlidir. Boshqaruv eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi xalkaro tajribalardan kelib chiqkan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi xolatda shakllantirishi kerak paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish;
xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish;
xarajatlarni ularni paydo kilgan obyektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni
alohida mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish.
Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bulish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari :icha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi.
Demak xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz kerak ekan:
alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini
tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash;
alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi
malumotni shakllantirib berish;
- korxonaning ishlab chiqarishdan tapshchari barcha boshqaruv xarajatlarining
tahliliy ma’lumotlarini yihib berish
Bu vazifalardan ko‘rinib turibdiki, hisob va tahlil boshqaruv hiisobining bir-biri bilan bog‘langan chambarchas ikki tomoni ekan. Zero mahsulot bahosining aniqlash uchun ham tannarxni hisoblashish talab etiladi.
Xar bir korxona yoki birlashmada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish mahsulot tannarxini to‘g‘ri kalkulyatsiya qilishning tashkil etish imkoniyatl,
kuyndagilardan iborat:
avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiklangan texnologiya rejasining mava
bo‘lishi;
ombor xujaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi hamda ishlab chiqarish uchun zarur
o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi;
ishlab chiqarish xarajatini analitik hisobvarag‘i;
kalkulyatsiya obyektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash;
kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturaa
ishlab chiqish;
kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida taqsimlash
usulini tanlash va xokazolar.
Boshqacha kilib aytganda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsu tannarxini kalkulyatsiyalashda quyidagi qoidalar asos bulib xizmat qiladi:
-korxonadagi barcha xarajatlarni ularning ahamiyatidan, ya’ni unumli xokazolardan katiy nazar to‘laligicha hisobga olish;
-xarajatlarni korxonadagi faoliyat sohalari bo‘yicha alohida hisobga olish zarurdir. Aniqrogi, asosiy faoliyat, boshqa turdagi faoliyat, masalan, ta’mirlash, yordamchi xo‘jalik asosiy yordamchi xo‘jalik asosiy va yordamchi sanoat ishlab chiqarish bo‘limlari.:
- xar bir xarajatni u tegishli bo‘lgan davrda hisobga olish va qoplash shartdir.
Yukoridagi qoidalarga buysunish xarajatlar hisobining optimal tashkil kilinishi moliyaviy hisobotning esa obyektiv va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |