Passiv (nofaol) asosiy vositalar - binolar, inshootlar va transport vositalari.
Retrospektiv(joriy) tahlil - hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobotlar hamda hisobdan tashqari axborot manbalariga asosan o‘tkaziladigan tahlil.
Rentabellik - jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir korhonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodolovchi ko‘rsatkich.
Raqobat – lotincha so‘zdan olingan bulib, maqsadga erishish uchun kurash, korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi.
Sintez - yunoncha «synthisie» so‘zidan olinib, umumlashtirish degan ma’noni bildiradi yoki biror obyektni (hodisani, jarayonni) o‘rganishda xususiylikdan umumiylik sari tadqiq tushuniladi.
Sabab - keng ko‘lamdagi kompleks omillar tizimiga nisbatan qo‘llanilib, kompleksni tashkil etuvchilar esa omillar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |