Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bila bog‘liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yokilg‘i, amortizatsiya ajratma ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi. Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning jam summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sif; ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U kancha past bo‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan dsh xarajatlari qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari buyi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqkoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqikiy tannarxini hisoblashish hamda korxona resurslari va pul mablag‘laripi ishplatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohotini amalga oshirish eng asosiy masalalar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Avval 1992 yilda keyinchalik 1999 yilda «Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va comi xarajatlari tarkibi uamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomnig qabul qilinishi mamlakatimiz buxgalteriya hisobida tubdan o‘zgarish bo‘lishiga sabab buldi. Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog‘liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. Bunday taqsimlash bozor iktasodiyoti xususiyatlaridan kelib chiqadi va u bizning buxgalter
hisobi tizimimizni xalkaro miqiyosda qo‘llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga
ancha yaqinlashtirdi. Xarajatlar hisobining aynan shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo‘lgan vazifalardan kelib chiqdi. Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi tegishli foydalanuvchilarni tegishli axborot bilan ta’minlashdir. Foydalanuvchilarni ichki va tashqi guruxga bo‘linishi esa buxgalteriya hisobining moliyaviy hamda boshqaruv Hhiobigas bo‘linishiga olib keladi. Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |