80
•
Foydalanuvchi uchun virtual muhitda ishlash imkoniyati yaratiladi.
•
Foydalanuvchi o’ziga qulay bo’lgan tizimni mustaqil ravishda yaratishdan
xalos etiladi.
•
Foydalanuvchi tizimni yaratish va foydalanish xarajatlari sezilarli darajada
kamayadi. Bu xizmatlarning 70 foiziga Internet orqali
amalga oshirish natijasida
erishiladi.
•
Bulutli texnologiyalarning mobilligi natijasida foydalanuvchi undan
dunyoning ixtiyoriy nuqtasida, istalgan paytda foydalanish imkoniga ega bo’ladi.
Ushbu tizim filiallari mavjud bo’lgan korxonalar uchun qulaydir.
•
Bulutli texnologiyalarning axborotlarni sinxronizatsiyalash
imkoniyati
foydalanuvchiga tizimdagi o’zgartirilgan yoki yangi kiritilgan axborotlardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
•
Bulutli texnologiyalardan Internetga bog’langan turli kompyuter,
planshet,
smartfon yoki android kabi vositalardan foydalanish mumkin.
•
Bulutli tizimda axborot xavfsizligi doimiy ravishda, amalga oshiriladi,
shuning uchun bu xavfsiz tizim doimo sizning xizmatingizda bо’ladi.
•
Dasturning yangi versiyalari muntazam ravishda, yangilanib boradi, natijada
siz yangi dasturlardan doimo ilova dasturlar
kompyuterda yoki smartfonda
о’rnatilganligi yoki о’rnatilmaganligidan qat’iy nazar, foydalanishingiz mumkin
bо’ladi.
•
Bulutli tizimda hujjat ustida turli dasturlarda tez ishlash imkoniyati mavjud.
Hujjatlar nusxasi bir dasturdan ikkinchisiga osongina kо’chiriladi.
•
Hujjatlar ustida real vaqtda birgalikda tezda ishlash,
tahrirlash va zarur
hollarda, bir zumda tiklash imkoniyatiga ega.
•
Xatlar bilan ishlash va hujjatlardan foydalanish turli darajadagi vakolatlarini
о’rnatish mumkin.
•
Bulutli xizmatlardan foydalanish uchun Internet tizimi zarur. Internet tezligi
256 Mb dan kam bо’lmasligi lozim.
Bulutli texnologiyalarning sanab о’tilgan imkoniyatlari korxona axborot tizimi
yaratilishini yengillashtiradi va uning bu boradagi xarajatlarini kamaytiradi. Shuning
uchun bulutli texnologiyalardan korxonalarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu texnologiya korxonani kо’pgina murakkab texnik vazifalardan xalos etadi.
Shu
bilan birga, bulutli texnologiya oila a’zolari uchun ham qulaydir. Bunda
otaonalar farzandlarining kompyuterdagi faoliyatini kuzatishi va zarur hollarda,
nazorat qilishlari hamda tezda tiklash imkoniyatlari mavjud.
Masalan, Office 365 dasturi aynan bulutli texnologiyalar
asosida ishni
ta’minlaydi. Uning yordamida korxonangiz xodimlari bulutli “virtual ofisda” ishlash
imkoniga ega bо’ladi.
81
Virtual ofisda korxona shaxsiy domenida korporativ pochtasiga va ichki portaliga
ega bо’ladi, axborotlarni bulutda saqlash va ulardan ixtiyoriy qurilmadan birgalikda
foydalanish mumkin, ya’ni axborotlar maxfiyligi, butunligini va vakolatli ochiqligini
ta’minlash mumkin bо’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: