4. Tovar-modiy zahiralarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish
Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barch birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbir-larning qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi. Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar kayta kurib chiqish uchun kaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan utkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamgarun qaydnomasiga yozib kuyiladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:
1010-«Xom-ashyo va materiallar»
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi kismlar» 1030-«yokilgi»
1040-«Ehtiyot kismlar»
1050-«Qurilish mollari»
1060-«Idish va idish materiallari»
1070-«Boshqa tomonga kayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»1
1090-«Boshqa materiallar».
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kredi tida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maksadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yukorida sanab utilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldi hisobot davri boshidagi materiallar qoldigini aks ettiradi.
Mol etkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki etishmasligi aniqlansa, u holda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar Mol yetkazib beruvchilar hujjatlarid ko‘rsatilganidan ortik bo‘lsa, u holda ko‘p chiqkan material qiymatiga tegishli materia, schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar hisobvarag‘i kreditlanadi. Sotib olingan materiallar bo‘yicha Mol yetkazib beruvchilar schyotining tulanishig ko‘idagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«hisob-kytob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiki tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Do'stlaringiz bilan baham: |