1.3.KEYS-STUDY
1.4.GLOSSARIY
Arifmetik tekshiruv – balans va aylanma qaydnoma (vedomostlar), Bosh daftardagi summalarni solishtirish, balans guruxlari va bo‘limlari bo‘yicha summalarni aktiv va passiv yakunlari tengligini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Aktivlarni likvidligi – balans likvidligini aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarni pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi.
Asosiy vositalar – deb, korxonada ko‘p yil foydalaniladigan mehnat qurollari: ya’ni binolar, inshootlar, mashinalar va asbob-uskunalar.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish - korxonaning biznes-rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanish darajasi.
Asosiy fondlarning eskirish koeffitsienti - asosiy fondlarning eskirish so‘mmasini (balans aktivining 1-bo‘limi) ularning boshlang‘ich qiymatiga (balans aktivining 1-bo‘limi) bo‘linadi.
Asosiy fondlarni yangilash koeffitsienti - yangi kelgan asosiy fondlar so‘mmasini asosiy fondlarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |