Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yul kuyilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni kayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bulmay koladi. Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: to‘zatshshii mumkin bo‘lgan va to‘zatilishi mumkin bulmagan mahsulotlar.
Brak topilgan joyiga karab ikki xil, ya’ni inki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni akt hujjati bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdoridan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa ma’lumotlar ana shu vaqtda ko‘rsatiladi.
Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish hisobvarag‘i ma’lumotlari asosida uning haqikiy tannarxi aniqlanadi. Brak mahsulotning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yigindisidan tashkil topadi. Brak tannarxiga quyidagi provodka tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |