Jadvallardan kurinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashishning oxirgi ikki usu.i asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajrat> lari obyekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan or bo‘ladi Ushbu usullar ishlab chiqarishga taallukli asosiy vositalarni hisoblashish uchun qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraletfoydalaniladi va ta’mirlashga harajatlar unchalik ko‘p bulmaydi. Keyingi yilda amortizatsiya harajatlari kamayadi, ta’mirlash harajatlari esa odatda oshib boradi. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab utkazilgan hisobot davgri buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning ayrim obyekt bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamgarish yuli bilan yoki obyektlarga dastlabki qiymatini kamaytirish yuli buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasg quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211-«Erni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarkie eskirishi»;
0220-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalarning eskirishi»;
0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»;
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblashish texnikasining eskirishi»;
0260-«Transport vositalarining eskirishi»;
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»;
0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi»;
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va xissa lanayotgan eskirish summalari ko‘rsatiladi. hisobvaraqlarning debetida asosiy vosita:-hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilki aks ettiriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summala: harajatlarga o‘tkaziladi.
Eskirish summasi ishlab chiqarish harajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv
D-t Ishlab chiqarish harajatlari hisobvaraqlari
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Agar da eskirish davr harajatlariga o‘tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv harajatlar»
K-T Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.