Metodologiya(uslubiyat) - muayyan fanning predmetini o‘rgatish usuli, unda qo‘llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi.
Materiallar samarasi - moddiy harajatlarning bir so‘mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ko‘rsatadi.
Material sig‘imi - bir so‘m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun qancha (necha tiyin) moddiy harajatlar to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy natija - korxona faoliyatining foyda summasi va rentabellik darajasida ifodalanaigan yakunidir.
Muddatli likvidlik koeffitsienti - u pul mablag‘lari, sof debitorlik qarzlari summasini joriy majburiyatlarga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Mutlaq likvidlik koeffitsienti - u pul mablag‘larining joriy majburiyatlariga nisbati sifatida aniqlanadi.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti - u korxonaning o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Mehnat omillari - korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |