Takrorlash uchun savollar:
1.Nima uchun urug’lar unuvchanligini yo’qotadi.
2.Super elita va elita urug’larining tozaligi va unuvchanligi necha foiz bo’ladi?
3.Urug’lar sifatini yo’qotmasligi uchun omborlarda qanday saqlanishi lozim.
Topshiriq.
11-MAVZU: Urug’LARNI O’SISHGA TAYORLASH USULLARI
1. Ishning maqsadi: Talabalarni dala ekinlarining urug’larini ekib, o’rganib ko’rish mobaynida urug’ning fiziologik yetilishi, urug’ni unish sharoitlari, unib chiqish uchun optimal xarorat, urug’ni laboratoriyada unuvchanligini foizlarda hisoblash va unga ko’ra daladagi unuvchanlikni belgilashni o’rganadilar.
2. Uslubiy ko’rsatmalar.
Agronomik nuqtai nazardan urug’ning unishi yosh nihol hosil bo’lishi bilan aniqlanadi. Urug’ning unishi murakkab jarayon bo’lib F.Nobbe uni asosan 3 xil xolatga ajratgan:
a) suvni shimishi;
b) zapas oziq moddalarning erimaydigan xoldan eriydigan xolga o’tishi;
v) una boshlashi;
Suvni shimish fazasi. quruq urug’ yuqori tortish kuchi bilan suvni shimadi. 500-700 atmosfera, juda ham qurib qovjirab ketgan urug’larda ming atmosfera kuch bilan suvning shimila boshlashi natijasida ba’zan urug’ yorilib unish qobiliyatini yo’qotishi mumkin. Urug’ suvga to’yingandan keyin tortish kuchi tezda pasayadi.
Aktivlanish fazasi. Urug’dagi fermentlar, vitaminlar, o’sishni tezlashtiruvchi moddalar fiziologik jixatdan aktiv holatga o’tish natijasida zapas oziq moddalarning erigan holda unish nuqtasiga borishi ta’minlanadi.
O’sish fazasi. Hujayra shirasining ortishi hisobiga xujayralarning o’sib cho’zila boshlashi, natijasida sitoplazmalar miqdorining ortishi murtakning o’sishiga olib keladi. Hujayralar bo’lina boshlaydi, buning natijasida ildiz rivojlana boshlaydi, urug’ning suvga to’yinishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori avvalo shu urug’ning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Unish uchun g’alla ekinlarining urug’i kamida 50%, dukkakli don ekinlarning urug’i esa 100 % dan ortiq suv talab etadi (jadval 1).
Urug’ suvga to’yinishining tez yoki sekin borishi haroratga, suvni shimishiga, ekinning turiga va navning biologik xususiyatiga, urug’ning morfologik tuzilishiga, shuningdek yirik- maydaligiga bog’liq. Urug’ murtagi boshqa qismlariga qaraganda suvni tez shimadi.
Urug’ni unishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori
(S.O.Gerbinskiy ma’lumoti).
Ekin nomi
|
Suv miqdori, quruq urug’ og’irligiga nisbatan, % hisobida
|
Bug’doy
Javdar
Suli
Arpa
Tariq va oq jo’xori, makkajo’xori
No’xat, loviya
|
46,6-47,7
57,7-64,7
59,8-16,3
48,2-57,4
25,0-38,2
37,3-44,0
|
Urug’ning ko’karishi uchun suvdan tashqari yetarli miqdorda kislorod ham zarur. Kislorod yetarli bo’lsa urug’ning nafas olishi yaxshi bo’lib, oraliq moddalar hosil bo’ladi. Normal harorat urug’ yaxshi va tez unib chiqadi. Yuqori haroratda urug’ unishiga qarshilik kuchayadi yoki unishi to’xtaydi. Past haroratda urug’ unmaydi yoki sekin unadi. Dala sharoitida, ko’pincha harorat past bo’lgani uchun urug’ning unib va ko’karib chiqishi kechikadi.
V.N. Stepanov barcha dala ekinlari urug’ining unishi va ko’karishi uchun zarur bo’lgan harorat darajasiga qarab 7 ta guruhga ajratadi (jadval 2).
S hunday qilib urug’ unishi va ko’karishi uchun namlik, kislorod va ma’lum darajada harorat talab etiladi. qulay sharoitda urug’ning suvga to’yinishi, aktivlanishi, cho’zilishi, hujayralarning bo’linishi ketma-ket davom etadi, natijada urug’ tez va bir tekis unadi. Undan tashqari urug’ning unishi fiziologik yetilishiga ham bog’liqligi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |