Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet137/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Payvandust qalamcha
Payvandust qalamchalarni ko’paytirilishi kuzda to’tilgan navning eng kuchli va sog’lom daraxtlaridan olish kerak. Qalamcha uchun doimo quyosh nurlariga to’yingan, qattiq (yumshoq bo’lmagan) va yaxlit novdalarni tanlab, soyada rivojlangan kuchsiz novdalarni tanlash kerak emas. Daraxtdan kesib oliigai payvandust qalamchalarni usha kunning o’zidayok payvand qilib yuborish, aslida eng yaxshi ish bo’ladi, ammo bu bilan ularni saqlab bo’lmaydi degani emas. Salqin va mo’tadil iqlim sharoitida o’suvchi daraxt novdalarini yaxshilab berkitiladigan plastik idish yoki haltaga solib oddiy sovutgichda ham saqlash mumkin. Idish yoki halta ichidagi namlik darajasini ushlab to’rishi uchun, novdalarni namlangan gazetaga o’rab qo’yish kerak. Shunday qilib saqlangan payvandust qalamchalar bir necha xaftagacha yashang turaveradi.
Tropik mintaqalarga xos bo’lgan daraxt novdalari 10 daraja iliqlikdagi xona sharoitida saqlanilishi kerak. Bunday turdagi daraxt qalamchalarini mo’zlatgichda saqlash (5 daraja iliq) ularni sovuq urib qo’yishiga olib keladi. Ko’rtakpayvand uchun payvandustni tayyorlashda novdalarni har biri 5-10 tadan ko’rtakka ega bo’lgan qulay uzunlikdagi (10-15 sm) bo’laklarga ajratib olinadi. Har bir bo’lak, ko’rtaklar soniga qarab, bir necha ko’rtakpayvand uchun ishlatilishi mumkin. ^alamchapayvand uchun payvandustlar bir necha ko’rtakli har biri alohida ulanadigan 5-10 sm uzunlikdagi qalamchalar ko’rinishida tayyorlanadi. Payvand jarayonida kesib ishlatish uchun, qalamchalarni uzunrok qilib ham tayyorlash mumkin, bunda payvandust uzunligi kesplgandan keyin 5 smdan kalta bo’lib qolmasligini hisobga olish kerak.
Payvand uchun tayyorlangan payvandtaglar sog’lom va rivojlanish jarayonida va suvga kondirplgan holatda bo’lishi kerak. Yetilgan payvandtag tanasi diametri kalinligi payvand amalga oshirpladigan nuqtasida (odatda pldpzdan 10-15 sm balandlikda) 5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Kuz bilan baholashda bunday kalinlikni oddiy kalam yo’g’onligiga tenglashtirish mumkin. Payvandtaglar odatda yonboshdan rivojlanayotgan har qanday novdalarni chimdib o’zib olib tashlash orqali yagona markaziy novda ko’rinishida parvarish kilpnadp. Ushbu qo’llanmada tasvirlangan barcha usullar tik payvandtag misolida tushuntirilsada, umuman olganda payvand muvaffaqiyatli chiqishi uchun, payvandtag tanasi tik bo’lishi shart emas, qiyalab o’sgan novdalarga ham payvand qilish mumkin.
Ko’rtakpayvand va qalamchapayvandning hamma usullari uchun ham birdek avval payvandtagni ishga shay qilib olib, keyin payvandustni tayyorlash kerak. Bu bilan payvanadustni kesib olgandan keyin unga sezilarli zarar yetmasidan turib, payvandtakka biriktirishgacha bo’lgan vaqtni imkon qadar tezlashtirish zarur. Ishga yaxshilab hozirlik ko’rib olish kerak: ish asboblari, payvandust va biriktiruv vositalari qo’l yetadigan masofada qulay qilib joylashtirilishi kerak. Ish davomida har qanday tuxtashlar kesilgan yuzalarning qurib qolishiga va payvandning muvaffaqiyatli chiqishi imkoniyatlarini kamaytirishi mumkin. Quruq iqlim sharoitida barcha payvand ishlari shamoldan muxofaza qilingan nam joyda amalga oshirplishp lozim.
Payvandning muvaffaknyatli chiqishi uchun undan keyingi ko’chat parvarishi ham muhim ahamnyatga ega. Quyida payvand qilingan ko’chat parvarishiga oid zarur bo’lgan ishlar keltirilgan:
Payvandtagdagi har qanday rivojlanish paydo bo’lgan zaxoti tuxtatilishi kerak, aks holda u ildizdan ozuqani tortib olib, payvandust o’sib rivojlanishiga tusqinlik qilishi, shuningdek payvandustni o’z soyasida qoldirib, quyosh nurlaridan berkitib qo’yishi mumkin;
Payvand qilingan ko’chat, yaxshi o’sib rivojlanishi va payvand jaroxatlarini bitishi uchun, havo temperaturasi 15 va 30 daraja issiq orasida bo’lishi kerak. Haroratning 30 daraja issiqlikdan oshib ketishi yoki 10 darajadan pastga tushib ketishi jarohatlar bitish jarayonini sekinlashtirib va/yoki umuman tuxtatib quyadi. Natijada payvandust rivojlanishi zaruriyatsiz tarzda uzoq davom etishi yoki qurib qolishiga olib kelishi mumkin;
Ko’chat sog’lom vegetativ o’sishiga yordam beruvchi suv va ozuqa bilan ta’minlab turilishi kerak, bunda me’yordan oshirib yubormaslik talab qilinadi;
Payvand qismlarni biriktirishda ishlatilgan vositani (izolenta) ko’chat tanasi o’sishiga halaqit bermasidan oldin olib tashlash lozim.
Ko’rtak payvand usullari
Ko’rtakpayvand payvand kilpshning shunday turpkp, bunda payvandustda joylashgan vegetativ o’sish jarayonidagi bitta ko’rtak biroz asosi bilan tilim qilib, kesib olinadi va payvandtakka biriktiriladi. Ko’rtakpayvand uchun barg bandining novdadan chiqish qismi ustida joylashgan ko’rtaklar eng yaxshi hisoblanadi. Bunday joylashuv kesib olingan ko’rtakni payvandtakdagi yangi joyiga yuqori va quyi tomonlarini yanglishtarmasdan, to’g’ri joylashtirishda qo’l keladi.
Payvand qilish hatto qishki uyqu davriga to’g’ri kelib, novdalar bargsiz bo’lganda ham, barg bandi o’rnini bildirib turuvchi chandiklarni ko’rish mumkin bo’ladi. To’g’ri yo’nalishda joylashtirilgan ko’rtak o’sib rivojlanishi ancha yaxshi kechadi. Ko’rtakpayvandning qalamchaiayvandga nisbatan ikkita ustunligi bor. Birinchisi, bir dona ko’rtak biriktirilishi bilan payvandust uchun oz novda sarf qilinishi bo’lsa, ikkinchisp, ko’rtakpayvandni amalga oshirish qalamchaiayvandga nisbatan kamroq vaqt olishidir. Amaliyotda T-simon, kesma va yamok ko’rtakpayvand turlari keng qo’llaniladi.
T-simon (kalkonsimon) ko’rtakpayvand
T-simon ko’rtakpayvand o’z nominp payvandust ko’rtakni kiritish uchun payvandtag pustlog’ida kesiladigan shakldan oladi. T-simon ko’rtakpayvand payvand qilish usullari ichida eng tez amalga oshiriladi. Bu usul yordamida bexi, gilos, nok, bodom, shaftoli, olxo’ri, olma va dulana kabi mevali daraxtlarni ham bemalol ko’paytirish mumkin. T-simon payvand qilishni faqatgina faol o’sish jarayonidagi payvandtagda bajarish mumkin, chunki novda pustlog’i yog’och qismdan oson ajralpshp kerak. Ishga kirishishdan oldin, tirnok yoki pichoq uchi bilan pustloq holati tekshirib kuriladi. Agar pustloq osonlik bilan ajralmasa, boshqa payvand usulpdan foydalanishga yoki pustloq tayyor bo’lishini ko’tishga to’g’ri keladi. Payvandust uchun eng mos qalamchalar daraxtning eng so’ngi o’sish jarayonida voyaga yetgan bir yillik novdalarning o’rtadagi uchdan bir qismidan chiqadi. Bu qismda novda qattiqlashib va tulishib ulgurgan bo’lib, shakl jihatdan tekis aylana ko’rinishida bo’ladi. qalamchalarni tayyorlash mobaynida novdadagi barcha barglar o’zib tashlanadi, bunda ularning bandidan 5 mm uzunlikda chuy qoldiriladi. Payvandtagni tayyorlash uchun, kerakli balandlikda tanasining eng to’g’ri rivojlangan qismi tanlanadi va ishga halaqit berishi mumkin bo’lgan har qanday barg va tikonlardan tozalanadi. T-simon kesish ishlarini bajarayotganda bush qo’lingiz bilan payvandtagni ushlab to’rishga to’g’ri keladi va bunda qo’lni kesilayotgan kiem orkasidan emas, balki kesilayotgan kiem ustidan joylashtirish kerak bo’ladi. Bu orqali bush qo’lga yetishi mumkin bo’lgan jaroxatning oldi olinadi. Damma narsani tayyorlab olib ishga kirishish mumkin. Dastlab payvandtag tanasini pustloq qismida aylanasiga tananpng uchdan bir qismida kesim hosil qilinadi, bunda pichoqni yog’och kiemga tegizmaslik lozim. Kesma to’g’ri chiziq ko’rinishida yoki biroz egri qilib olinishi mumkin. Bunda egri chiziq urkach ko’rinishida, ya’ni bukri tomonini yuqoriga qaratib kesiladi.
Pustloqni kesayotganda pichoq tigini 45 daraja burchak ostida botirish kerak, chunki shunday usulda kiyshaytirib kesplganda pustloqni ajratpb olish oson kechadi. Ikkinchi kesma ham pustloq qismida birinchi kesmaning o’rtasidan pastga qarab, tik 3 sm masofada yo’naltiriladi. Kesishdan so’ng, qolgan chiziqlar T shaklini eslatishi, kesishning to’g’ri bajarilganligidan dalolatdir. Kesmalar to’tashuv nuqtasidan pustloqni ko’tarib, ikkinchi kesmani ikki tomonga archiladi. Pustloqni tanadan ajratib olishda pichoq uchpdan foydalanish ishni osonlashtiradi. Payvandust ko’rtaknp kesib, tayyorlab olgunga qadar ochilib qolgan to’qimalar qurib qolishining oldini olish maqsadida pustloqni o’z joyiga qaytarib bosib qo’yish mumkin. Ko’rtakli qalamcha tanlab olinadi va u yuqori uchidan ushlanib, pastki qismini ishchi o’ziga nisbatan tashqariga yotpk holatda yo’naltiradi. Pichoqni ishlatadigan qo’lning bosh barmogi qalamcha ustiga kesib olinadigan ko’rtak yuqori qismidan qo’yiladi. Pichoq tigi va qalamcha o’rtasidagi burchak 30-60 darajani tashkil etishi lozim. Kesish ko’rtak quyi qismidan 1 sm masofada boshlanib, yuqori qismidan ham 1 sm masofada kesib olish bilan tugatiladi. Bunda pichoq harakati xuddi kartoshka archishdagi kabi ishlatilishi lozim, ya’ni pichoq itarilmasdan, yengil tarzda tortiladi. Ko’rtak ostidan o’tadigan kesimni bir o’rinishda olishga harakat qiling, bu kesilgan yuzaning silliq chiqishini ta’minlaydi.
Yangi boshlovchilar uchun ko’rtakni bir harakat bilan kesib olish qiyinchilik tugdirsa, kesishni ko’rtak yuqori qismidan 1 sm masofada pustloq ostida tuxtatib, xuddi shu joydan pustloq ustidan tik ikkinchi kesish bilan ko’rtakni ajratib olish mumkin.. Ba’zan kesilgan ko’rtakning ostki qismida qalamcha yog’och qismidan biroz kushilib chiqqan ham bo’lishi mumkin, bu bo’lakni olib tashlash yoki qoldirishi bog’bon ixtiyorida, chunki bu payvandning muvaffaqiyatli chiqishida unchalik ahamiyatga ega emas. Kesib olingan ko’rtak tezlik bilan payvandustda ajratilgan pustloq ostiga T ning yuqori qismida joylashtirilishi kerak. Bunda ko’rtakli bo’lakdagi barg bandidan qolgan chandik ko’rtakning quyi qismida to’rishi kerak. Barmoklar yordamida ko’rtakli bo’lakni pustloq ostida to’g’rilab, faqat ko’rtak va uning ostidagi barg bandini o’rni pustloqdan chiqib to’rishiga erishish kerak. Bunda barg bandidan qolgan chandikdan dastak sifatida foydalanish mumkin. Agar ko’rtakka kushib kesib olingan pustloq kiem, uzunlik qiladigan bo’lsa, T – shaklning kesmalar to’tashuv nuqtaepdan chpknb to’rgan ortiqcha qismi kesib tashlanishi mumkin. Ishni ko’rtakni yangi joyiga mustaxkam qilib biriktirish bilan yakunlanadi. Dar bir bog’bon o’zi yoktirgan vositadan foydalanishi mumkin. Payvandni bog’lashda amaliyotda uchraydigan eng ommabop va qulay vosita izolenta hisoblanadi. T - kiem biroz ustidan izolentani payvandtak atrofida aylantirib, pastga tushiriladi va o’zmasdan yana yuqoriga o’rab chiqiladi.. Urash jarayonida izolentani imkon qadar Payvandni bog’layotganda ko’rtak ochiqda qoldirilishi yoki kushib uralishi mumkin. Agar kushib uraladigan bo’lsa, ko’rtakning kuzi ustiga katta bosim o’tkazmaslik talab qilinadi.
Ko’rtak yangi joyiga yaxshi o’rnashib olganligining dastlabki belgisi uning ostidagi barg bandining yashil rangdan sarikka o’zgarishidir. Shundan keyin tez orada barg bandi qoldigi ko’rtakdan ajraladi va ko’rtak kattalashib yorib chika boshlaydi. Agar ko’rtak kushib uralgan bo’lsa, ko’rtak bemalol o’sib rivojlanishiga tusqinlik kilmasligi uchun, 2-3 xaftadan keyin izolentani yechib olish lozim bo’ladi. Ko’rtakni payvand qilish vaqtida payvandtakning ustki uchdan bir qismi kesib tashlanadi. Yangi ko’rtak avj olib, novda chiqarishi bilan payvandtak yuqori qismidan yana kesiladi yoki ko’rtak yuqori qismidan 1 sm masofada payvandtak tanasi yo’g’onligini yarmigacha kesib, yonboshga egib qo’yiladi. Shamol ko’p esadigan mintaqalarda payvandtagning ko’rtak yuqori qismidan 10 sm kaltagi qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’lib, undan payvand qilingan ko’rtak novdasini shamoldan qarshi himoya tarang tortish kerak. Qilishi uchun tirgakdan foydalanish mumkin bo’ladi. Bunday hollarda payvandtag kaltagi ikkinchi yilda butunlay kesibtashlanishi lozim. Payvandtagda kukarishni boshlagan harqanday ko’rtak o’zib tashlanishi kerak. Ko’rtak rivoji 3 oyga yetganda, izolentani butunlay olib tashlanadi, agar ko’rtak rivojiga tusqinlik qiladigan bo’lsa, ertarok ham olib tashlash mumkin. Izolentani olib tashlashning eng tez va qulay usuli - uni bir tomondan yuqoridan pastga qarab utkpr pichoq bilan kesishdir.
Sitrus daraxtlari kabi ba’zi bir daraxt turlari uchun teskari (oyogi osmondan) T-simon ko’rtakpayvand ko’proq qo’llaniladi. Nomidan ko’rinib to’rganidek, bunda payvandtagdagi kesmalar teskari T shaklida olinadi va ko’rtak yangi joyiga kesmaning quyi qismidan solinadi.
T-simon ko’rtakpayvandning yana bir ko’rinishi – bu mikroko’rtakpayvanddir. Bu usul ham asosan sitrus daraxtlarni ko’paytirishda qo’llanilib, bunda juda yosh payvandtag ko’chat va payvandust novdalardan foydalanpladi.
Kesimlar kpchpkrok olinadi va umuman usul qo’l abjirligini talab qiladi. Mikroko’rtakpayvandning ustunligi, yosh novdalarning bitishi tezrok va yaxshirok kechib, yangi nav ko’chat ertarok yetishadi. Shuningdek ko’rtakli yosh novdalarni topish oson, lekin shu bilan birga bunday novdalarni uzoq saqlab bo’lmaydp va imkon qadar yashang holatida ishlatib yuborilishi kerak bo’ladi.
Kesma ko’rtakpayvand
Ba’zan T-simon ko’rtakpayvand usulini payvandtag pustlog’inpng yog’och qismidan ajralmasligi okibatida qo’llab bo’lmaydi. Pustloq ajralmasligiga noqulay o’sish sharoiti yoki qishki uyqu davri sabab bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda kesma ko’rtakpayvand usulidan foydalanpladp.
Kesma ko’rtakpayvand salknn iqlim mintaqalarida T-simon ko’rtakiayvandga Qaraganda muvaffaqiyatlirok chiqishi bilan ko’proq qo’llaniladi. Sababi, havo harorati past bo’lganda T-simon kesishdan hosil bo’ladigan barcha jaroxatlar bitishi sekinrok kechadi. Xuddi T-simon ko’rtakpayvand usuli kabi payvandust tanlashda qalamcha diametri payvandtag diametriga teng yoki biroz kichikroq qilib olinadi.
Kesma ko’rtakpayvand usuli ham tez amalga oshiriladi, payvandust va payvandtagning har birida bor - yugi ikki martadan kesish bajariladi, holos.
Kesma ko’rtakpayvand usuli quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Payvandust tanasida ko’rtakspz tekps tana qismini tanlab olinadi.
Dastlab tekis pustloq ustidan pichoqni 30 daraja burchak ostida tananing chorak qismigacha botirib, kundalang kesiladi.
Ikkinchi kesishni birinchi kesishdan 2 sm yuqoridan shunday tushirish kerakki, har ikki kesim oxiri bir nuqtada to’tashishi kerak. Hosil bo’lgan kesma tanadan ajratib olinadi. Yuqorida tasvirlangandek, kesish ishlarini payvandustda ham amalga oshiriladi, faqat bunda kesma o’rtasida ko’rtak joylashishi lozim.
Ko’rtakli kesmani tezlik bilan payvandtagdan olingan kesma o’rniga shunday joylashtirish kerakki, har ikki kiem kambiy qatlami hech bo’lmaganda bir tomondan ustma-ust tushishi kerak. Dar ikki tomondan ham ustma-ust tushishi nur ustiga a’lo nur demakdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, payvandust va payvandtagda olinadigan kesmalar hajmi deyarli bir xil bo’lishi ishning muvaffaqiyatli amalga oshishining garovidir. Xuddi ko’rtakpayvand T-simon nihoyasi kabi, ko’rtakli kesma payvandtakka izolenta yordamida maxkam o’rab biriktiriladi.
Pista daraxti kabi ba’zi bir daraxt turlarida novda uch qismida joylashgan ko’rtaklar quyida joylashgan ko’rtaklar avj olishiga tusqinlik qilishi mumkin. Bunday holatlarda yangi payvand qilingan ko’rtak avj olib o’sishiga yordam berish uchun, undan 1 sm yuqorirokda payvandtag tanaspnpng pustloq qismida aylanasiga ikki parallel kesma olinadi va bu kesmalar orasidagi pustloq archib olinadi. Bu orqali yuqorida joylashgan ko’rtaklar avji so’saytiriladi.
Pustloq orasiga payvand qilish
Pustloq orasiga payvand qilish usuli kalin pustloqli daraxt turlari, masalan yong’oq va yunon yongogi, shuningdek, pustloq qatlami tana bo’ylab yorilib ketadigan daraxt turlarini ko’paytirish uchun ishlatpladp. Bu usul payvandtagdan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi pustloq qatlamini kesib olib tashlab, o’rniga xuddi shu shaklda payvandustdan kesib olingan ko’rtakli pustloq qatlamini biriktirishdan iboratdir. Payvandtag va payvandustning har birida ham pustloq qatlami oson ajraladigan bo’lishi kerak. Uzoq muddat mo’zlatgichda saqlangan payvandustning pustloq qatlamining oson ajralishinp ta’minlash uchun, ko’rtakpayvandni amalga oshirishdan avval 2-3 xafta mobaynida payvandust novdanp 20 daraja issiq havo haroratida past qismi (tagi) suvga solib qo’yilgan holatda saqlash kerak bo’ladi.
Payvandustning ko’rtaksiz to’g’ri va tekis qismi tanlab olinib, uning ikki tomonidan o’zaro 3 sm masofada bo’lgan 2 parallel 1-2 sm uzunlikdagi kesma hosil qilinadi. Kesmalar pustloq kavatidagina olinishi lozim. Keyin kundalangiga yana 2 parallel kesma olinadi va birinchi 2 kesma bilan to’tashtiriladi. Hosil bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi pustloq payvandtagdan ajratib olinadi.
Payvandtag diametriga o’xshash dpametrga ega payvanustda ham rivojlanish jarayonpdagp ko’rtak atrofida xuddi shunday to’g’ri to’rtburchak shakl kesib olinadi. Payvandustdan olingan pustloq parchasining payvandtakni pustloq orasiga joylashtirishda yuqori va quyi chegaralarning ustma-ust to’g’ri tushishi bu usulning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardandir, yon tomonlarning mos tushishi unchalik ahamiyatga ega emas. Ko’rtakli pustloq parchasini payvandustdan ajratib olishda uni yon tomonlaridan tortib ko’tarmasdan, itarish kerak, sababi tortib ko’tarilganda, ko’rtakning ostki qismi payvandustda qolib ketishi mumkin. Kuchirib olingan ko’rtakli pustloq parchasini darhol payvandtakka joylab, izolenta bilan o’rab bog’lash lozim. Bunda payvandust va payvandtag kambiy qatlamlari jiislashuvni ta’minlash uchun izolentani tarang tortib urash kerak bo’ladi, ammo shu bilan birga ko’rtak kuziga zarar yetkazib qo’ymaslik zarur. Agar payvantagni pustloq qatlami payvandust pustloq qatlamiga Qaraganda kalinrok bo’ladigan bo’lsa, payvandtagda yamok atrofidagi pustloq qatlamini biroz ingichkalashtirish kerak bo’ladi. Aks holda izolenta payvandust parchani maxkam ushlamasdan, yamok bitishi uchun yetarlicha bosim o’tkaza olmaydi.
Payvandust iarchaning payvandtagda hosil qilingan to’rtburchakka yuqori va quyi qismlariga mukammal tushishini ta’minlash maqsadida qo’l bola kush tigli kesish asbobini yasash mumkin. Bunda kerakli oralik masofani beruvchi ulchov vositasining ikki tomoniga 2 ta tig (lezvie) biriktiriladi. Yamok ko’rtakpayvandning o’zuk ko’rtakpayvand, aylana yamok ko’rtakpayvand, degan kurpnishlarp ham bor. O’zuk ko’rtakpayvand usulida payvandtagni pustloq qismi o’zukka uxshatib, aylanisiga ajratib olib tashlanadi va xuddp shu diametrdagi payvandustdan ajratpb olingan ko’rtakli pustloq qatlami bilan qoplanadi. Aylana ko’rtakpayvand usulida esa payvandtagdan maxsus pichoq yordamida aylana yoki oval shaklidagi pustloq parchasp ajratpb olinib, o’rniga xuddp shu xajmda payvandustdan olingan ko’rtakli pustloq parchasp biriktiriladi.
Barg qo’ltigiga ko’rtakpayvand qilish
Barg qo’ltigiga payvandlash usuli nisbatan yangicha usul hisoblanib, asosan urug’dan unib chiqqan yosh sitrus payvandtag ko’chatlari bilan ishlashda qo’llaniladi. Bu usulni tuman moslamasp o’rnatilgan pssikxonalarda qo’llash tavspya etiladi va ba’zi bir jihatlari bilan mikroko’rtakpayvand usuliga ham uxshab ketadi. Yosh to’qimalar o’suvchanligi, novdalardagp kesilgan jaroxatlar tez bitib ketishi, yosh ko’rtakli novda topish pmkoniyati doimo borligi barg qo’ltigiga payvandlash usulpning ustunliklaridir. Yana bir qo’shimcha ustunlik, payvandtagdagi barglar o’zib tashlanishiga xojat yo’q va payvanddan so’ng doimiy nazorat ham talab qilmaydi. Kamchiliklari sifatida mayda novdalar bilan ishlashdagi qiyinchiliklar va payvandust novdanp uzoq saqlash pmkonp yo’qlpginp ko’rsatish mumkin. Barg qo’ltigiga payvandlash quyidagi bosknchlarda 2 ta V-simon kesishni amalga oshirish bilan bajariladi:
Barg va uning ustida joylashgan ko’rtak orasidan boshlab, payvandtag kuyp qismiga yo’naltirib, tanasining chorak qismigacha kesiladi. Barg o’zilib ketmasligi kerak. Ikkinchi kesish ko’rtakni yuqori qismidan boshlanib, uning orkasidan o’tkazilib, birinchi kesish bilan to’tashtiriladi. Bunday kesishdan keyin, payvandtagdagi ko’rtak ajratpb olinadi.
Yuqorida tasvirlangani kabi 2 ta kesim payvandustda ham amalga oshiriladi va payvandust ko’rtak novdadan ajratpb olinadi.
Payvandust ko’rtakni payvandtagdagi yangi joyga biriktirib, ingichkarok izolenta bilan maxkam uraladi.
Qalamcha payvand usullari
Ko’rtakpayvand o’rnini bosishi uchun ba’zi bir hollarda qalamchapayvand ishlatiladi. Bunday hollarga misol qilib, quyidagilarni kiritish mumkin:
Muayyan daraxt navlari uchun ko’rtakpayvand muvaffaqiyatsiz chiqishi aniq bo’lsa;
Mavsum ko’rtakpayvandni amalga oshirish uchun noqulay kelsa;
T-spmon ko’rtakpayvand uchun mo’ljallangan payvandtag pustlog’p juda kalin yoki nafis bo’lsa.
Ko’rtakpayvand bilan solishtirganda qalamchaiayvandning bir necha kamchiliklari bor. Payvand qismlarini kesish, kambiy qatlamlarini jipslashtirish va payvandni biriktirib o’rab, uni muxofaza qilish ko’rtakpayvandga Qaraganda ko’proq vaqt oladi.
Qalamchapayvandda ishlatiladigan payvandust qalamcha uchun ko’proq novda sarf bo’ladi. Shuningdek, yoshi katta payvandust qalamcha bilan ishlashda uning yog’och qismini kesish kiyinrok kechishi mumkin, lekin shu bilan birga bunday payvandust qalamchalarni uzoq muddat saqlash mumkin.
Qalamchapayvand uchun ishlatiladigan payvandust uyqu yoki rivojlanish holatida bo’lishi mumkin. Qalamchalar daraxtda ro’y bergan eng so’ngi rivojlanishda yetilgan novdalarning uchki 30 sm qismidan olinadi. Bunda ishlatilishi kuzda to’tilgan payvandtaglar dpametrpga o’xshash dpametrlp sog’lom novdalar tanlanishp kerak. Payvandust novdalar saqlanishi rejalashtirplgan bo’lsa, ularni saqlash uchun qulay bo’lgan uzunliklarda kesish mumkin. Payvand jarayonida ular har biri kamida 2 ta ko’rtakka ega bo’lgan 5 sm uzunlikdagi qalamchalarga kesib olinadi. Bir yillik daraxtlar bilan ishlashda, payvandust novdalar daraxt chuqur qishki uyqudan uyg’onishidan boshlab, bahorgi kukarishning birinchi belgilarini namoyon kilguncha, kesib yig’ib olinishi mumkin. Kesib olingan novdalarni usha zaxoti ishlatib yuborish yoki ogzi maxkam bog’lanadigan plastik koplar (sumkalar)ga solinib 5 daraja harorat ostida 6 oy mobaynida saqlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Kambiy qatlami o’z yashilligini saqlasa, payvandust novdalar hayotiy kimmatliligini yo’qotmaydilar. Kambiy qatlami rangi jigarrang yoki kora tue olishi, bunday novdaning payvand uchun yaroksiz ekanliginp bpldiradp. Faol o’sish jarayonida bo’lgan novdalar bahordan to ko’zgacha har qanday vaqtda yashang payvandust qalamcha uchun manba vazifasini o’tashi mumkin. Bunda novda kesib olinib, uchki oson egiluvchan yumshoq qismi kesib tashlanadi, kesilgan joyidan boshlab novdaning 10 yemga yaqin qismi payvandust qalamcha sifatida ishlatilishi mumkin. Ba’zi bir daraxt turlari uchun payvandust qalamchani ona daraxt ustidaligida parvarish qilib yetishtirish yaxshirok natijaga olib keladi. Bunda uchki yumshoq kiem kesib tashlanadi, novda barglardan tozalanib, uchki kiemda joylashgan ikki bargning yaproklari o’zilib, bandlar qoldiriladi. Bir xaftadan to’rt xaftagacha bo’lgan muddatda qoldirilgan barg bandlari tushib ketganda va ko’rtaklar kattalasha boshlaganda novda payvand uchun tayyor bo’lgan bo’ladi.
Qalamchapayvandning amaliyotda keng qo’llaniladigan quyidagi usullari bor: oddiy qalamcha payvand, tplchalp payvand, iskana payvand, pustloq payvand, tplchalp yonlama payvand.
Oddiy qalamchapayvand
Ushbu payvand usulida payvandustni payvandtag ustiga joylashtirib, o’rab bog’lab qo’yiladi. Buni bir qishi ham amalga oshirsa bo’ladi, ammo katta bog’larda ish tezrok amalga oshishi uchun, jamoa bo’lib mehnatni bo’lib olib ishlash samaraliroqdir: bir qishi payvandust qalamcha va payvandtagni kesib tursa, ikkinchi qishi ularni biriktirib, bog’lash bilan shugullanadi. Payvandust va payvandtag diametrlari va pustloq qatlami kalinligi o’zaro bir biriga mos bo’lsa, oddiy qalamcha payvand usulini amalga oshirish oson jarayonga aylanadi. Payvandtag joylashuvi va u bilan bemalol ishlash imkoniyati ham ishni osonlashtiruvchi omillardandir.
Oddiy qalamchapayvand quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Payvandtag tanasining to’g’ri va tekis qismi tanlab olinadi, tanlangan kiem yo’g’onligi ulanishi kuzda to’tilgan payvandust qalamcha diametriga mos tushishi muhimdir. Payvandtag novdasi diagonaliga qiyalatib kesiladi. Kesim uzunligi novda diametriga nisbatan 3-4 barobar uzunlikda olinadi.
Payvandust qalamcha ham yuqorida tasvirlangani kabi kesiladi, hosil bo’lgan ikki kesim yuzasi o’zaro bir xil ko’rinish va shaklda bo’lishi kerak. Barcha payvand qilish turlarida bo’lgani kabi, kesim yuzalarining silliq bo’lishi kambiy qatlamlarning yaxshi jipelashuvida katta ahamiyatga ega.
Payvandust va payvandtag bir-biriga birlashtiriladi. Pustloq va yog’och orasidagi kambiy qatlamlari o’zaro ustma- ust tushishi kerak. Agar payvandust qalamcha va payvandtag diametri yoki shakli har xilligidan kambiy qatlamlarini butunlay ustma-ust tushirish imkoniyati bo’lmasa, ular hech bo’lmasa bir tomondan mos tushishlari kerak. Diametri kichikroq bo’lgan payvandust qalamchanp payvandtag markaziga joylashtirib birlashtirish, payvandning muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keladi.
Payvand biriktirilgan joydan biroz quyiroqdan boshlab, yuqoriga qarab izolenta bilan o’rab bog’lanadi. Bog’lash davomida payvand qismlarini kimirlatmasdan ushlab to’rishga harakat qilish lozim. Agar siljib ketadigan bo’lsa, yana o’z holatiga to’g’rilanishi kerak. Payvanddan so’ng kesish natijasida ochilib qolgan jaroxdtlar karovsiz qoldirilmasligi kerak. Payvandust qalamcha uyqu (tinim davrida) holatida bo’lsa, uning jaroxatlariga payvand mumidan biroz surtib qo’yish kifoya qiladi. O’sish jarayonida bo’lgan yashang payvandust qalamchalar esa qurib qolmaslpklarp uchun, payvand bitib ketguncha uning atrofidagi namlik saqlanishi kerak. Namgarchiliq yuqori tropik mintaqalarda payvandning soya ostida saqlanishi yetarli bo’lsa, mo’tadil iqlim sharoitlarida jaroxatlar suv aralashtirilgan maxsus payvand buyoq bilan koplanishi yoki sellofan paket bilan o’rab qo’yilishi kerak.
Hozirgi kunda sellofan paketlarni turli-tuman shakllarda va arzon narxlarda sotpb olish mumkinligi, payvandni payvandustga kushib, to’laligicha sellofan paket kiydirib muxofaza qilish mumkin. Sellofan paket ogzini berkitib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Agar ko’chatlarga sellofan paketlar kiydirilsa, issiq kunlarda quyosh nurlari ko’chatlarga to’g’ridan to’g’ri tushmasligi uchun, soyabon qilinishi kerak, aks holda paket pchidagp harorat ko’tarilib, ko’chatni nobud etishi mumkin. Soyabon sifatida sellofan paket ustidan gazeta yoki shunga o’xshash kogoz kopchik kiydirib qo’yish mumkin. Agar payvand qilingan ko’chatlar tuvaklarda rivojlanayotgan bo’lsa, ularni issiq kunlarda soyaga olib o’tish kifoya qiladi.
Quruq iqlim mintaqalarida payvand qilingan ko’chatlar namligini saqlash maqsadida, ularning har birini sellofan paketlar bilan koplab chiqish o’rniga “tumanli” xonalarda saqlanadi. Bunday xonalarda sun’iy (suv yordampda) hosil qilingan tuman, xonadagi namlik darajasini ushlab to’radi.
Iskana payvand
Iskana payvand o’z nomini amalga oshiriladigan kesish turlaridan oladi: payvandtag o’rtasidan yoriq hosil qilinsa, payvandust pona ko’rinishida kesib olinadi va payvand usuli shu ponani yoriqka kiritishdir. Birinchi ko’rinishida bu usul osondek tuyuladi va payvand qilishni yangi o’rganayotganlar odatda dastlab aynan shu usuldan foydalanishnp afzal ko’radilar. Aslpda bu usul jaroxatlar bitishida muhim o’rin tutuvchi kabarik pustloq qatlamini tez hosil kila oladigan daraxt turlari uchun qo’l keladi.
Iskana yoki iona payvand ham har doimgidek payvandtag novdaning eng qulay qismini tanlab olish bilan boshlanadi. Payvandtag diametri payvandust diametriga mos tushishi kerak. Payvandtag tanlab olingan joydan kallaklanadi, ya’ni yuqori qismi eniga tekis kesib tashlanadi. Shundan so’ng payvand qismlar o’zaro mos tushishini tekshirish uchun, iayvandustni payvandtag ustiga quyib kuriladi. Alohida e’tibor berish kerak bo’lgan jixdti - bu novdalarning pustloqli qismlari emas, balki yog’och qismlari o’zaro mos tushishi kerak. Agar mos tushmasa, to’g’rilash uchun, payvandtagdan yana biroz kesib tashlash mumkin.
Payvandtag kesilgan yuzasi o’rtasidan pastga qarab tik yo’nalishda pichoq tortiladi. Kesim uzunligi payvandust diametri kalinligining 3-4 barobarpda bo’lishi kerak. Bu bosqichni amalga oshirishda payvandtag yog’ochpnp yorpb yubormasdan keepshga harakat qilish lozim. Agar yog’och yorilishga moyillik bildirsa, imkon qadar ingichka tigli pichoqdan foydalanish va kesish davomida uni kuch bilan itarmasdan, tilishga o’xshash harakat bilan kesish, yaxshi natija beradi. Pista kabi yog’ochi qattiq daraxt turlari odatda yorilib ketishi oson.
Payvandust qalamcha asosi uzun iona ko’rinishida kesib olinadi. Payvandust ponasining asosiy qismi payvandtagdagi kesikka kiritiladi. Ponaning yarim oval shaklini eslatuvchi biroz qismi yoriqdan tashqarida qoldiriladi. Bu qoldik qismlar payvandust va payvandtag o’zaro bitishib ketishi uchun kabarik pustloq ishlab chpkarpsh manbap vazifasini o’taydi.
Ponani yoriqqa shunday joylash kerakki, payvandust va payvandtag kambiy qatlamlari o’zaro to’tashishlari kerak. Agar qismlar diametrlari bir xil bo’lsa, ponani yoriqning kok markazpga joylashtprpsh mumkin, agar payvandust diametri biroz kichikroq bo’lsa, uni payvandtagning bir tomoniga so’rish orqali har ikki kiemdagi yog’och va pustloq qatlamlarini o’zaro to’tashtirish kerak.
Payvandtakka tiqilgan iona payvandust o’rnini o’zgartirmaslikka harakat qilib, payvand maxkam o’rab bog’lanadp. Iskana payvand usulida urashni yuqoridan pastga qarab boshlash osonrok kechadp. Agar urash pastdan yuqoriga qarab boshlansa, payvandust pona payvandtag yorpgpdan itarilib, chpkpb ketishi mumkin, ayniqsa suvli yashang yog’ochli novdalarda. Payvandning ochilib qolgan barcha kesik joylari yaxshilab o’rab bog’lanadi. Uyqudagi payvandust kesilgan uchlariga bog’ mumidan surtish kifoya qiladi. O’sish jarayonidagi yashang payvandust qurib qolishining oldpnp olish maqsadida, oddiy qalamcha payvand misolida ta’riflangandek sellofan paket bilan himoya qilinadi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish