Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin



Download 7,44 Mb.
bet361/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) er solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

  • yagona ijtimoiy to‘lov;

  • fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Soliq kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:

  • yagona soliq to‘lovi;

  • yagona er solig‘i;

  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardan iborat:

  • soliq solish ob’ekti;

  • soliq solinadigan baza;

  • stavka;

  • hisoblab chiqarish tartibi;

  • soliq davri;

  • soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

  • to‘lash tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi.
Foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy elementi hisoblanib, milliy daromadlarni qayta taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur soliq bevosita soliq bo‘lib, uning summasi korxona xo‘jalik faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Foyda solig‘i to‘lovchilari soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilar yilning birinchi choragi, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yil yakuni bo‘yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o‘sib boruvchi jamlash tartibida foyda solig‘i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga olgan holda hisoblab boradilar.
Soliq bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobga olish 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyotlarida alohida amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliq ;
6410 -"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyotning kreditiga
9810 -"Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar" schyoti bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Soliq summalarini o‘tkazish ;
9810 -"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik " schyoti debetida va
5110 - "Hisob-kitob schyoti" ning kreditida aks ettiriladi.
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan soliqlar bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak summalarini to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy moliyaviy natijalaga olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi.

  • 9810- Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha sarflar.

  • 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar.

9810- Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910- yakuniy moliyaviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 9800).
Misol. Korxonada soliq to‘langunga qadar bo‘lgan olingan foyda (2-shakldagi hisobotning 240-satri) 24700 ming so‘mga tengdir. Nizomning 1-ilovasiga mu vofiq korxona xarajatlari:
a) moddiy yordam - 2550 ming so‘m.
b) vazirlikni saqlash uchun ajratmalar - 5100 ming so‘m.
v) jarima va penyalar - 850 ming so‘m. Soliq solinadigan baza: 24700+2550+5100+850=32900 ming so‘m.
Soliq 10 foiz. Soliq summasi 4935 ming so‘m (493,5 x 10:100).


Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish