8. Yaroqsiz mahsulot (ish, xizmat) lar va nobudgarchiliklar, kelgusi davr
xarajatlari hisobi
Ishlab chiqarishda buxgalteriyaning asosiy vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilshi, kamomadi natijasida Keladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iborat. Brak nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bulib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tannarxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar» moddasi tarkibida tannarxga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |