K senon: Ksenon (yun. xenos — begona, lot. Xsepop), Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element.
Tartib raqami 53, atom massasi 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy Ksenon 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. Ksenonning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. Ksenon hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom Ksenon toʻgʻri keladi). Ksenon — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash temperaturasi 165,05K; qattiq holatdagi Ksenonning zichligi 2,700 g/sm³ (133K), suyuq holatdagi Ksenonniki 2,987 g/sm³ (165K), gaz holatdagi Ksenonniki 5,85 kg/m³ (273K, 0,1 MPa). Ksenon faqat ftor bilan bevosita birikadi va Ksenon ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. Ksenonning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida Ksenon ftoridlardan olinadi.
Ksenon (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq miqdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari Ksenon (1U)-oksid, XeO4 (suyuqlanish temperaturasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.
Ksenon sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli- va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllaniladi.
R adon : Radon (Radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlganligi sababli unga "Radon" nomi berilgan. Bu izotopni 1899 yilda nemis olimi Radon Dorn kashf kilgan. Hozirgi vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m³ havoda 7106 Radon boʻladi.
Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 71°, kaynash temperaturasi —62°, zichligi 9,9 kg/m³. Radon radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi. Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi (qarang Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi. Radon eng og‘ir gazlardan biridir. Uning atom og‘irligi 222 ga teng. Radonning bir necha tabiiy va 30 ta sun'iy izotoplari mavjud bo‘lib, ulardan birortasi ham barqaror emas. Radonning barcha izotoplari radioaktiv bo‘lib, juda qisqa yarim yemirilish davriga ega moddalardir. Radon izotoplari ichida nisbatan barqarori bu radon-222 bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 3,8 kunni tashkil qiladi. Radon-222, radiy-226 ning yadroviy parchalanish mahsuloti bo‘lib, uning o‘zi ham yadroviy parchalanish jarayonida alfa-zarracha (geliy yadrosi) nurlantiradi. Radon-220 izotopi esa toriy elementining yadroviy parchalanishi mahsuli bo‘lib, shu sababli uni ba'zan toron deb ham ataladi. Radiy-220 ning yarim yemirilish davri 55,6 soniyani tashkil qiladi. Undan ham alfa-zarracha uchib chiqishi sodir bo‘ladi. Radiy-219 esa aktiniy elementining parchalanishi mahsuli bo‘ladi va shu sababli uni aktinon ham deyiladi. Albatta, radiy-219 ham o‘zidan alfa-zarra chiqaradi va uning yarim yemirilish davri 3,96 soniyani tashkil qiladi. Radon tuproqda, grunt suvlari tarkibida va g‘orlarda to‘planadi. Chunki, u shunday muhitlarda yig‘ilib qoladi. Radon miqdori yerdagi radioaktiv minerallar miqdori bilan bog‘liq. Havo bilan ta'sirlashishi bilanoq radon tezkorlik bilan tarqalib ketadi. Ba'zi hududlarda tuproqda ko‘p miqdorda yig‘ilib qolgan radon asta-sekinlik bilan binolarning yerto‘lalariga sirqib chiqib, yig‘ilib boradi va vaqt o‘tishi bilan uning konsentratsiyasi ortib ketadi. Bu esa ancha xatarli holatdir. Yarim yemirilish davri qisqa bo‘lishiga qaramay, radon salomatlik uchun xavfli modda sanaladi. Radon o‘zi organizmdan bir necha kun ichida chiqib k etadi. Lekin, uning hosilalarining yarim yemirilish davri ancha uzoq bo‘lib, aynan ular organizmda nojo‘ya aks ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi zamon tibbiyoti aniqlagan faktlarga ko‘ra, radon va uning hosilalari - o‘pka saratoniga sabab bo‘luvchi omillar ichida tamaki tutunidan keyingi ikkinchi o‘rinda turar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |