Taqqoslanadigan mahsulot - shu yil va undan oldingi yillarda seriyali va ommaviy tartibda ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha turlari.
Taqqoslanmaydigan mahsulot - joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotdir.
Texnik-iqtisodiy tahlil - kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilining birikishi asosida hosil bo‘lgan tahlil.
Tovar mahsuloti - barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tgan, to‘la butlangan, texnika nazorati bo‘limidan o‘tgan va omborga topshirilgan mahsulot.
Taqsimlanmagan foyda — korxonaning hisobida turgan sof foydasi.
To‘lov qobiliyati - xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning etarli yoki kamchiligini aniqlash.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda(hisobot foydasi) - operatsion foydaga moliyaviy faoliyatning daromadlarini qo‘shilishi va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar chegirilishi orqali hosil bo‘lgan foyda.
Ustav kapitali - o‘z mablag‘lar manbaining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |