Leveraj - xususiy kapitalning o‘sgan qismi bo‘lib, ko‘rsatib xususiy kapital rentabelligi koeffitsienti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsienti olinadi.
Metod(usul) - yunon tilidan olingan bo‘lib, tabiat hamda jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganish va bilish usulidir. Muayyan fanning predmetini o‘rganish usuli.
Metodologiya(uslubiyat) - muayyan fanning predmetini o‘rgatish usuli, unda qo‘llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi.
Moliyaviy tahlil - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga qaratilgan tahlildir.
Materiallar samarasi - moddiy harajatlarning bir so‘mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ko‘rsatadi.
Material sig‘imi - bir so‘m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun qancha (necha tiyin) moddiy harajatlar to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy natija - korxona faoliyatining foyda summasi va rentabellik darajasida ifodalanaigan yakunidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |